Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
ku suv quyilsa darrov jon kirar. So‘ligan ruhga, ko‘ngilga davo bormi? Ilgari qonining har 
tomchisida muhabbat bor edi. Bu tomchilar Noilaning o‘limidan so‘ng chak-chak tomib 
ado bo‘ldi. Uning o‘rnini esa adovatning zaharli tomchilari egalladi. Shilimshiqning 
gapidan so‘ng bu tomchilar tomirlarda ko‘pira ketgan edi. Bugun esa yanada qizidi, 
yanada qudrat kasb etdi. 
Jamshidning o‘limi... Zaynabning o‘zini osishi... Asadbekning qahri... Elchin bu uch 
voqeani bog‘lab turuvchi ko‘rinmas zanjir mavjudligini his etib turar, ammo har qancha 
o‘ylamasin, fikri haqiqat oldida ojiz qolar edi. «Jamshidni qizi bilan ayb ustida ushlab, 
o‘ldirtirib yubordi», degan gumon nechundir shu tobda xayoliga kelmasdi. 
«Zaynab rost aytdimi? — deb o‘yladi u. — Bu gap yolg‘on bo‘lsa ham, jahl ustida 
aytilgan bo‘lsa ham baribir — dilni yaraladi. Bu dil yarasiga esa chora yo‘q. Bir-ikki 
kundan keyin u yana shu uyga keladimi? Shu uyga harom qadamini bosadimi? Aslida 
shu uyning xosiyati qolmabdi. Qamoqdan kelishim bilan sotib yuborsam bo‘lar ekan...» 
Odam bolasi boshiga kulfat tushguday bo‘lsa, xayolga berilib «bu kulfat bulutini kim 
yubordi-yu, kim tashvish yomg‘irini yog‘dirdi», deb o‘ylay boshlaydi. U hech qachon 
«men shu fe’lim yoinki harakatim tufayli kulfat bulutini o‘zim chaqirdim», demaydi. 
Mana hozir Elchin ham uyda xosiyat yo‘q, degan qarorga kelib turibdi. Bilmaydiki, uydan 
xosiyatni o‘zi quvib chiqardi. Unga «Zaynabni ayblama, u bokira edi, gunohkor sensan, 
tug‘ilajak bola valadi zinodir va uning gunohi ham sening bo‘yningda» deyilsa, aybni 
zinhor bo‘yniga olmas, «Men Noilam uchun qasos oldim», der. U g‘ofil banda bilmaski, al 
qasosul minal Haq — qasos yolg‘iz Haqdandir, bandaning qasos olmoqqa huquqi yo‘qdir. 
Mashoyixlardan biri «Dunyo shaytonning do‘konidir, undan biron nima o‘g‘irlamaki, 
shayton uni qaytarib olishga kelib, dodingni bermasin», degan ekan. Bu ne baxti 
qaroliqki, Elchin shayton-ning do‘konidan ko‘p narsa olib qo‘ydi. Endi har bir o‘g‘irligi 
uchun dodini yer. Endi arzini kimga aytadi? Uning arzini kim eshitar ekan? 
3 
 
Manzura eshikdan uzoqlashmagani uchun qizining gaplarini eshitdi. Eshitdi-yu, «voy 
sho‘rginam qursi-in...» deb labini tishladi. Yuragi uzilib tushganday bo‘ldi. «Voy qizim-a, 
aytmasang bo‘lardi», deb qiziga xayolan tanbeh berdi. Elchin katta xonadan bukchayib 
chiqib, ayvonda o‘tirib qolgach, yuragida bir nima uzilganday bo‘ldi. Badaniga muz 
yugurdi. Kuyoviga qaramoqchi edi, erining qahrli nigohi yo‘ldan qaytardi. Shu nigoh 
bo‘lmaganida Zaynab-ning gaplari yolg‘on ekaniga kuyovini ishontirarmidi... Isnod... 
Isnod... Endi qanday hayot kechiradi? Ko‘pni ko‘rgan bu odam isnodga ko‘nikib 
ketarmikin? Xudo qizidan omonatini olmadi. Lekin uni tirik murdaga aylantirib 
qo‘ymadimikin? 
Shu xayol bilan uyga kirdi. Qiziga mo‘ltillab qarab turdi-da, nima maqsadda kirganini 
eslay olmay, iziga qaytmoqchi bo‘ldi. Ostona hatlashga ulgurmay, Zaynabning ovozini 
eshitib, to‘xtadi: 
— Oyi, hadeb kirib-chiqavermang. Qo‘rqmang, endi o‘zimni o‘ldirmayman. Bola... — u 
nima uchundir «bolam» deya olmadi, — bola... yashashi kerak ekan. U tug‘ilgunicha... 
— Voy, bolam, — deb uning gapini bo‘ldi Manzura. — Xudo xohlasa... 
Zaynab uni gapirtirmadi. 
— Undan keyin nima bo‘ladi — Xudo biladi. Nima bo‘lishini o‘zim ham bilmayman, siz 
ham bilmaysiz, hatto adam ham bilmaydilar. 
— Voy bolam-ey... Qo‘y, bu o‘ylaringni. 
— Kuyovingiz ketdimi? 
— Ha. Qizim... haligi gapni bekor aytding. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish