11
qurilmasining tuzilishi bilan bevosita tanishdim bir qator yutuq va kamchiliklarin
tahlil qildim va ushbu tahlillar asosida malakaviy ishim yuzasidan quyidagi
takliflarni bayon etaman.
Buten – 1 olish qurilmasida buten – 1
etilenni murakkab kompleks
katalizatorlari ishtirokida etilenni dimerlanishi asosida sintez qilinadi. Bu
jarayonda ikki xil katakizator qo’llanadi. Jarayonning asosiy katalizatori LC –
2253 bo’lib u ikki molekula etilenni bir biriga birikishi jarayonini amalga oshiradi.
Yani etilendagi qo’shbog’ning uzilishi hisobiga buten – 1 hosil bo’lishini
ta’minlab beradi.
Ikkinchi katalizator TEA – trietilalyuminiy sokatalizator bo’lib u katalizator
LC – 2253 ni faollashtiradi. TEA katalizatori
polimerlanish katalizatori
hisoblanadi. Qurilmada DC – 3001 dimerizator reaktori asosiy qurilma bo’lib unda
asosiy jaroyon dimerlanish olib boradi. Jarayonning kamchiligi jarayonda buten –
1 dan tashqari qo’shimcha mahsulotlar hosil bo’ladi. Bunga sabab esa dimerlanish
bilan birga polimerlanish jarayoni
borishidir, harorat juda oz miqdorda optimal
holatdan ortib ketishi TEA nining polimerlash xossasini kuchaytirib yuboradi
natijada etilenni ko’p miqdori boshqa mahsulotga aylanib reaktornining ichki
qismida polimer qatlamlar hosil qilib jarayon unumini keskin pasaytirib yuboradi.
Sho’rtan gaz kimyo majmuasida buten – 1 olishdagi katalizator LC – 2253
ni yangi katalizator LC – 2254 ga almashtirish, qurilmadagi EA – 3001 va
EA – 3011A/B issiqlik almashgichlarga yangi qo’shimcha issiqlik almashgich
qo’shish, jarayondagi nasoslarni quvvatini oshirish, DC – 3001 reaktordagi
haroratni eng optimal sharoitda ushlab turishni
aniq nazarot qilish orqali
qurilmanining mahsulot ishlab chiqarish quvvatini 6000 t/y dan 7500 t/y
yetkazish mumkun.
Buten – 1 sintezi bo’yicha dunyoga mashhur AXENS kompanyasi buten
– 1 olish jarayoni katalizatori LC – 2253 ning yangi tipini yaratishdi.
Ushbu katalizator LC – 2254 markali kataliztor bo'lib polimerlanish
jarayonini ketishini passivlashtiradi, buten – 1 ni buten – 2 ga izomerlanishini
oldini oladi.
12
Bu esa jarayonda retsikl etilenni miqdorini va qo’shimcha mahsulotlarni
miqdorini keskin kamaytirib buten – 1 miqdorini selliktiv oshirib beradi.
Buten – 1 olish quvatini oshirish evaziga Respublikamizda yangi qurilgan
Ustyurt gaz kimyo majmuasiga buten – 1 yetkazib
berish imkonini yaratadi
bundan qarabsizki zavodda yana bir tayyor mahsulot sotuvga chiqariladi.
Ustyurt gaz kimyo majmuasida xuddi Sho’rtangaz kimyo majmuasiniki kabi
polietilen ishlab chiqarishga asoslangan bo’lib lekin u yerda ishlab chiqariladigan
polietilen markalari Sho’rtangaz kimyo majmuasi polietileni markalaridan farq
qiladi. Ustyurt gaz kimyo majmuasida ko’p miqdorda yuqori
zichlikka ega
bo’lgan polietilen ishlab chiqariladi. Past zichlikka ega bo’lgan polietilen olishda
buten – 1 asosiy rol o’ynaydi. Lekin Ustyurtda buten – 1olish qurilmasi
mavjud
emas. Demak buten 1 texnologiyasini o’rganishim amaliy ahamiyatga ega
bo’lgan dolzarb mavzulardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: