Sh. Sodiqova


  Maktabgacha  ta’lim  muassasasida  qabul  qilinishi  mumkin



Download 7,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/253
Sana01.01.2022
Hajmi7,72 Mb.
#302667
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   253
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (sodiqova sh.) (1)

5.  Maktabgacha  ta’lim  muassasasida  qabul  qilinishi  mumkin
 
boMgan  rejalar to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.
A) Istiqbolli, yillik va yakuniy
B)
 Yillik va yakuniy
C) Oylik va kalendar reja
D) Istiqbol,  yillik va oylik
259


XVIII bob. MAKTABGACHA TA’LIM
 
MUASSASASI VA OILA
„  . 


Oila  mkohga  voki  a  zolarmmg  ijtimoiy
Oila  tushunchasi va 




.  . 

.
.  . 
j
 . 
turmush  tarzi,  о  zaro  axloqiy javobgarhgi  va 
uning mohiyati 




  . ,
о  zaro yordamiga asoslangan qon-qanndosh-
laming kichik guruhi44.
Insonparvar  demokratik  huquqiy  davlatda  mavjud  bo‘lgan  oilaga 
quyidagicha  ta’rif mavjud:  «Oila jamiyatning  tabiiy  va  asosiy  bo‘g ‘ini 
bo‘lib,  yuridik  m a’noda  nikoh,  qarindoshlik,  farzandlikka  olish  yoki 
boshqa  shakllarda  bolalarni  doimiy  tarbiyaga  olishdan kelib  chiqadigan 
tegishli  huquq  va  majburivatlar  bilan  bog‘langan  shaxslar  doirasidan 
iborat bo‘lgan milliy  mustaqillik mafkurasiga,  umuminsoniy  qadriyatlar 
va sharqona an’analarga asoslangan oilaviy munosabatlarni rivoj lantirib, 
uni mustahkamlashga qaratilgan fuqarolar ittifoqidan iborat dir»45.
Oila  jamiyatning  asosiy  bo'g'ini.  u  nikoh  va  qon-qarindoshlikka 
asoslanishi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega, 
shuningdek, jamiyat va  davlat  oilani,  otalik,  onalik va bolalikni  himoya 
qiladi va oilaviy munosabatlarga umuminsoniy va milliy qadriyatlar joriy 
etilishini ta’minlaydi46.
Psixolog olimlar oilani kichik bir ijtimoiy guruh sifatida ta'riflaydilar, 
Oilani tashkil etuvchi  ushbu guruh nikoh orqali  hamda yaqin urug‘chilik 
rishtalari  bilan  bir-biriga  bog‘langan  bo‘lib,  ular  o ‘rtasidagi  munosa­
batlarga xos  bo‘lgan muhim jihatlar -  bu  o‘zaro  mehr-muhabbat,  g‘am- 
xo‘rlik, m as’uliyatlilik va albatta, hayot, turmush tarzidagi umumiy likdir47.
Sotsiologiya  oilaga yaxlit  ijtimoiy  organizmning  qismi, jamiyat  b o '­
g'ini,  ijtimoiy tarbiya jamoasi  sifatida qaraydi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  sohada 
sodir  bo‘layotgan  o ‘zgarishlar  albatta,  oilada  o ‘z  aksini  topadi.  Biroq 
boshqa -  ishlab  chiqarish, kasbiy,  siyosiy ijtimoiy birlashmalardan farqli 
ravishda  oila  to ‘g‘ridan-to‘g‘ri  qayta  qurishga  uchramaydi.  Oilaning 
axloqiy,  psixologik  jihatdan  yangilanishi  uzoq,  murakkab,  qarama- 
qarshiliklarga bog‘ liq j arayondir.
44.  Педагогический энцклопевшческий словар -  М., 2002. — С.257.
45. Karim ova О.  O ila huquqi asoslari -  Т.:  2003.
46.  Qarang:  0 ‘zbekiston Respublikasi K onstitutsiyasi-T .: « 0 ‘zbekiston», 2009. -  
12-13-b.
47.  Karim ova V.  Oilaviy hayot psixologiyasi -  T„ 2006. -  10-b.
"  260


Iqtisodiy  sohadagiga  qaraganda,  yangi  munosabat,  yangi  axloq  me!- 
yorlari  oilada  sekin  sur’atlarda  amalga  oshadi.  Oilaviy  o‘zgarishlaming 
amalga oshishida ijtimoiy-iqtisodiy  omillardan tashqari,  boshqa -  biolo- 
gik, psixologik,  demografik omillar ham ishtirok etadi.
Olimlarning fikricha,  odamlar hayotining birdan-bir to‘g ‘ri yo'li  oila­
viy hayotdir.
Oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va  dam olish joyi.  Shu­
ningdek,  oila muhim tarbiya o ‘chog‘i hamdir.  Oilada bolalar tarbiyasida 
ota-bobolar, momolardan qolgan, ming yillar mobaynida hayot sinovlari- 
dan o‘tgan yaxshi udum, odatlar mavjud. Pedagogika fanlari doktori, pro­
fessor M. Inomova oilaning quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko'rsatgan:
>  
birinchidan,  oila o'ziga xos va takrorlanmas ta’sirga ega;
>  
ikkinchidan,  oila  bola  uchun  o ’ziga  xos  «ko‘zgu»  b o iib ,  ota- 
onaning shaxsiy namunasi,  ibrati  bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb 
etadi;

uchinchidan,  oila  o ‘ziga  xos  hissiyotlar  olamidan  iborat  bo‘lib, 
unda ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg‘ular jamuljam bo'ladi;
>  
to'rtinchidan.  oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan ham- 
dardlik tuyg'ulari ham tarbiyalanadi;
>   beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi 
ham axloqiy tarbiyaning muhim omili sanaladi;
>  
oltinchidan,  oila -  er-xotinlik, ota-onalik vazifalarini aks ettiradi. 
Ota-onaning  bir-biriga  bo'lgan  muhabbati  bolaga  ta'sir  ko'rsatadigan 
asosiy tarbiyaviy omillardan biriga aylanishi mumkin48.
Demak,  oila  -   tarbiyaviy  jam oa  va  hech  kim  hech  qanday  holatda 
oilaning vazifasini bajara olmaydi.
Oila  hayoti  ko‘p  tomonlamali  munosabatlar  bilan  tavsiflanadi:  ijti- 
moiy-biologik,  xo‘jalik-iqtisodiy,  axloqiy,  psixologik.  Oila  rivojining 
har bir bosqichi  bir funksiyasining tugashi,  boshqasining paydo bo‘ lishi, 
uning  a ’zolarining  ijtimoiy  faoliyatining  o'sib  borish  ko‘lami  va  tavsifi 
bilan bog‘liq. V.A.  Slastenin, I.F. Isayev, E.N.  Isayevlarning fikricha, oila 
jam iyat va odamlarga munosabati  bo'yicha muhim  ijtimoiy  ahamiyatga 
ega funksiyalarni bajaradi.

Download 7,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish