Sh. Sodiqova



Download 7,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/253
Sana01.01.2022
Hajmi7,72 Mb.
#302667
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   253
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (sodiqova sh.) (1)

Mudira -  Maktabgacha ^ 
. . . .  
,. 
® 
,

.
 
ta  rahbarhk  qilish  mudir  tomonidan  amalga
ta  lim  muassasasi 
.  .  .,  ,.  л ,  . 


...
rahbari 
oshiriladi.  Maktabgacha  ta iim   muassasasi
mudirini  ishga qabul qilish qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan 
kelishgan  holda  amalga  oshiriladi.  Davlat  maktabgacha ta’lim  muassa­
sasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
238


Maktabgacha ta’lim muassasasi  mudiri lavozimiga qo‘yiladigan mal- 
aka talablari  belgilangan tartibda 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Xalq ta ’limi 
vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri:
-   maktabgacha  ta ’lim  muassasasi  nomidan  ishonchnomasiz  faoliyat 
ko'rsatadi.  barcha muassasa va tashkilotlarda  uning manfaatlarini  ifoda- 
laydi;
-  maktabgacha ta’lim  muassasasi  mol-mulkini  o ‘ziga  berilgan vako- 
latlar doirasida tasarruf etadi;
-  ishonchnomalar beradi;
-  bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi;
-   maktabgacha  ta ’lim  muassasasi  xodimlarini  ishga  qabul  qilish  va 
joy-joyiga  qo‘vishni  amalga  oshiradi,  rag‘batlantiradi,  intizomiy  jazo 
choralarini ko ‘radi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari (kontrakt- 
lari)ni to‘xtatadi;
-  o  z vakolatlari doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi;
-   maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  ishlarini  takomillashtirish, 
moddiy  bazasini  mustahkamlash,  xodimlami  ijtimoiy  muhofaza  qil- 
ishni  ta’minlash  bo'yicha  takliflarni  ko‘rib  chiqish  uchun  xalq  ta’limini 
boshqarish yuqori organiga kiritadi;
-   bolalar  hayoti  va  sog‘lig in i  muhofaza  qilishning  samarali  tashkil 
etilishi, o ‘quv-tarbiya jarayoni, moliya-xo‘jalik faoliyati ahvoli, moddiy- 
texnik  bazaning  mustahkamlanishi  va  moddiy  boyliklarning  saqlanishi 
uchun j avob beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi -  murakkab tarmoq bo‘lib,  mudiran- 
ing  undagi  roli,  faoliyati  ko‘p  qirralidir.  Mudira  -   maktabgacha  ta ’lim 
muassasasining tashkilotchisi, rahbari,  malakali pedagog, uning faoliyati 
maktabgacha  ta ’lim  yoshidagi  bolalami  komil  inson  qilib  tarbiyalash 
vazifalarini  to ‘laqonli  hal  etishga  qaratilgan.  U  bolalar  muassasalari- 
dagi ta’lim-tarbiyaviy,  pedagogik va gigienik talablarga muvofiq ravish- 
da  amalga  oshirilishi  uchun  zarur  shart-sharoitlami  ta’minlaydi.  0 ‘z 
jamoasida  ishchanlik,  maqsadga  qaratilgan  inoqlik  vaziyatini  yaratadi. 
Ularga  umumiy  rahbarlik  qiladi.  Mudira  o ‘z  ishida  davlatimiz  va  Xalq 
ta’limi vazirligi tomonidan  qabul  qilingan  qaror,  qonunlarga  amal  qiladi 
va  o‘z  ustida ijodiy  ravishda  ishlashni  amalga  oshiradi.  Yuksak  onglilik 
va siyosiy  yetuklik,  prinsiplilik,  o ‘ziga va qo‘l ostidagilarga talabchanlik
-  bu mudiraga qo‘yiladigan asosiy talablardir.
239


Jamoadagi  to 'g 'ri.  o ‘zaro munosabatlar har bir xodimning mehnat va 
ishlab chiqarish intizomligiga rioya qilishni ta’minlaydi.
Rahbarlik  mavqei  mudira 
o 'z
  g‘oyaviy,  m a’naviy-ma’rifiy,  siyosiy, 
huquqiy  saviyasini  va  mintaqaviylik  mahoratini  doimo  ongli  ravishda 
pedagogik bilimlarni bolalarga ta’lim-tarbiya berish nazariyasi va amali- 
yotini puxta egallashga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta’ lim oldida tur- 
gan vazifalarni bilishga,  o ‘z bilimlaridan amaliy faoliyatiga foydalanish- 
ga  majbur  etadi.  U  programma,  uslubik  instruktiv,  normativ  hujjatlarni 
yaxshi  bilishi  va  unga  amal  qilishi  kerak.  U  pedagogik  jarayonning 
mohiyatini  chuqur  bilib,  yutuq  va  kamchiliklarini  darhol  bartaraf qilish 
choralarini ko‘rish lozim.
Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  mudiri  Xalq  ta’limini  boshqarish 
organlari tomonidan oliy m a’lumotga va 5 yildankam  boMmagan pedago­
gik  ish  stajiga ega bo‘lgan  shaxslardan tayinlanadi.  Maktabgacha ta’lim 
muassasasida kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo'yish  tarbiyalash bo‘yicha 
ishni  mehnat  jamoasi,  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  kengashining 
faollari  ishtirokida  m a’muriyat  amalga  oshiradi.  Maktabgacha  ta’lim 
muassasasi  rahbarlari  kadrlarning  kasb  mahoratini,  umumiy  ta’lim 
mahoratini,  umumiy  ta’lim  va  madaniy  darajasini  muntazam  o ‘stirib 
borishiga  g ‘amho‘rlik  qiladi:  xodimlar  malakasini  hisobga  olgan  holda 
va  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  manfaatlaridan  kelib  chiqib,  ularni 
ratsional va o ‘z vaqtida joydan-joyga ko ‘chirib turilishini ta’minlaydi.
Maktabgacha  ta’lim  muassasasida  kadrlar  zaxirasi  shakllantirilib, 
ular  bilan  doimiy  ish  olib  boriladi.  Maktabgacha ta’lim  muassasasining 
shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat: m a’muriy guruh (mudir, tarbiyachi- 
uslubist,  xo'jalik  mudiri,  katta  meditsina  hamshirasi),  pedagogika, 
meditsina, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari xodimlari.
Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  m a’muriyati  jamoat  tashkilotlari 
bilan  hamkorlikda  o‘z-o‘zini  boshqaruv  asosida  bolalarni  tarbiyalashda 
yuksak  natijalarga  erishishga  qodir  bo‘lgan  turg‘un  mehnat  jamoasini 
shakllantiradi;  kadrlarni  o’zini  muntazam  takomillashtirib  borish,  peda­
gogik va xizmat ko‘rsatish, mehnat samaradorligini oshirish ruhida tarbiya- 
laydi, o ‘z jamoasi, tanlagan kasbi uchun faxrlanish hissini shakllantiradi.
Maktabgacha ta’lim  muassasasi  rahbarlari  kadrlarning  kasb  mahora­
tini, umumiy ta’ lim mahoratini, umumiy ta’ lim va madaniy daraj asini mun­
tazam o ‘stirib  borishga g‘amxo‘rlik qiladi;  xodimlar malakasini  hisobga 
olgan  holda  va  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  manfaatlaridan  kelib
240


chiqib,  ularni  ratsional  va  o ‘z vaqtida joydan-joyga ko'chirib  turilishini 
ta’minlaydi.  Bu maqsadlar uchun m a’muriyat ruhiy-pedagogik bolaning 
huquqiy  va  iqtisodiy  o'quv  bilan  organik  uyg‘unlanishini  ta’minlaydi; 
xodimlar malakasini  bevosita maktabgacha ta ’lim muassasasida oshirish 
uchun  shart-sharoit  yaratadi,  murabbiylik  harakatini  rivojlantiradi; 
mamlakatda  va  chet  ellarda  pedagogik  va  boshqa  aralash  fanlardan 
erishgan yutuqlar haqida axborot beradi.
M a’muriyat jam oat tashkilotlari  bilan  birgalikda maktabgacha ta’lim 
muassasalari  xodimlarini  attestatsiyadan  o ‘tkazish  uchun  optimal  shart- 
sharoitlarni  ta’minlaydi,  ularga  o ‘z  vaqtida  zarur  uslubik  yordam  ko‘r- 
satadi.
Mudira  -   m a’naviy,  siyosiy,  huquqiy  axloqiy  yetuklik-saviya,  ong, 
m a’rifatchilik,  madaniyatlilik,  xodimlarni  vatanparvarlik ruhida tarbiya- 
lash,  halollik,  vijdonlilik,  tanqidga  chidamli  bo‘lish,  mehnatsevarlik 
istiqbolni oldindan ko‘ra olish kabi xususiyatlar mavjud bo‘lishi kerak.
Xalq ta ’limi vazirligining 2012-yil  14-iyundagi  186-sonli  buyrug‘iga 
muovfiq mudiraning malaka tavsiflari quyidagicha qilib belgilandi:
Lavozim vazifalari:
•  maktabgacha ta’lim muassasasi umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish;
• ■
  pedagogik  jam oa  va  boshqa  xodimlaming  bolalar  bilan  olib 
boradigan tarbiyaviy ishlarda yuqori samaraga erishishni tashkil qilish;
•  tarbiyaviy  jarayonda  mehnatni  tashkil  qilishning  zamonaviy 
shakllaridan foydalanish;
•  bolalami  boshlang‘ich  sinfda o‘qitishga tayyorlash  bo‘yicha  davlat 
talablariga muvofiq tarbiyalash dasturlarining bajarilishini nazorat qilish;
•  bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash,  ularni pedagogika va gigiena ta­
lablariga  muvofiq  tarbiyalash  va  o ‘qitish  uchun  zarur  shart-sharoitlarni 
yaratishni ta’minlash;
•  pedagogik  kengashga  rahbarlik  qilish,  oilada  farzand  tarbiyasi 
masalalari  bo‘yicha ota-onalar bilan ishlashni tashkil etish;
•  sanitariya-gigienik talablari,  mehnatni  muhofaza  qilish,  texnika  va 
yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash;
•  byudjet  mablag1 laridan  oqilona  foydalanish  va  muassasa  mulkiga 
ehtiyotkorona munosabatda bo'lish va boshqalar.
Bilishi lozim:
• ta’ lim tizimiga tegishli qonunlar, hukumatning tegishli qarorlari, Xalq 
ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlami;
241


•  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  rivojlanishiga  qo‘yilgan  davlat 
talablari, tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi va boshqalar.
Malaka talablari:
•  o ‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy m a’lumot 
va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslami tugatganlik;
•  xorijiy  tillardan  birining  boshlang‘ich  bosqichini  va  axborot-kom- 
munikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
•  besh yildan kam bo‘lmagan ish staji.
mi) m a’lumotga va kamida 3  yil pedagoglik faoliyatiga ega bo‘lgan  eng 
yaxshi  tarbiyachilardan  tayinlanadi.  0 ‘z  kasbdoshlarining  hurmatini 
qozonish va ularga o 'z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam 
berish uchun uslubchi  qanday  uslubchilik  sifatlariga ega  bo‘lishi  kerak? 
Uslubchi  faqat yaxshi  nazariy  tayyorgarlikkagina  emas,  balki  bilimlarni 
amal da qo‘llash ko ‘nikmasiga ham ega bo‘lishi zarur.
Tajribali  uslubchining  tashabbuskorligi  va  ishga  ijodiy  yondashishi: 
g ‘oyalarini  umumlashtira  bilish,  maqsadga  muvofiq  ishlash,  har  bir 
tarbiyachining imkoniyat va  mahoratlarini  hisobga olishiga qarab,  farq- 
lanadi.
Uslubchi  talablarni  qo‘yishda  talabchan  va  qat’iy  bo‘lishi  kerak. 
Rahbarning  o‘ziga  bo‘ysinuvchilar  bilan  muloqotining  emotsional-iro- 
daviy tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislati- 
talabchanlilcni  hosil  qiladi.  Yuksak talabchanlikni  sezgirlik,  hayrixohlik, 
odamlarga hurmat bilan birga qo‘shib olib borish zarur. Talabchanlik -  bu 
qattiqqo‘llik degan gap emas.  Buyruqlar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning 
foydasidan  ko'ra  zarari  ko‘proq  va  bu  odatda  rahbarning  kuchliligidan 
emas,  balki  zaifligidan  dalolat  beradi.  Maktabgacha  muassasa  ta ’lim- 
tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi, uning obro'si ko‘p jihatdan peda- 
goglar  jamoasining  jipslashganligiga,  eng  avvalo  butun  maktabgacha 
muassasa  rahbar yadrosida  birlik va  o‘zaro  tushunishning  mavjudligiga 
bog‘liq bo‘ladi.
Tarbiyachilarning  aniq  intizomi  va  ishda  uyushqoqligini  ta'minlash; 
kollektivda jamoatchilik fikrini, tarbiyachilarning bir-birlarining kamchi- 
liklariga tanqidiy munosabatini  shakllantirish,  mehnat aktivligi va ijodiy 
ishlash ehtiyojini  rag'batlantirish;  qabul  qilingan qarorlar yechimini ta ’-

Download 7,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish