Joylashgan xonadonda xotini va uch farzandi bilan yashab kelar edi. Spirtli ichimliklarni ichishga odatlangan N. Olimov ishdan kelib uyida janjal ko'tarardi



Download 156,59 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.08.2021
Hajmi156,59 Kb.
#144168
Bog'liq
Fuqaro N(1)



 

                                                  9-KAZUS 



Fuqaro N.Olimov Toshkent shahar Shayxontohur tumani tinchlik mahallasida 

joylashgan xonadonda xotini va uch farzandi bilan yashab kelar edi. Spirtli 

ichimliklarni ichishga odatlangan N.Olimov ishdan kelib uyida janjal ko'tarardi. 

N.Olimovning xotini otasining uyiga ketib qolar va u erda bir qancha kun yashab 

yana erining uyiga qaytib kelardi. Ushbu holat fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish 

organi tomonidan uning oilasini notinch va muammoli oila deb topishga asos 

bo'ldi.  

2020 yil 25-27 aprel kunlari O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-

quvvatlash vazirligining Shayhontohur tuman bo'limi tomonidan tinchlik 

mahallasiga notinch va muammoli oilalarni aniqlash hamda ularning manzilli 

ro'yxatlarini tuzish maqsadida o'rganish ishlari olib borish uchun mutaxassislar 

yuborildi. Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining Shayhontohur tuman 

bo'limi vakillariga tinchlik mahallasi fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organi raisi 

Sh.Davronov tomonidan mahalladagi notinch va muammoli oilalarning ro'yxati 

taqdim etildi.  

Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining Shayhontohur tuman bo'limi 

vakillari fuqaro N.Olimovning oilasi haqiqatdan notinch va muammoli ekaniga 

ishonch hosil qilishni istadilar. Shu maqsadida N.Olimov hamda uning oila a'zolari 

bilan suhbat olib borish uchun uning xonadoniga tashrif buyurdilar.  

Biroq, N.Olimov vazirlik vakillarining uyiga kiritmadi va ular bilan suhbat 

qurishni ham istamadi. Shunda, vazirlik vakillari va fuqarolarning o'zini o'zi 

boshqarish organi raisi Sh.Davronov vaziyat yuzasidan ichki ishlar organi 

profilaktika inspektoriga murojaat qilib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining qaroriga ko'ra bunday oilalar bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlashni 

tashkil etish vazirlikning vakolati ekanini aytib, N.Olimov va uning oila a'zolarini 

mahalla idorasiga majburiy keltirishni so'radilar.  

N.Olimov profilaktika inspektoriga vazirlikning bunday vakolatga ega ekani uning 

shaxsiy huquqlari va erkinligiga putur etkazishini aytib, umuman bunday 

vazirlikning tuzilgani oilalar va ular a'zolarining shaxsiy hayotiga aralashishga olib 

kelishini ta'kidladi va mahalla idorasiga borishdan bosh tortdi. Shunga qaramay 

N.Olimov profilaktika inspektori tomonidan mahalla idorasiga olib kelindi va u 

bilan tegishli suhbat olib borildi. 

Ma'lumoti oliy bo'lgan N.Olimov izlanib O'zbekiston Respublikasi Mahalla va 

oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining nizomini topib u bilan yaqindan tanishib 

chiqdi. Nizom Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangani sababli hukumatga 

murojaat yo'lladi. Murojaatda O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-

quvvatlash vazirligining tashkil etilgani fuqarolar va oilalarning shaxsiy hayotiga 

aralashishga olib kelishi, shu bois mazkur vazirlikni tugatish lozimligini aytdi.  




 

Vazirlar Mahkamasi tomonidan murojaatga yo'llangan javobda ushbu vazirlik 



O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida belgilangan tartibga rioya etgan 

holda tashkil etilgani, Konstitusiyaning 3-moddasiga ko'ra O'zbekiston 

Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilashga 

haqli bo'lib, mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligini tashkil etilishi ayni shu 

konstitusiyaviy printsipga asoslanishi tushuntirildi.  

N.Olimov murojaatiga yo'llangan javobdan norozi bo'lib O'zbekiston Respublikasi 

Konstitusiyaviy sudiga O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-

quvvatlash vazirligini tashkil etishga doir qonun hujjatlarini O'zbekiston 

Respublikasining Konstitusiyasiga zid deb topishni so'rab murojaat etdi.  

Vaziyatga huquqiy baho bering. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

1.Fuqarolarning uzini uzi boshqarish organi nima ? 



 

2.Sh.Davronov vaziyat yuzasidan ichki ishlar organi profilaktika inspektoriga 

murojaat qilib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra 

bunday oilalar bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlashni tashkil etish vazirlikning vakolati 

ekanini aytib, N.Olimov va uning oila a'zolarini mahalla idorasiga majburiy 

keltirishni suragani to 'g 'rimi ? 

 

3. N.Olimov O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash 



vazirligining tashkil etilgani fuqarolar va oilalarning shaxsiy hayotiga aralashishga 

olib kelishi, shu bois mazkur vazirlikni tugatish lozimligini aytganligi to’g’rimi ? 

1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari - fuqarolarning xalq hokimiyatini 

bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida toʻgʻridantoʻgʻri ishtirok 

etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bogʻliq 

masalalarni hal qilishda mustakil faoliyat olib borishini taʼminlashdir. 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105- moddasi) va "Fuqarolarning oʻzini 



oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining 

qonuni (1999 yil 14 aprel)da Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari huquqiy 

holati koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qonunga koʻra, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish 

organlariga quyidagilar kiradi : shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining , 

shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yigʻini; 

fuqarolar yigʻinining kengashi; fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy ioʻnalishlari 

boʻyicha komissiyalar; fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasi; tuman 

markazidan olisda joylashgan va borish qiyin boʻlgan shaharchalar, qishloklar va 

ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan maʼmuriy 

komissiya. Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati 

organlari tizimiga kirmaydi. Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari yuridik 

shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi muhrga ega boʻladi va mahalliy 

davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinishi kerak. 

 

Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlari  



faoliyat koʻrsatmoqda. Fuqarolar yigʻini organlarini va ularning mansabdor 

shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari 

kafolatlarini taʼminlagan hodda, umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi 

asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. "Fuqarolar 




 

yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida" qonun qabul 



qilingan (2004 yil 29 avgust.). 

O’zini o’zi boshqarish orqali fuqarolar davlat va jamiyatda faol ishtirok 

etadi.O’zini o’zi boshqarish fuqarolarni jamiyat va davlatga aralashishi uchun 

muhum vositadir.

1

 

Fuqarolar yigʻini — fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarishining yuqori organi boʻlib, 



aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi 

qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yigʻinida 18 yoshga toʻlgan hamda 

shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar 

qatnashadi. "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi yangi 

tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini va shahardagi 

mahalla fuqarolar yigʻinining vakolatlari koʻrsatilgan. Fuqarolar yigʻinining 

qarorlarini bajarish va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining fuqarolar 

yigʻinlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar 

yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining 

asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning raislari va yigʻinning masʼul 

kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yigʻinining kengashi tuziladi. Fuqarolarni o’zini 

o’zi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda 

fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yigʻini kengashi 

oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning xodimlari soni yigʻin tomonidan 

belgilanadi. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi va kengash devoni 

xodimlari fuqarolar yigʻinining mablagʻlari hisobiga ham, qonun hujjatlarida 

belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga ham taʼminlanishi 

mumkin. Taftish k o missiyasi F.oʻ.oʻ.b.o. moliyaxoʻjalik faoliyatini tekshirish 

uchun tuziladi. Maʼmuriy komissiya maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid oʻz 

vakolatlari doirasidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun tuziladi. 

 

Fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiklashtirish 



maqsadida respublika oqsoqollar kengashi, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi 

boshqarish ishlari boʻyicha viloyat, tuman, shahar muvofiklashtirish kengashlari 

tuzilishi mumkin. Fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatining 

moliyaviy asosi oʻz mablagʻlaridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari 

tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablagʻlaridan, yuridik va 

jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida 

nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topadi. 

 

1



 O.T.Husanov konstitutsiyaviy huquq darsligi Toshkent “Adolat” 2013 


 

Fuqaro N.Olimov mahallaga chaqirganda kelishi shart edi lekin kelishdan bosh 



tortdi bunday holatda profilaktika inspektori kuch ishlatganini to’g’ri deb 

hisoblayman. 

 “Fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi “qonunning 13-

moddasida fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) vakolatlari kursatilgan 

fuqarolar yig‘inini chaqiradi; 

rais maslahatchilarining, mas’ul kotibning, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy 

yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar hamda ma’muriy komissiya raislari va 

a’zolarining nomzodlarini saylash uchun fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi; 

qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, fuqarolar yig‘ini va uning Kengashi 

qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir 

ishlarni tashkil etadi; 

davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sudda, yuridik va jismoniy shaxslar 

bilan munosabatlarda fuqarolarning manfaatlarini ifodalaydi; 

fuqarolar yig‘ini mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi; 

egasiz mol-mulkni, shuningdek meros tariqasida fuqarolarning o‘zini o‘zi 

boshqarish organiga o‘tgan mol-mulkni saqlash chora-tadbirlarini ko‘radi; 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi nomidan shartnomalar, shu jumladan 

mehnat shartnomalari tuzadi; 

kam ta’minlangan oilalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan 

fuqarolarning moddiy va uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida 

tegishli organlarga takliflar kiritadi; 

o‘z hududi doirasida yashovchilarni hisobga olib borishni, shuningdek tegishli 

hududda jamoat tartibini ta’minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va 

ketishini hisobga olishni tashkil etishda, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida 

huquqbuzarliklarning oldini olish ishida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 

ko‘maklashishga doir ishlarni tashkil etadi; 

voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoatchilik ishlarini 

tashkil etadi, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqidagi 

ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etadi, shuningdek bunday 

bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga ko‘maklashadi; 

 

ichki ishlar organlarining profilaktika bo‘yicha tegishli inspektori bilan birgalikda 



“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining faoliyati ustidan nazoratni amalga 

oshiradi; 

yarashtiruv komissiyasida raislik qiladi; 



 

tegishli hududda bayram kunlari va muhim sanalar bilan bog‘liq ommaviy tadbirlar 



o‘tkazilishini tashkil qiladi; 

ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining, diniy qarashlarni 

majburan singdirish hollarining oldini olishga doir ishlarni uyushtiradi, vijdon 

erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan 

bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi; 

fuqarolarni qabul qiladi, ularning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko‘rib 

chiqadi; 

fuqarolarga ularning oilaviy va mulkiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotnomalar hamda 

hujjatlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar berilishini 

ta’minlaydi; 

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul 

qilgan qarorlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun 

mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan 

tartibda tegishli organlarga taqdimnomalar kiritadi; 

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 

Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) belgilangan namunadagi guvohnomaga ega 

bo‘ladi. 

 Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining asosiy vazifalari va 

funktsiyalari nimalardan iborat ? 

 Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: 

jamiyatda "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyilining to'laqonli va samarali joriy 

etilishida har tomonlama ko'maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-

ma'naviy muhitni sog'lomlashtirishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari 

bilan yaqin hamkorlik o'rnatish; 

oila institutini mustahkamlash bo'yicha, eng avvalo, "sog'lom oila — sog'lom 

jamiyat" g'oyasini hayotga tatbiq etishga yo'naltirilgan yagona davlat siyosatini 

yuritish, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko'maklashishni tashkil etish; 

xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashga oid davlat siyosatining samarali amalga 

oshirilishini ta'minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, 

mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, xotin-qizlar va 

erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta'minlash; 

xotin-qizlarning muammolarini o'z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo'lgan va 

og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi 

bo'lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko'rsatish; 




 

xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-



qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy 

tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama 

manzilli qo'llab-quvvatlash; 

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash, 

ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini 

rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish; 

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o'rni va rolini 

kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta'sirchan jamoatchilik 

nazoratini amalga oshirishdagi mavqeini yuksaltirish; 

mahallalarda qonun ustuvorligini ta'minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish 

masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat 

tashkilotlarining o'zaro hamkorligini mustahkamlash; 

yolg'iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan oilalarga moddiy 

ko'maklashish, ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni ta'minlashda huquqiy, uslubiy va 

amaliy yordam ko'rsatish, nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar 

ma'naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash 

masalalarida samarali foydalanish; 

fuqarolar yig'inlarining moddiy-texnika ta'minotini yaxshilash hamda sohaga 

zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan 

kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

2

 

Xulosa qilib aytsak Sh.Davronov tomonidan mahalladagi notinch va muammoli 



oilalarning ro'yxati taqdim etilganda N.Olimovni mahallaga chqairganda rad etadi 

profilaktika inspektorlari kuch ishlatib opkelishganini to’g’ri deb hioblayman. 

N.Olimov norozi bo'lib O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudiga 

O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligini tashkil 

etishga doir qonun hujjatlarini O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga zid 

deb topishni so'rab murojaat etdi lekin vazirlik konstitutsiyani buzmagan edi bu 

holatlar buyicha N.Olimovni harakatlari noto’g’ri deb hisoblayman. 

 

 



 

 

 



 

2

 Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi qonun 1999 




 

 



 

 

 



                               Foydalanilgan adabiyotlar 

1.O’zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) 

2.Fuqarolarning  o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi qonun 

3.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 

4. O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi 

faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash   

to’g’risidagi qonun. 

 

 



 

 

                                 Foydalanilgan saytlar 



1.  Lex.uz 

2.  Madad.uz 

3.  Norma.uz 

4.  Civil.uz 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 



MANTIQIY SAVOL 28 

 Teng huquqlilik deganda nimani tushunasiz? Teng huquqlilik printsipini 

cheklashning konstitusiyaviy asoslarini yoritib bering. 

Teng huquqlilik - konstitutsionalizmning asosiy prinsiplaridan va demokratiyaning 

muhim elementlaridan biri; fuqarolarning davlat, qonun, sud oldida tengligini 

rasman eʼtirof etishni bildiradi. Unga koʻra, muayyan davlat fuqarolari jinsi, irqi, 

millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, yashash joyi, dinga munosabati, eʼtiqodi, 

jamoat birlashmalariga taalluqligi, shuningdek, boshqa holatlaridan qatʼi nazar, 

teng huquq, erkinlik va majburiyatga ega boʻladilar. Teng huquqlilikning realligi 

jamiyat va davlat tuzumining qanchalik demokratiyaliligini anglatadi. 

Teng huquqlilik tamoyilini Fransiya inqilobi ilgari surdi ("Ozodlik, tenglik, 

qardoshlik") va u koʻp mamlakatlarning konstitutsiyalari hamda inson huquklari 

deklaratsiyalarida mustahkamlandi.

3

 Hozirgi zamon davlatlarining konstitutsiyaviy 



nazariyasi fuqarolarning huquqda tabiiy xarakterga ega boʻlgan baʼzi farklari 

boʻlishi mumkinligini tan oladi, masalan, jahonning koʻpchilik davlatlarida harbiy 

xizmatni oʻtash majburiyati faqat erkaklar zimmasiga yuklanadi, keyingi oʻn 

yilliklarda nogironlar, bolalar, kam sonli tub xalq vakillari uchun alohida 

konstitutsiyaviy huquqlar belgilab qoʻyila boshlandi va h.k. Fuqarolarning teng 

xuquqligi prinsipi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida 

mustahkamlab qoʻyilgan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

3

 1789-yil  Fransiyada sodir bo’lgan burjua inqilob. 




 

10 


 

 

 



MANTIQIY SAVOL 25 

Shaxsning huquqiy maqomi tushunchasiga ta'rif bering. Shaxsning huquqiy 

maqomi qanday turlarga bo‘linadi ? 

 Shaxs huquqiy maqomi tushunchasi 

 

O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha 



jabhalarini demokratlashtirish yo`liga o`tdi. Jahon tajribasidan ma'lumki, 

shaxsning asosiy huquq hamda erkinliklarini qat'iy himoya qilmasdan va amalda 

ta'minlamasdan turib, jamiyatni demokratlashtirish mumkin emas. Xalqimizning 

boy ma'naviy salohiyati, uning tasarrufida bo`lmish ulkan tabiiy boyliklar va 

texnikaviy imkoniyatlar, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalar demokratik 

rivojlanish hamda inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni 

bosqichma-bosqich yaratish imkonini bermoqda. 

Shaxsning huquqiy maqomi deganda inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari 

hamda burchlarining majmui tushuniladi. 

O`zbekiston Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari borasida BMTning 1948- 

yilda qabul qilingan "Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi" ifodasini topgan 

qoidalarni yaxlit mushtaraklikda mujassamlashtirib olgan. 

O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega 

bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va 

ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. 

Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo`yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsipiga 

mos bo`lishi shart. 

O`zbekiston Respublikasi o`zining ichki va tashqi siyosatida BMTning ikkinchi 

Umumjahon konferensiyasida 1993-yili tasdiqlangan "Inson huquq va 

erkinliklarining universalligi" talablariga qat'iy rioya etib, ular himoyasi barcha 

davlatlarni qonuniy ravishda tashvishlantirib turuvchi muammo ekanligi 

haqiqatidan kelib chiqadi. Bugun jahonda 300 dan ortiq hujjat inson va fuqarolar 

huquqi sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar tizimini tashkil etadi. Ularning 

aksariyatini BMTning xalqaro-huquqiy hujjatlari tashkil etadi. 

Universal maqomdagi hujjatlardan tashqari, inson huquqlarini ta'minlash va 

himoyalashning mintaqaviy tizimlari faol shakllantirilmoqda. 




 

11 


Bugungi kunda Yevropa, Amerika va Afrika tizimlari mintaqada inson huquqlarini 

ta'minlashning ko`proq rivojlangan tizimi hisoblanadi. 

“Jamiyatning, davlatning shaxslar bilan bo`ladigan va huquqiy normalar bilan 

belgilanadigan o`zaro munosabatlari shaxsning huquqiy holati deb ataladi” 

Jamiyat va davlatning shaxs bilan munosabatlari konstitutsiya normalarida o`z 

ifodasini topadi. 

Shaxsning huquqiy holati quyidagi turlarga ajratiladi: fuqaroning umumiy yoki 

konstitutsiyaviy huquqiy holati; shaxsning maxsus huquqiy holati, fuqarolarning 

alohida kategoriyalari huquqiy holati; jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy holati; 

chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yoki ikki fuqarolikka ega shaxslar 

hamda qochqinlarning huquqiy holati; xorijiy mamlakatlarda yashayotgan 

Oʻzbekiston fuqarolari huquqiy holati; tarmoqqa oid, yaʼni fuqarolik huquqiy, 

maʼmuriy huquqiy Shaxsning huquqiy holati.; kasbi va mansabiga bogʻliq holda 

(vazir, deputatla/rning) shaxslarning huquqiy holati; alohida sharoitlarda, alohida 

hududlarda (Orol boʻyi, baland togʻ sharoitida, zararli obʼyektlarda) ishlayotgan 

shaxslarning huquqiy holati. 



 

Download 156,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish