www.ziyouz.com kutubxonasi
8
— Sigaret olib kelishni senga kim buyurdi? — deb so‘radi g‘ilay.
— Hech kim.
— O‘zingcha olib keldingmi?
— Ha.
— Nima uchun?
— Sizni yaxshi ko‘raman.
— Yaxshi ko‘rasanmi? Vo‘, klass! Nima uchun?
— Siz — zo‘rsiz!
Bu baho G‘ilayga yoqib, xaxolab kulib yubordi.
— Eshitdilaringmi, vo‘, klass! — dedi sheriklariga qarab.
— O‘, bor, quloqqa lag‘mon osma,— dedi o‘ng tomonda o‘tirgan bola.
— To‘xta, haydama,— dedi g‘ilay Shomil,— ke, bratishka, o‘tir. Kallang bor ekan, sen
ham zo‘r bo‘lib ketasan. Oting nima?
— Hosil.
— Klass! Zo‘r ot! Sen pro‘sta Hosil emas, Hosilboyvachcha bo‘lasan. Ketvorgan
boyvachcha bo‘lasan! — Shomil shunday deb uning yelkasiga urib qo‘ydi. Sigaretni ochib
bittasini labiga qistirdi, so‘ng sheriklariga tutdi.
U ertasiga ham sigaret olib keldi. Taklifni kutmayoq, G‘ilayning yonidan joy oldi. Bundan
bolalarning g‘ashi keldi, ammo G‘ilay indamagani uchun ular ham mum tishlab
qolaverishdi. Shu-shu bo‘ldi-yu, U g‘ilay Shomilning yonidan doimiy joy oldi. Maskovdan
kelgan toza aroq (Shomil shunday deb baho berdi)lardan birini olib chiqqach, martabasi
yana ham yuqorilaganday bo‘ldi.
Bir kuni oqshom chog‘i Shomilning yonidan qaytayotib ko‘chasidagi bolalarning to‘p
o‘yiniga duch keldi. O‘yinga bir oz qarab turdi. To‘p yonidan o‘tayotganida shartta tutdi-
da, ustiga o‘tirib oldi. Uni «kelgindi» deb mensimaydigan bolalardan biri:
— Koptokni bu yoqqa cho‘z! — deb buyurdi.
U tirjayib qo‘ydi. Joyidan jilmadi. Uning maqsadi janjal chiqarish edi. «Yana bir do‘q
ursin, so‘ksin, keyin ko‘radiganini ko‘radi», deb o‘yladi. Lekin u bola boshqa baqirmadi,
so‘kmadi. To‘g‘rirog‘i, so‘kishga ulgurmadi. Boshqa bir bola kelib, qulog‘iga nimadir deb
pichirladi. Aftidan: «Bu bilan hazillashma, Shomilning odami», dedi shekilli.
Do‘q urgan bola unga o‘qrayib qaradi-da, burilib ketdi. O‘yin buzildi. Uning janjal
chiqarish maqsadi amalga oshmadi — qal’a jangsiz taslim bo‘ldi. Bu Uning birinchi
g‘alabasi edi! U cho‘ntagidan pichoqcha chiqarib, to‘pni ikkiga bo‘ldi. Tarqalmay turgan
bolalardan biri «koptogim!» deb yubordi. U esa ishshaydi. Mag‘rur holda cho‘ntagidan
bitta o‘n so‘mlik chiqarib, bo‘lingan to‘p ustiga tashladi.
— O‘ynaydigan bo‘lsalaring, tuzukroq koptokda o‘ynalaring,— deb mag‘rur qadamlar
bilan uyiga qarab ketdi. Bu — uning kibr yo‘lidagi dastlabki qadami edi. Ko‘p o‘tmay
xoinlik ko‘chasidagi qadamini ham qo‘ydi. U Shomilning o‘g‘irlik qilishini aniq bilmasdi,
ammo gumoni bor edi. Bir kuni gap orasida otasining yaqin do‘sti boy ekani, savdogar
ekanini aytdi. Shomil esa uyida nimalar borligi bilan qiziqdi. U bilganicha aytdi. Shomilga
shu bilganlarining o‘zi kifoya qildi. Ikki kundan so‘ng uni maktabidan, dars paytida
chaqirtirdi.
— Bratishka, hozir paxaningning og‘aynisinikiga borasan. Oti nimaydi, Hasanmi? Ha,
opoqingga aytasan: «Hasan amakimni mentlar tutib oldi, narsalarni gum qilar ekansiz»,
deysan.
Unga bir gapni ikki marta tushuntirishning hojati yo‘q edi — Shomil aytganiday qildi.
Uning hovliqib aytgan gapini eshitib opoqisi tamom gangib qoldi. Bir oz nima qilarini
bilmay talmovsirab turdi-da, so‘ng: «Voy, aylanay sendan», deb ichkariga boshladi. U
esa o‘zini go‘llikka solib yordam berdi. Har xil qimmatbaho matolar, kiyimlar tugildi, tilla
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |