N. M. Kayumova


Jamoa -  shaxs axloqiy kamolotining asosi



Download 19,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/422
Sana01.01.2022
Hajmi19,29 Mb.
#301634
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   422
Bog'liq
мактабгача педагогика

Jamoa -  shaxs axloqiy kamolotining asosi

Jamoa so'zi lotincha «kollektivus» so'zining tarjimasi bo'lib, 

omma, birlashma, yig'ilma, guruh ma'nolarini anglatadi. Aniq- 

roq  aytiladigan bo'lsa, jamoa bu kishilardan iborat guruh  de- 

makdir.  Shaxsni  shakllantirishda  jamoaning yetakchi  ahami­

yati  to'g'risidagi  fikrlar  pedagogika  fanining  ilk  rivojlanish 

davridanoq bildirilgan.

Kishilarning  jamiyatda  birga  yashashi,  o'zaro  bir-birini 

qo'llab-quvvatlashi,  ozchilikdan-ko'pchilikning  afzalligi  haqi­

da Payg'ambarimiz s.a.v.ning hadislarida:  «Ikki kishi bir kishi- 

dan yaxshi, uch kishi ikki kishidan yaxshi, to'rt kishi uch kishi- 

dan  yaxshi,  ko'pchilik  bilan  birga  bo'linglar.  Tangri  ummat- 

larini  faqat  to'g'ri  yo'lda  borishlikka  birlashtiradi»,  deyilgan. 

Kishilarning  boshiga yaxshi  kun  ham,  yomon  kun  ham  tush- 

ganda,  albatta,  mahalla,  qarindosh-urug'  madadkor  bo'ladi. 

Buni biz urf-odatlarimizda ko'rishimiz mumkin.  M:  hasharlar, 

to'yga to'yona bilan kelish va hokazo.

Shaxsni  shakllantirishning  muhim  omillari  bo'lgan  jamoa 

to'g'risidagi  ta'limot axloq tarbiyasida muhim  o'rinni  egallay- 

di.  Buning uchun bolalarni  asta-sekin,  avval bir necha  kichik- 

kichik guruhlarda uyushtirib,  so'ng birgalikda biron ishni  ba- 

jarishga tortish  kerak.  Bunda  qo'yilgan  maqsad  bolalarga  tu- 

shunarli bo'lishi kerak. Umumiy ish har bola ozgina bo'lsa ham 

ishtirok  etadigan  qilib  tashkil  etilishi  lozim.  Bunday  xususi- 

yatlarni  tarbiyalashda san’at, bolalar bayramlari, birgalikdagi 

mehnat va faoliyatlarning tutgan o'rni kattadir.

Bolalar  o'yinlari  va  mehnatining jamoa  tusida  bo'lishi  alo­

hida  ahamiyatga  ega.  Bular  bolalarni  birga  harakat  qilishga,



192


o'z  intilishlarini  umumiy  maqsadga  yo'naltirishga,  o'z  ishini 

va maqsadini boshqarish ishi va harakatiga bo'ysungan holda 

boshqarishga o'rgatadi.

Bola yoshlikdan boshlab,  o'zida boshqalar bilan,  bolalar ja- 

moasi  bilan  muloqotda,  birgalikda  bo'lishga  ehtiyoj  sezadi. 

Ammo  kichkina  bola jamoani  o'zi  tanlay  olmaydi.  U  biron  ja- 

moaga  sharoit taqozosi  bilan kelib  qoladi.  Yashab  turgan joy- 

dagi  yoki  ota-onasini  ish  joyidagi  maktabgacha  ta'lim  muas- 

sasalariga  qatriay boshlaydi.  Bu  muassasalarga  bola  o'z  xohi- 

shi bilan bormaydi. Shunga qaramay bola bu jamoaning qonun- 

qoidalariga bo'ysunishi,  uning tartiblariga  rioya  qilishi  shart. 

Aks holda uni jamoa kechirmaydi. Natijada bola o'zi yashayot- 

gan  axloq,  odob  tajribalarini  egallashga  majbur  bo'ladi.  Shu­

tting  uchun  buyuk mutafakkir  A.Navoiy bola yoshligidan  oqil 

va  fozil  kishilar jamoasida  qatnashib,  ularning  suhbatlaridan 

bahramand bo'lishlarini tavsiya etadi.

Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ich­

ki  jihatlariga  katta  ahamiyat bergan.  U  jamoada  shakllangan 

eng muhim quyidagi belgilarni ajratib ko'rsatgan edi:

-   Doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyatga tayyor- 

ligi;

-   O'z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning 



uchun g'ururlanish asosida o'z qadr-qimmatini anglash;

-   Uning a'zolari o'rtasidagi do'stona birlik;

-   Jamoaning har bir a'zosidagi do'stona birlik;

-   Tartibli, ishchan harakatga yo'llovchi faollik;

-   O'z hissiyot va so'zlarini boshqara olish ko'nikmasi.

Bolalar  o'zaro yashayotgan jamoaga bo'lgan  munosabatiga

qarab bir necha guruhga bo'linadi.  Birinchi  guruh ijobiy xulq- 

li bolalar bo'lib,  ularni  jamoa  a'zolari hurmat qiladilar.  Bu toi- 

fadagi bolalar jamoasining faollari bo'lib, tarbiyachi jamoa mu- 

nosabatlarini o'rnatishda ularga suyanadi.

Ikkinchi guruhga kiruvchilar faollar tashabbusiga qo'shiladi, 

ammo barqaror bo'lishadi.

193



Uchinchi  guruhdagilar  tortinchoq  bo'lib,  o'yinda  qatnash- 

maydi, mashg'ulotlarida ham sust bo'lishadi, bunday bolalarga 

alohida e'tibor va yordam berish zarur.


Download 19,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish