Ko„rgazmali iste‟mol samarasi
bu shunday paradoksal holatki, bunda
tovarlarga bo‗lgan talab ularni boshqa (o‗ziga o‗xshash) tovarlarga nisbatan
yuqori narxda bo‗lganligiga sabab oshib boradi. Bunga sabab bu tovarni yuqori
obro‗-e‘tiborga ega, elita ko‗rinishida bo‗lganligidir. Bu holatni ilk bor amerikalik
iqtisodchi Torsten Veblen aniqlagan va o‗z asarida aks ettirgan.
3. Bozordagi taklif
Agarda bozordagi iqtisodiy holatni tavsiflovchi taklif ko‗rib chiqilmasa,
bozor mexanizmining tahlili bir tomonlama bo‗lib qoladi. Bozordagi talab
xaridorlar tomonidan o‗rganilgan bo‗lsa, taklif sotuvchilar tomonidan o‗rganiladi.
Ana shunda, bozor mexanizmi to‗liq tahlil qilinadi va ijobiy natijalarga erishiladi.
Taklif -
joriy vaqtda bozorda mavjud va sotuvchilar (ishlab chiqaruvchilar)
tomonidan joriy narxlarda sotishga tayyor tovar va xizmatlar yig‗indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |