Sh. Sodiqova



Download 7,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/253
Sana01.01.2022
Hajmi7,72 Mb.
#302667
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   253
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (sodiqova sh.) (1)

Uslubchi va unga
 
qo‘yiladigangan talablar
Uslubchi  oliy  pedagogik  m a’lumotga 
(maktabgacha pedagogika fakulteti)  ega bo‘l- 
gan yoki o‘rta pedagogik (maktabgacha bo‘li-
242


minlash  kabi  sotsial-psixologik  masalalarni  hal  qilish  uslubchi  uchun 
birmuncha murakkablik qiladi.
Uslubchi maktabgacha bolalar muassasasidagi ta'lim-tarbiyaviy ishga 
uslubik rahbarlikni amalga oshiradi.
«Maktabgacha ta’lim  muassasasida  ta’lim-tarbiya  dasturi»ning  baja- 
rilishini  ta’minlaydi  va  nazorat  qiladi,  ta’lim-tarbiyaviy  ishning  to‘g ‘ri 
uyushtirilishi uchun javobgar;
ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganadi,  umumlashtiradi va tarqatadi,  pe­
dagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi; 
maktabgacha  bolalar  muassasasidagi  uslubik  xonaning  ishini  tashkil 
qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo‘llanmalar va o‘yin- 
choqlarni tanlaydi.
Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni propaganda qilish, turli yosh 
guruhlari  tarbiyachilari,  shuningdek  maktabgacha  bolalar muassasasi va 
maktab ishida ketma-ketlilikni ta’minlash  bo'yicha ishni uyushtiradi.
Uslubchi  shuningdek  pedagogik  kengashni  tashkil  etadi  va  borish 
jarayonini  kuzatib  boradi.  Pedagogik kengash-jamoa pedagoglari  fikrini 
ifodalovchi,  bolalar  bilan  olib  boriladigan  ta ’lim-tarbiyaviy  masalalarni 
kollegial  ko‘rib  chiqadigan  doimiy  ishlovchi  organ,  uslubik  mahorat 
maktabi va ilg‘or tajriba minbaridir.
Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  mudiri  pedagogik  kengash  raisi 
hisoblanadi.
Pedagogik  kengashga  quyidagi  masalalar:  bolalar  bilan  olib  bori­
ladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlar darajasini  oshirish,  ularni hal qilish yo‘l- 
larini  izlash;  muassasa ish praktikasiga pedagogika fanining yutuqlari va 
ilg‘or  pedagoglar  tajribasini  joriy  qilish;  tarbiyachilaming  pedagoglik 
mahoratini oshirish,  ularning ijodiy aktivligiii  rivojlantirish kiritiladi.
Pedagogik  kengash  xalq  ta’limi  Vazirligi,  Xalq ta ’limi  Davlat  komi- 
tetining  maktabgacha  ta’lim  bo'yicha  buyruq,  instruksiya,  nizom  va 
boshqa  normativ  hujjatlarini;  maktabgacha ta’lim  muassasasining  yillik 
ish  rejasini;  bolalar  sog'ligini  mustahkamlash  tadbirlarini;  har  bir  yosh 
guruhlari bo'yicha «Uchinchi ming yillikning bolasi» Davlat Dasturining 
sifatli bajarilishi jarayonini;  ish praktikasiga joriy qilish maqsadida tarbi- 
yachilarning  ilg'or  tajribalarini;  maktabgacha yoshdagi  bolalarga  ta’lim 
va  tarbiya  berishning  aktual  masalalarini,  tarbiyachilaming  nazariy  va 
uslubik  tayyorgarliklarini  oshirish  masalalarini  va  maktabgacha  ta’lim 
muassasasi  faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.
243


Pedagogik kengashlar kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni 
qiziqtiruvchi tematikaning kengligini, aktualligini ta ’minlash zarur. Faqat 
shundagina  pedagogik  kengashda  ish  muhiti  hukm  suradi,  masalalar 
muhokamasi sermahsul va aktiv bo‘ladi.
Pedagogik  kengash  tarkibiga:  uslubchi,  tarbiyachilar,  musiqa  rah- 
bari,  maktabgacha ta'lim   muassasasiga xizmat  ko'rsatuvchi  vrach,  katta 
hamshira,  kasaba uyushma qo‘mitasining raisi,  ota-onalar  qo‘mitasining 
raisi  kiradi.  Pedagogik  kengash  yig‘ilishiga  jam oat  tashkilotlarining 
vakillari,  maktablar  o ‘qituvchilari,  maktabgacha  ta’lim  muassasasi 
tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Pedagogik  kengash  maktabgacha  muassasaning  yillik  ish  rejasiga 
kiritilgan va pedagoglar pedagogik kengashi  tomonidan tasdiqlangan reja 
bo‘yicha ishlaydilar.
Maktabgacha  ta ’lim  muassasalarida  kollegial  organ  hisoblangan  pe­
dagogik  Kengashlar  tashkil  etilib,  u  pedagogik  xodimlar,  ota-onalar, 
homiylarni  birlashtirib,  maktabgacha  ta ’lim  Davlat  talablari  asosida 
muvofiqlashtirilgan ta ’lim-tarbiya jarayonini  takomillashtirishga  xizmat 
qiladi.
Pedagogik Kengash maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta ’lim-tarbiya 
jarayonidagi asosiy masalalarni hal etuvchi doimiy faoliyat ko‘rsatadigan 
organ hisoblanadi.
Pedagogik  Kengash  o‘z  faoliyatini  0 ‘zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasi,  «Ta’lim to ‘g ‘risida»gi  Qonuni,  «Kadrlar tayyorlash mil- 
liy  dasturi»,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2007- 
yil  25-oktabrdagi  «Maktabgacha  ta’lim  sohasidagi  normativ-huquqiy 
hujjatlarni tasdiqlash to ‘g ‘risida»gi 225-sonli qarori, muassasa Ustavi va 
mazkur Nizom asosida olib boradi.
Xalq ta’limi vazirligining 2012-vil  14-iyundagi  186-sonli  buyrug‘iga 
muvofiq uslubchianing malaka tavsiflari quyidagicha qilib belgilandi:
Lavozim vazifalari:
•  maktabgacha ta ’lim muassasasi jamoasi  o‘quv -  tarbiyaviy  faoliya- 
tiga uslubik rahbarlik qilish;
•  barcha yosh guruhlarida bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturlari- 
ning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
•  tarbiyachi va tibbiy  hodimlar ishini  yo ‘naltirish,  nazorat qilish.  be- 
vosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga za­
rur uslubik yordam ko'rsatish;
244


•  maktabgacha  ta’lim  muassasida  qabul  qilingan  buyruqlaming  baja- 
rilishini nazorat qilish;
•  ota-onalar  orasida  pedagogik  bilimlaming  tashviqotini  ta’minlash 
va boshqalar
Bilishi  lozim:
•  ta’lim  tizimiga  tegishli  qonunlar,  hukumatning  tegishli  qarorlari, 
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlami
•  maktabgacha yoshdagi  bolalami  rivojlanishiga qo‘yilgan davlat ta- 
lablari, tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi va boshqalar.
Malaka talablari:
•  o ‘z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy m a’lumot 
va kichik yoshdagi bolalami tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik;
•  xorijiy  tillardan  birining  boshlang'ich  bosqichini  va  axborot-kom- 
munikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni  bilishi;
•  uch yildan kam bo'lmagan  ish  staji.

Download 7,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish