4. Ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari
Qisqa muddatli davr mobaynida resurslarning bir qismi o‗zgarmas holatda,
boshqa bir qismi ishlab chiqarish xajmining ortishi yoki kamayishi natijasida
o‗zgarishi mumkin.
Unga mos ravishda qisqa muddatdagi xarajatlar doimiy (o‗zgarmas) va
o‗zgaruvchan xarajatlarga bo‗linadi.
O„zgarmas xarajat
(
FC - fixed cost
) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot
ishlab chiqarish hajmiga bog‗liq bo‗lmagan xarajatdir (mahsulot ishlab chiqarish
hajmi oshganda ham, kamayganda ham o‗zgarmaydigan xarajat). O‗zgarmas
xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan
foydalanish bilan bog‗liq xarajatlar, ijara haqi, Sug‗urta to‗lovlari, Bank kreditlari
bo‗yicha foiz to‗lovlari, Amortizasion ajratmalar, kapital ta‘mirlash, ma‘muriy
xarajatlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |