haqqoniy qiymat xeji
: tan olingan aktivning yoki majburiyatning yoki tan
olinmagan qat’iy kelishuvning, yoki bunday aktivning, majburiyatning yoki qat’iy
kelishuvning aniqlanadigan qismining, haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlarga duchorlik
riskining xeji bo’lib, u muayyan riskga tegishli bo’ladi va foyda yoki zararga ta’sir
etishi mumkin.
(b)
pul oqimi xeji
: pul oqimlaridagi o’zgaruvchanlikka duchorlik riskining
xeji bo’lib, u - tan olingan aktiv yoki majburiyat (masalan o’zgaruvchan foizli qarz
bo’yicha barcha yoki ayrim kelgusi foiz to’lovlari) yoki yuqori ehtimolli
rejalashtirilgan operatsiya bilan bog’liq muayyan riskga tegishli bo’ladi va - foyda
yoki zararga ta’sir etishi mumkin.
(v)
xorijdagi bo’linmaga sof investitsiyaning xeji,
bunda BHXS 21 da
ta’riflangandek.
Qat’iy kelishuv bo’yicha xorijiy valyuta riskining xeji haqqoniy qiymat xeji
sifatida yoki pul oqimi xeji sifatida hisobga olinishi mumkin.
Xejlash aloqasi xej hisobi sifatida tasniflanadi, faqatgina agarda quyidagi barcha
shartlar qanoatlantirilsa.
(a)
xej boshlanishida, xejlash aloqasining va tadbirkorlik sub’ektining xejni
amalga oshirish bo’yicha riskni boshqarish maqsadi va strategiyasining rasmiy
belgilangan va hujjatlashtirilgan bo’lsa. Ushbu hujjatlashtirish xejlash instrumentini,
xejlangan modda yoki operatsiyani, xejlanadigan risk xususiyatini va tadbirkorlik
sub’ekti xejlangan moddaning haqqoniy qiymatidagi yoki xejlangan riskga tegishli pul
oqimlaridagi
o’zgarishlarga duchorlikni o’zaro qoplash bo’yicha xejlash
instrumentining samaradorligini qanday baholashini aniqlashni o’z ichiga oladi.
(b)
Muayyan xejlash aloqasi bo’yicha dastlabki hujjatlashtirilgan riskni
boshqarish strategiyasiga mos tarzda, xej xejlangan riskga tegishli haqqoniy
qiymatdagi yoki pul oqimlaridagi o’zgarishlarni o’zaro qoplashga erishishda yuqori
samarador bo’lishi kutiladi.
(v)
Pul oqimi xejlarida, xejning predmeti bo’lgan rejalashtirilgan operatsiya
yuqori ehtimolli bo’lishi shart va yakuniy bosqichda foyda yoki zararga ta’sir etishi
mumkin bo’lgan pul oqimlarining o’zgarishiga nisbatan duchorlikni aks ettirishi shart.
(g)
Xejning samaradorligi ishonchli baholanishi mumkin, ya’ni xejlangan
riskga tegishli xejlangan moddaning haqqoniy qiymati yoki pul oqimlari bilan xejlash
instrumentining haqqoniy qiymati ishonchli baholanishi mumkin.
(d)
Xej ukluksiz baholanib, u xej belgilangan moliyaviy hisobot davrlari
mobaynida yuqori samarador bo’lgani uchun aniqlanadi.
Haqqoniy qiymat xejlari
Agarda haqqoniy qiymat xeji davr mobaynida u quyidagicha hisobga
olinishi lozim:
(a)
xejlash instrumentini haqqoniy qiymatda (derivativ xejlash instrumenti
uchun) yoki BHXS 21 ga muvofiq baholangan uning balans qiymatining xorijiy
valyuta qismini (noderivativ xejlash instrumenti uchun) qayta baholashdan yuzaga
keladigan foyda yoki zarar foyda yoki zarar tarkibida tan olinishi lozim; va
(b)
xejlangan riskga tegishli xejlangan modda bo’yicha foyda yoki zarar
215
xejlangan moddaning balans qiymatini to’g’rilashi va foyda yoki zarar tarkibida tan
olinishi lozim. Bu qo’llaniladi, agarda xejlangan modda tannarxda baholangan bo’lsa.
Moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar portfelining qismi bo’yicha
foiz stavkasi riskining haqqoniy qiymat xejida foyda yoki zararni quyidagicha aks
ettirish orqali qanoatlantirilishi mumkin:
(a)
xejlangan modda aktiv bo’lgan qayta narxlash davrlari uchun, aktivlar
ichidagi bitta ajratilgan qator moddasi; yoki
(b)
xejlangan modda majburiyat bo’lgan qayta narxlash davrlari uchun,
majburiyatlar ichidagi bitta ajratilgan qator moddasi.
(a) va (b) da keltirilgan ajratilgan qator moddalari moliyaviy aktivlar yoki
moliyaviy majburiyatlar aks ettirilgan qatorlar tagida aks ettirilishi lozim. Ushbu qator
moddalarida kiritilgan summalar moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotdan chiqarib
tashlanishi lozim, qachonki ular tegishli bo’lgan aktivlar yoki majburiyatlar hisobdan
chiqarilsa.
Agarda faqatgina xejlangan moddaga tegishli muayyan risklar xejlangan bo’lsa,
xejlangan riskga tegishli bo’lmagan xejlangan moddaning haqqoniy qiymatidagi tan
olingan o’zgarishlar MHXS 9 da belgilangandek tan olinadi.
Tadbirkorlik sub’ekti xej hisobini prospektiv tarzda to’xtatishi lozim, agarda:
(a)
xejlash instrumentining muddati tugasa yoki u sotilsa, bekor qilinsa yoki
amalga oshirilsa (ushbu maqsad uchun, xejlash instrumentini boshqa xejlash
instrumenti orqali almashtirish yoki muddatini uzaytirish xejlash instrumentining
muddati tugashini yoki u bekor qilinishini anglatmaydi, agarda bunday almashtirish
yoki muddatini uzaytirish tadbirkorlik sub’ektining hujjatlashtirilgan xejlash
strategiyasining qismi bo’lsa);
(b)
xej hisobining mezonlarini bundan buyon qanoatlantirmasa; yoki
(v)
tadbirkorlik sub’ekti belgilashni bekor qiladi.
Effektiv foiz usuli qo’llanilgan xejlangan moliyaviy instrumentning balans
qiymatiga (yoki foiz stavkasi riski bo’yicha portfel xeji holatida, yuzaga keladigan har
qanday tuzatish amortizatsiya qilish orqali foyda yoki zararga olib borilishi lozim.
Amortizatsiyalash tuzatish paydobo’lishi bilan boshlanishi mumkin va xejlangan
moddaning xejlanadigan riskga tegishli uning haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlarga
tuzatilishi
to’xtatilishidan
kechiktirmasdan
boshlanishi
lozim.
Tuzatish
amortizatsiyalash boshlanadigan sanadagi qayta hisoblangan effektiv foiz stavkasiga
asoslanadi. Biroq, moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar portfeli bo’yicha
foiz stavkasi riskining haqqoniy qiymat xeji holatida (va faqat bunday xejda), agarda
qayta hisoblangan effektiv foiz stavkasi orqali amortizatsiyalash amaliy imkonsiz
bo’lsa, tuzatish bir tekis maromda amortizatsiyalanishi lozim. Tuzatish moliyaviy
instrumentning so’ndirilishiga qadar yoki, foiz stavkasi riski bo’yicha portfel xeji
holatida, tegishli qayta narxlash davrining tugashiga qadar to’liq amortizatsiyalanishi
lozim.
Qachonki tan olinmagan qat’iy kelishuv xejlangan modda sifatida belgilansa,
xejlangan riskga tegishli qat’iy kelshuvning haqqoniy qiymatidagi keyingi yig’ilgan
o’zgarish foyda yoki zararda tan olingan mos ravishdagi foyda yoki zarar bilan birga
aktiv yoki majburiyat sifatida tan olinadi. Xejlash instrumentining haqqoniy
qiymatidagi o’zgarishlar ham foyda yoki zararda tan olinadi.
216
Qachonki tadbirkorlik sub’ekti haqqoniy qiymat xejida xejlangan modda
bo’lgan aktiv sotib olish yoki majburiyatni tan olish bo’yicha qat’iy kelishuvni
imzolasa, tadbirkorlik sub’ekti qat’iy kelishuvni bajarishi natijasida yuzaga keladigan
aktiv yoki majburiyatning dastlabki balans qiymati shunday maqsadda to’g’rilanadiki,
bunda u moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda tan olingan xejlangan riskga tegishli
qat’iy kelishuvning haqqoniy qiymatidagi yig’ilgan o’zgarishni o’z ichiga oladi.
Agarda pul oqimi xeji davr mobaynida quyidagicha hisobga olinishi lozim:
(a)
samarali xej deb aniqlangan xejlash instrumenti bo’yicha foyda yoki
zararning qismi boshqa umumlashgan daromadda tan olinishi lozim; va
(b)
xejlash instrumenti bo’yicha foyda yoki zararning samarasiz qismi foyda
yoki zararda tan olinishi lozim.
Yanada aniqroq qilib, pul oqimi xeji quyidagicha hisobga olinadi:
(a)
kapitalning xejlangan modda bilan bog’liq alohida qismi quyidagilarning
kamrog’ida to’g’rilanadi (mutlaq summalarda):
-
xej boshlanishidan buyon xejlash instrumenti bo’yicha yig’ilgan foyda
yoki zarar; va
-
xej boshlanishidan buyon xejlangan modda bo’yicha kutilgan kelgusi pul
oqimlarining haqqoniy qiymatidagi (keltirilgan qiymatidagi) yig’ilgan o’zgarish;
(b)
xejlash instrumenti yoki uning belgilangan qismi (qaysiki samarasiz xej)
bo’yicha har qanday qoldiq foyda yoki zarar foyda yoki zarar tarkibida tan olinishi
lozim; va
(v)
agarda tadbirkorlik sub’ektining muayyan xejlash aloqasi bo’yicha
hujjatlashtirilgan riskni boshqarish strategiyasi xej samaradorligini baholashda xejlash
instrumenti bo’yicha foyda yoki zararning yoki tegishli pul oqimlarining ma’lum
qismini inobatga olmasa foyda yoki zararning ushbu inobatga olinmagan qismi MHXS
9 ga muvofiq tan olinadi.
Agarda rejalashtirilgan operatsiyaning xeji keyinchalik moliyaviy aktiv yoki
moliyaviy majburiyatni tan olinishiga olib kelsa, umumlashgan daromadda tan olingan
tegishli foyda yoki zararlar qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida kapitaldan foyda
yoki zararga shunday davrda yoki davrlarda olib borilishi (qayta tasniflanishi) lozimki,
bunda ushbu davr yoki davrlar mobaynida xejlangan rejalashtirilgan pul oqimlari
foyda yoki zararga ta’sir etadi (masalan, foizli daromad yoki foizli xarajat tan olingan
davrlar). Biroq, agarda tadbirkorlik sub’ekti boshqa umumlashgan daromadda tan
olingan zararning barchasi yoki qismi bir yoki undan ortiq kelgusi davrlarda
tiklanmasligini ko’zda tutsa, u foyda yoki zararda qayta tasniflashning to’g’rilanishi
sifatida tiklanishi kutilmagan summani qayta tasniflashi lozim.
Agarda rejalashtirilgan operatsiyaning xeji keyinchalik nomoliyaviy aktiv yoki
nomoliyaviy majburiyatni tan olinishiga olib kelsa, yoki rejalashtirilgan operatsiya
nomoliyaviy aktiv yoki nomoliyaviy majburiyat uchun haqqoniy qiymat xeji hisobi
qo’llaniladigan qat’iy kelishuvga aylansa, tadbirkorlik sub’ekti quyidagi (a) yoki (b) ni
qabul qilishi lozim:
(a)
umumlashgan daromadda tan olingan tegishli foyda yoki zararlarni qayta
tasniflashning to’g’rilanishi sifatida foyda yoki zararga shunday davrda yoki
davrlarda olib borilishi (qayta tasniflashi) lozimki, bunda ushbu davr yoki davrlar
mobaynida xejlangan rejalashtirilgan pul oqimlari foyda yoki zararga ta’sir etadi
217
(masalan, eskirish xarajati yoki sotuvlar tannarxi tan olingan davrlar). Biroq, agarda
tadbirkorlik sub’ekti boshqa umumlashgan daromadda tan olingan zararning barchasi
yoki qismi bir yoki undan ortiq kelgusi davrlarda tiklanmasligini ko’zda tutsa, u foyda
yoki zararda qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida tiklanishi kutilmagan summani
qayta tasniflashi lozim.
(b)
u umumlashgan daromadda tan olingan tegishli foyda yoki zararlarni
chiqarib tashlaydi va ularni aktivning yoki majburiyatning dastlabki tannarxiga yoki
boshqa balans qiymatiga kiritadi.
Tadbirkorlik sub’ekti (a) yoki (b) ni o’zining hisob siyosati sifatida qabul qilishi
lozim va uni bir me’yorda barcha xejlarga nisbatan qo’llashi lozim.
Pul oqimi xejlaridan boshqa pul oqimi xejlarida, boshqa umumlashgan
daromadda tan olingan summalar qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida kapitaldan
foyda yoki zararga shunday davrda yoki davrlarda qayta tasniflanishi lozimki, bunda
ushbu davr yoki davrlar mobaynida xejlangan rejalashtirilgan pul oqimlari foyda yoki
zararga ta’sir etadi (masalan, rejalashtirilgan sotuv sodir bo’lganda).
Quyidagi holatlarning birortasida tadbirkorlik xej hisobini prospektiv tarzda
to’xtatishi lozim:
(a)
Xejlash instrumenting muddati tugasa yoki u sotilsa, bekor qilinsa yoki
amalga oshirilsa (ushbu maqsad uchun, xejlash instrumentini boshqa xejlash
instrumenti orqali almashtirish yoki muddatini uzaytirish muddat tugashini yoki
xejlash instrumetining bekor qilinishini anglatmaydi, agarda bunday almashtirish yoki
muddatini
uzaytirish
tadbirkorlik
sub’ektining
hujjatlashtirilgan
xejlash
strategiyasining qismi bo’lsa). Bunday holatda, xej amalda bo’lgan davrdan boshlab
boshqa umumlashgan daromadda tan olingan xejlash instrumenti bo’yicha yig’ilgan
foyda yoki zarar rejalashtirilgan operatsiya sodir bo’lgunga qadar kapital tarkibida
ajratilgan holda qolishi lozim. (b)
Xej bundan buyon xej hisobining mezonlarini
qanoatlantirmaydi. Bunday holatda, xej amalda bo’lgan davrdan boshlab boshqa
umumlashgan daromadda tan olingan xejlash instrumenti bo’yicha yig’ilgan foyda
yoki zarar rejalashtirilgan operatsiya sodir bo’lgunga qadar kapital tarkibida ajratilgan
holda qolishi lozim.
(v)
Rejalashtirilgan operatsiyaning bundan buyon sodir bo’lishi kutilmaydi va
bunday holatda xej amalda bo’lgan davrdan boshlab boshqa umumlashgan daromadda
tan olingan xejlash instrumenti bo’yicha har qanday tegishli yig’ilgan foyda yoki zarar
qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida kapitaldan foyda yoki zararga olib borilishi
(qayta tasniflanishi) lozim. (g) Tadbirkorlik sub’ekti xejni belgilashni bekor qiladi.
Rejalashtirilgan operatsiya xejlarida, xej amalda bo’lgan davrdan boshlab boshqa
umumlashgan daromadda tan olingan xejlash instrumenti bo’yicha yig’ilgan foyda
yoki zarar rejalashtirilgan operatsiya sodir bo’lgunga qadar yoki uning sodir bo’lishi
bundan buyon kutilmasligiga qadar kapital tarkibida alohida modda bo’lib qolishi
lozim. Agarda operatsiyaning sodir bo’lishi bundan buyon kutilmasa, boshqa
umumlashgan daromadda tan olingan yig’ilgan foyda yoki zarar qayta tasniflashning
to’g’rilanishi sifatida kapitaldan foyda yoki zararga olib borilishi (qayta tasniflanishi)
lozim.
Xorijdagi bo’linmaga sof investitsiyaning xejlari, jumladan sof investtsiyaning
qismi sifatida hisobga olingan monetar modda (BHXS 21) xeji, pul oqimi xejlariga
218
o’xshash tarzda hisobga olinishi lozim:
(a)
samarali xej deb aniqlangan xejlash instrumenti bo’yicha foyda yoki
zararning qismi boshqa umumlashgan daromadda tan olinishi lozim; va
(b)
samarasiz qism foyda yoki zararda tan olinishi lozim.
Boshqa umumlashgan daromadda tan olingan xejning samarali qismiga tegishli
bo’lgan xejlash instrumenti bo’yicha foyda yoki zarar qayta tasniflashning
to’g’rilanishi ifatida kapitaldan foyda yoki zararga BHXS 21 ga muvofiq xorijdagi
bo’linmaning chiqib ketishida yoki qisman chiqib ketishida qayta tasniflanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |