Ommaviy iste‟mol samarasi
deganda, tovarga bo‗lgan individual talabning
oshib borishi natijasida unga bo‗lgan bozor talabi kengayib borishi tushuniladi.
Ommaviy iste‘mol insonlarni zamondan ortda qolmaslikka ijtimoiy doiraga mos
kelishga intilishini ko‗rsatadi.
Snob samarasi
ommaviy iste‘mol qilinayotgan tovarga individual talabning
qisqarishi tushuniladi. Bu samara iste‘molchilarni ommadan ajralib turishga
xarakat qilishida, individuallikka intilishida ko‗zga tashlanadi. Kamyob san‘at
asarlari, qimmatbaho sport mashinalari va zamonaviy kiyim-kechaklar snob
tovarlari deyiladi. Ularni xarid qilish, yagona birlikdagi tovarlarga egalik qilish,
individuallikka intilish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |