Mavzu 18.Sharq xalqlari madaniyatining o'ziga xos xususiyatlari.
Reja:
1. Sharq xalqlari madaniyatining o'ziga xos xususiyatlari.
2. Sharq xalqlari madaniyatining o'ziga xos xususiyatlari va muamollari.
Tayanch tushunchalar:
Ma`naviyat, individium, sotsium, sanat,qonuniyat, ziyolilik, intellekt, funktsiya,
mentalitet, moddiy va ma`naviy
madaniyat
, siyosiy va huquqiy madaniyat, iqtisodiy
madaniyat, ahloqiy-estetik madaniyat, ijodiy salohiyat, qadriyat, sivilizatsiya,
kommunikativ funktsiya, ijtimoiy mohiyat, diletant.
Sir emaski qariyb bir yuz o`n besh yillik bosqinchilik siyo-sati dastlabki
kunlaridanoq o`zbek millatiga qoloqlik, savodsizlik yoki kam savodlilik tamg`asini
bosib keldi. Qoloq millatlarni «il-gor» millatlar bilan tenglashtirish» siyosatining
amalga oshirilishi nafaqat o`zbek xalqining, balki madaniyatning ham beshigi
hisob-langan Sharq mamlakatlari xalqlarining o`tmishi, tarixi, madaniyati va
qadriyatlarini soxtalashtirdi va hukmron xalq manfaatlari va mafkurasiga
moslashtirdi.
Davrning shu kungi talablaridan kelib chiqib avvalgi tuzum to`g`ri, haqiqat deb
singdirilgan ko`plab muammoli masalalarni qayta tahlil qilib, tarixiy haqiqatni o`z
o`rniga qo`yish, yillar mobaynida xiralashtirilgan ilmiy bilim ko`zgusini qayta
ta‘mirlash va tozalash vaqti keldi.
Shu mulohazalardan kelib chiqqan holda quyida biz aniq javob berish biroz
mushkul bo`lgan Sharq va Fapb madaniyati muammosi, «Uyg`onish» davri
madaniyati tushunchasining asl mazmun va mohiyatiga qisqacha to`xtalib o`tamiz.
Ma‘lumki, sobiq Shuro tuzumi davrida mafkura, madaniyat va falsafa Sharq va
G`arbda deyarli bir paytlarda yuzaga kelgan, deb o`qtirdilar hamda Sharq xalqlari
madaniy hayotida G`arbning ta‘siri va ustunligi masalasi ilgari surilar edi.
Olimlarimizning e‘tiborlari bu masaladan chetlashtirilib, bu fikr haqiqat deb qabul
qilingan edi.
Ma‘lumki, Yevropada o`yg`onish davri madaniyati kapita-listik ishlab chiqarish
munosabatlarining yuzaga kelishi davri bilan ortodoksal cherkov mustabidligiga
qarshi kurash natijasida yuzaga kelgan bo`lib, bu davr «Renessans»davri deb atala
boshlangan. Bu tushuncha o`sha davr tarixnavislari tomonidan XVI asrdan boshlab
qo`llanilgan. Ularning fikriga ko`pa, XV-XVI asrlarga kelib, qadimgi antik davr
madaniyatining ilg`or g`oyalarini qayta tiklash imkoniyatlari yuzaga kelgan. Lekin
bu davr qadimgi madaniyatlar-dah batamom farq qiluvchi yangi madaniyat -
burjua madaniyati yuzaga kelib, uning asosiga insonparvarlik /gumanizm/
g`oyalari qo`yila boshlagan edi. Bu qarashlar eski, ortodoksal feodalistik
munosabatlar madaniyatiga, ayniqsa, din va cherkov mutaassib-ligiga qarshi
qaratilgan edi.
Musulmon Sharqi falsafasi va madaniyati tarixini kuzatar-kanmiz, u VII asrning
ikkinchi yarmidanoq yuzaga kelib rivojlanib, IX asrdan boshlab ko`plab g`oyalar
va fan dalillarining mustah-kamlanganligi hamda yuqori cho`qqiga erishganligini
ko`ramiz. G`arbda esa XIII-XIV asrlar oralig`iga kelibgina fan va tafakkurda
ko`tarilish yuzaga kelganligini kuzatish mumkin. Shu o`rinda umuman „Uyg`onish
davri madaniyati» tushunchasi Sharq va Fapb «Uyg`onish» davrlari madaniyati va
ularning o`ziga xos xususiyat-lari ham da xarakterli belgilariga qisqacha to`xtapib
o`tish joizdir.
Uyg`onish davri - bu eng avvalo ijtimoiy taraqqiyotda ishlab chiqarish
munosabatlarining ham, ma‘naviy hayotning ham yangi bosqichga o`tish davridir.
IX-XII asrlar Movarounnaxr va Xurosonda vujudga kelgan Somoniylar,
Qoraxoniylar, G`aynaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshoh-lar davlatlari eng avvalo
iqtisodiy jihatdan yuksalishga erishdilar. So`ngra islom ma‘naviyatiga asoslangan
madaniy taraqqiyotini vujudga keltirdilar. Ma‘naviyat asoslari hisoblangan e‘tiqod
yakdil-ligi, siyosiy boshqaruv asoslari, qonun ustivorligi, axloqiy kamolot, aql-
idrok takomili, ma‘rifiy barkamollik va fan taraqqiyotining yuqori bosqichiga
chiqa oldilar. «Uyg`onish davri madaniyati» tushunchasi bizningcha, birinchidan,
muayyan millat yoki xalqning ma‘naviy mahdudlikdan ozod bo`la borishi, milliy
qobiqdan chiqib dastlab hududiy, so`ngra, umumjaxon ma‘naviyatiga ta‘sir
ko`rsata borishi, ikkinchidan, tanazzulga yuz tutgan yoki boshqa kuchliroq xalqlar
ma‘naviyati taz‘yiqiga uchragan, tarix sahnasidan tushib ketishga mahkum etilgan
millat, elat yoki xalqning milliy madani-yatini qaytadan jonlashtirish, tiklash,
rivojlantirish va yuksak dara-jaga ko`tarilishini anglatadi.
«Uyg`onish» davrlari madaniyatiga xos bo`lgan umumiy mushtarak tomonlari
birinchidan, Sharq va G`arb uyg`onish davrlari madaniy taraqqiyoti boshida o`sha
davr hukmdorlarining o`zlari turganlar va madaniy jarayonning rivojlanishiga
imkoniyat yaratib berganlar. Masalan, Sharq uyg`onishi davri madaniyati
rivojlangan paytda o`sha davrning hukmdorlari - halifa Xorun ar-Rashid, uning
o`g`li Ma‘mun, qolaversa o`sha davrda Somoniylar, Qoraxoniylar va boshqa
sulolalarning vakillari turganlar. Ular islomning mustah-kamlanishiga,
ma‘rifatning tarqalishiga, turli xil fan sohalarining rivojlanishiga boshchilik
qilganlar. O`zlarining poytaxtlariga o`sha davrning ko`zga ko`ringan olimlar,
fiqhshunoslar, muhandislar, tarixchilar, shoirlar, me‘morlar, san‘atkorlarini
to`playdilar. Maxsus ilm markazlari, kutubxonalar, madrasalar barpo etdilar, ularni
mab-lag` bilan ta‘minlab turdilar. Shu boisdan ham IX asrdan boshlab ilm-fan,
adabiyot va san‘at, me‘morlik va teologiya yuksak darajada rivojpana boshlaydi.
O`z navbatida G`arb Uyg`onish davri madaniy taraqqiyoti boshida ham o`sha
davrning boy-badavlat kishilari rahnamolik qilgan edilar. Florentsiyada shaharning
eng boy-davlat kishisi, ban-kir Kozima Medichi, so`ngra uning nevarasi Lerendo
rahbarlik qilganligi tarixdan bizga ma’lum. Kozimo Medichi Florentsiyaning
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini boshqarishni o`z qo`liga oladi. O`z atrofiga
mashhur olimlar, san‘atkorlarni to`playdi, ularni ish bilan ta‘minlaydi, ularga
homiylik qiladi. Natijada Florentsiya XV asr davomida Italiyaning madaniy
jixatdan eng yuksalgan, vataniga aylanadi. Bu yerda antik dunyo san‘ati
yodgorliklarini o`zida mujassamlashtirgan birinchi badiiy muzey tashkil etildi. Fal-
safa akademiyasi, haykaltaroshlik, tasviriy san‘at ustaxonalari vu-judga keldi.
Uyg`onish davri madaniyatining yana bir muhim xususiyati - turli fan sohalarida
demokratik jarayonning ro`y berganligidir. O`sha davrning buyuk siymolari-ilm-
fan fidoyilari millati, diniy e‘tiqodlari qanaqa bo`lishidan qat‘iy nazar, yagona
maqsad -fanlarni rivojlantirish uchun kurash olib boradilar.
Bu davrning donishmandlari insonning o`ziga, atrof-muhit-ga, o`tmish madaniy
merosiga bo`lgan munosabatlarini o`zgartirish-ga alohida e‘tibor beradilar. Inson,
uning taqdiri, kelajagi, orzu-umidlari, his-tuyg`ulari fan va san‘atning asosiy
mavzusiga ayla-nadi. Madaniy va ma‘naviy ta‘sir real insonga qaratiladi. Natijada
kishilarning dunyoqarashi, o`tmishga bo`lgan bahosi, ahloqiy va estetik qarashlari
o`zgara boshladi.
Umuman olganda, Uyg`onish davri madaniy taraqqiyoti-ning eng muhim
xususiyati - ijtimoiy ma‘naviy taraqqiyotda muayyan etnik birliklarning milliy
madaniyatni, milliy qadriyatlarni qayta tiklash va yuksaltirishga bo`lgan yuqori
darajadagi bunyod-korlik intilishlari bilan harakterlanadi.
Bizningcha, Sharq va G`arb uyg`onish davrlari madaniyat-larining bir-biridan
farqlanib turadigan jihati mavjud bo`lib, Sharq Uyg`onish davrida asosiy e‘tibor
inson ma‘naviyatini yuksaltirish-ga, uning ma‘naviy ehtiyojlarini qondirishga
qaratilgan bo`lsa, G`arb Uyg`onish davrida inson moddiy ehtiyojlari va
manfaatlarini qondirish alohida vazifa qilib qo`yilgan. Agar Sharq va G`arb
ma‘naviyatiga e‘tibor berilsa, Sharqda ma‘naviy barkamol insonni shakllantirishga
e‘tibor berilganligini, kishilar o`rtasidagi munosa-batlar ahloqiy barkamollikka,
diyonatlilik asosiga qurilganligini ko`rish mumkin. G`arb madaniyatida esa asosiy
e‘tibor kishining moddiy jihatdan ta‘minlanganligiga qaratiladi. Shu boisdan ham
G`arbda ko`proq moddiy manf