Sh. Sodiqova


rr   .  Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  ishini Ta  lim-tarbiva



Download 7,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/253
Sana01.01.2022
Hajmi7,72 Mb.
#302667
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   253
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (sodiqova sh.) (1)

rr
 

Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  ishini
Ta  lim-tarbiva 

.  . 

,  .  , 
.  ,  ,  .
. . .  
.  . 
.  . 
"  .  .
  ,  umuman  va  har  bir  yosh  guruhida  reialashti- 
lshlanni reialashtirish  .  ,  . 

.  .
nshnm g bevosita asosmi ta  lim-tarbiya vazi­
falari  aniqlanib,  bolalar  faoliyatining  har  bir  asosiy  turiga  doir  ta ’­
lim-  tarbiyaviy  ish  mazmuni  «Bolajon»  dasturida  ochib  berilgan.  Reja- 
lashtirishda bu vazifa va mazmunlar yanada aniqlashtiriladi, ularni amal­
ga oshirish vaqti va izchilligi  belgilanadi.
Ta’limiy  ishning mazmuni,  uslubi va usullari hamda uni  tashkil  etish 
turlari,  bolalar  xulq-atvorini  tarbiyalash  mazmuni,  uslubi  va  usullari, 
ularda  madaniy-gigienik  malakalarni  shakllantirish,  bolalar  mehnati 
va  o'yinlariga  rahbarlik  usullari,  bolalarning  bo’sh  vaqt  va  ko‘ngil 
ochishlarini  tashkil  etish,  shuningdek ota -  onalar bilan ishlash turlari va 
tabiati rejalashtirilishi lozim.
255


Maktabgacha  ta’lim  muassasasida  ta ’limiy  ishni  tashkil  etishning 
asosiy  shakli  m ashg‘ulotdir.  Bunda  o ‘qitish  ta ’limiy  ish  masalalari, 
voqelikning turli  sohalari haqidagi bilimlami,  aqliv  va amaliy  malakalar 
va  ko'nikmalarni.  o ‘quv  faoliyati,  bolalar  nutqini  o'stirishning  oddiy 
asoslari va shu kabilami hal etishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Bu  mazmun  dastuming  tevarak-atrof  bilan  tanishtirish  va  nutqni 
o‘stirish, oddiy matematik tasavvurlami rivojlantirish, rasm solish,  loy va 
plastilindan narsalar yasash,  applikatsiya,  qurish-yasash,  musiqa ta’limi, 
jismoniy  tarbiya singari  asosiy  bo‘limlarida berilgan.  Tegishli  yo‘nalish 
uslubikalarida ishlab  chiqilgan mashg‘ulotlar tizimi  maktabgacha ta’lim 
muassasasisi  va yosh  guruhidagi  muayyan  ish  sharoitlarini,  bolalarning 
ilgarilash daraja va sur’atlarini, ularni u yoki bu mazmunni egallashlarini 
xisobga olib rejalashtirishda foydalaniladi. Masalan, bolalami tabiat bilan 
tanishtirishga  doir  mashg‘ulotlar  tizimi  qishloq  joy  yoki  katta  shahar 
markazida,  shimoliy  va markaziy  mintaqada  va  boshqa  respublikalarda 
joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasisida turlicha bo‘ladi.
O'qitishning har bir bo‘limiga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda bi­
limlami egallashning asosiy bosqichlari (boshlang‘ich idrok, bilim va ko‘- 
nikmalarni kengaytirish va umumlashtirish,  ulardan hayotda foydalanish 
bilimlami yangi  sharoitlarga ko‘chirish) hisobga olinadi.  Rejada bilimlar 
mazmunining  takrorlanishi  va  ularni  asta-sekin  murakkablashtirilishi 
nazarda tutiladi.  Istalgan  bo‘limga  doir  mashg'ulotlami  rejalashtirishda 
mazkur  bo‘lim  bilan  bog‘langan  asosiy  ta’lim-tarbiyaviy  masalalardan 
tashqari dastuming boshqa bo‘limlaridan ayrim  masalalarni ham kiritish 
kerak.  M ashg‘ulotlarni bunday yaxlitlash ularning rivojlantiruvchi sama- 
rasini  ancha  oshiradi.  Ammo  rejalashtirishda  ta’limiy  ishni  qisman 
birlashtirish  ishning  butun  mazmunini  jamlovchi  yagona  mavzu  tusini 
olmasligi  kerak.  Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  tarixida  o ‘rin  tutgan 
mavzuviy  rejalashtirish,  «tashkiliy  momentlar»ga  oid  rejalashtirish 
bilimlaming  tizimliligi  va  bolalarning  aqliy  rivojlantirishni  talab 
darajasida ta’minlamagan edi.
Bolalami  atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlarini 
bolalarga nutq o ‘ stirish m ashg‘ulotlari bilan,  shuningdek tasviriy faoliyat 
mashg'ulotlari bilan aloqasini o ‘rnatish ayniqsa muhimdir.
Ta’limiy  ish mashg‘ulotdan  tashqarida:  kundalik turmush,  o‘yin,  meh- 
natda ham  davom  ettiriladi.  Kunning  turli  vaqtida (ertalab,  sayrda)  tarbi­
yachi tabiat va ijtimoiy hayotning turli hodisalarini kuzatishni tashkil etadi.
256


Bu  kuzatishlar  ham  rejalashtiriladi.  Ular  butun  guruh  bolalari  bilan 
yalpisiga, bolalarning kichik guruhlari bilan va yakka tartibda o ‘tkaziladi.
Tarbiyachi mashg‘ulotlardan tashqari bilimning u yoki bu bo‘limlariga 
doir ayrim  bolalar yoki  bolalarning  kichik guruhlari  bilan ta’limiy  ishni 
rejalashtiradi  va tashkil  qiladi,  Bu  maqsadda  didaktik  o'yinlar,  didaktik 
materialli  mashqlar  (masalan,  nutqning  tovush  madaniyatiga  doir,  ma- 
tematik  tasaw urlarini  rivojlantirishga  oid  ish  va  boshqalar)  dan  foy- 
dalaniladi.
Shunday qilib, rejada bolalar bilan ta’limiy ishning mazmuni ham, uni 
tashkil qilish shakllari  ham aks etadi.
Shaxsning  m a’naviy  fazilatlarini  tarbiyalash  ta’lim-tarbiyaviy  ish 
jarayonida: mashg‘ulotlar, o‘yinlar,  mehnat va shu kabilarda hal  qilinadi. 
Shuning  uchun  m a’naviy  tarbiya  ishining  mustaqil  bo‘limi  sifatida 
rejalashtirilmaydi.  Bu  ishning  vazifa,  mazmun  va  uslublari  bolalarning 
asosiy faoliyat turlariga rahbarlikni rejalashtirishda ochib beriladi. Ammo 
xulq-atvor  malakalarini  shakllantirish  (masalan,  atrofdagi  kishilarga 
muloyim  va  g‘amxo‘r  munosabat,  narsalarga  tartibli  va  tejamkorlik 
munosabati,  madaniy-gigienik  malakalar,  o‘yin,  kitob  burchaklarida 
tozalik va tartibni saqlash malakalari, o ‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish mala- 
kalari va shu kabilar) bolalarning m a’lum harakat usullarini egallab olish- 
larini nazarda tutadi. Malakalami tarbiyalash bevosita ta’sir usullari: hara­
kat  usullarini  ko‘rsatish,  mashq  qilishlar,  ya’ni  o ‘rgatish,  odatlantirish 
orqali  amalga  oshiriladi,  shuning  uchun  madaniy-gigienik  malaka  va 
madaniy  xulq-atvor  malakalarini  rejalashtirish  mumkin  va  lozim.  Ma­
lakalar  hajmi,  ularni  shakllantirish  izchilligi,  shuningdek,  tarbiyachi 
foydalanadigan o ‘rgatish usullari rejalashtiriladi.
Ertalabki  soatda  qilinadigan  pedagogik  ishning  asosiy  vazifasi  bola- 
larda tetik,  quvnoq kayfiyat uyg'otishdir.  Bunda bola faoliyati erkin bo‘- 
ladi,  bolaning  istagi  va  qiziqishiga  tayaniladi,  faoliyatlaming  shakli  va 
mazmuni qiziqarli bo‘lishi ta’minlanadi.
Tarbiyachi  har  kuni  ertalabki  soatda  bolalarni  birlamchi  tibbiy 
ko‘rik  asosida  qabul  qiladi,  ota-onalar  bilan  suhbat  olib  boradi,  badan- 
tarbiya mashqlarini o‘tkazadi. Lekin bu vazifalar kundalik faoliyatda aks 
ettirilmaydi.
Kundalik faoliyat bayonida ertalabki  soatda tarbiyachi  bolalar bilan 
belgilangan mavzu yuzasidan qisqa suhbat uyushtirishi ko‘rsatiladi,  aso­
siy  o ‘rin  bolalarning  o'yin  faoliyati  uchun  ajratiladi.  Ijodiy  o‘yinlami,
257


tinch o‘yinlarni  (qurish-yasash,  rasmli kitoblarni tomosha  qilish) tashkil 
etish rejalashtiriladi.
Rejada bolalarning mehnat faoliyati keng yoritiladi. Mehnat tarbiyasi- 
ning to ‘rtta vazifalari  besh kunga bo‘linib  yoziladi. Navbatchilik har bir 
kun  uchun  alohida  rejalas-tirilmaydi.  Rejada  navbatchilikka  yangilik 
kiritilsa, navbatchilik vazifasi murakkablashtirilsa yoki  sharoitlar o‘zgar- 
sa. yangi mazmun alohida kiritiladi.
Bolalarning  mustaqil  faoliyati  rejalashtirilmaydi,  u  bolaning  qiziqi- 
shiga va kayfiyatiga bog‘liq.  Har bir bola erkin holda o‘zi  istagan faollik 
markazini  tanlashi  va  u  yerda  ishlashi  mumkin.  Tarbiyachi  bolalarni 
kuzatishi va zarur holda unga yordam ko'rsatishi lozim.
M ashg‘ulotning  maqsadida  tarbiyachi  bolalarga  beriladigan  ta ’lim 
va tarbiya vazifalarini  ko'rsatadi,  bolalar  egallashi  lozim  bo‘lgan  bilim, 
ko‘nikma va malakalarining hajmini  aniq belgilaydi. M ashg‘ulotning bo- 
rishi  to‘liq yozilmay,  manbaning  muallifi,  ishlanmaning  betini  ko‘rsatib 
o ‘tish  kifoya.  So‘ngra  zaruriy  jihoz  va  ko'rgazmalarni  ko‘rsatadi. 
M ashg‘ulot  ishlanmasi  yozilgan uslubik  qo‘llanma y o ‘q  bo‘lsa,  tarbiya­
chi m ashg'ulot ishlanmasini yozishi lozim.
Tarbiyachining sayrdagi asosiy vazifasi bolalar uchun faol, mazmunli, 
xilma-xil  va  qiziqarli  faoliyatni  tashkil  etishdir.  Sayr  quyidagi  tarkibiy 
qismlarni  o‘z  ichiga  oladi:  1)  kuzatish;  2)  harakatli  o ‘yin;  3)  ixtiyoriy 
o'yinlar; 4) mehnat;  5) tinch o‘yin.
Kunning  ikkinchi yarmi  bolalar bilan  yakka ishlash,  xilma-xil  o‘yin 
faoliyati  egallaydi:  (ta’limiy,  stol  ustida,  voqeaband,  ixtiyoriy,  sahna­
lashtirilgan),  ko‘ngilochar  soatlar  (har  oyda  1-2  marta)  rejalashtiriladi. 
Tarbiyachi kechki sayrda ixtiyoriy  kuzatish, ixtiyoriy o ‘yin va ota-onalar 
bilan ish-lashni rejalashtiradi.

Download 7,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish