N. M. Kayumova


Jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida axloqiy



Download 19,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/422
Sana01.01.2022
Hajmi19,29 Mb.
#301634
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   422
Bog'liq
мактабгача педагогика

Jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida axloqiy

 

sifatlarni tarbiyalash

Insonparvarlik  hissini  tarbiyalash.  Maktabgacha  yoshdagi 

bolalar tarbiyalanadigan  axloqiy xususiyatlar, xulq-atvor  qoi­

dalari  orasida  insonparvarlik  muhim  o'rin  tutadi.  Insonpar­

varlik  hissi  axloq  normalari  va  qoidalarini  o'rgatish  asosida 

rivojlanadi.

Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga o'rgatib bo­

rish kerak. Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini 

e'tiborga  olish  zarur.  Kichik bolaga yaxshi  bo'l  deganingiz  bi­

lan yaxshi bo'lib qolmaydi, chunki unda yaxshilik bilan yomon- 

likni to'g'ri tahlil qilish hayotiy tajribasi yetishmaydi. Bu yosh- 

da bolalar yaxshi ishlar qilishga o'rgatiladi: yiqilib tushgan bo­

lani  turg'azib  qo'yishga yordam berish,  uning ustki  kiyimlar- 

ini  qoqib  qo'yish, yupatish,  o'simlik va hayvonlarni  parvarish 

qilish,  o'yinchog'ini  o'rtog'iga  berib  turish,  tik turgan  kishiga 

joy ko'rsatish, eng muhimi boshqalarga ko'rsatilgan xizmatdan 

xursand bo'lishga o'rgatish.

Kamtarlik,  to'g'rilik,  halollik  va  quvnoqlik  xususiyatlarini 

tarbiyalash.  Bu  xususiyatlar  sog'lom  shaxsni  tarbiyalashning 

eng muhim omillaridan hisoblanadi.

Kamtarlik har  bir kishining  eng muhim va  olijanob  fazilat- 

laridan biridir. Bu asosan maktab yoshidan tarbiyalanadi. Am­

mo  maktabgacha  yoshidan  boshlab,  bolalarga  kamtarlik  his­

sini  singdirish,  manmanlik,  takabburlik  va  maqtanchoqlikni 

yo'qotib borish zarur.

Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  o'zlarini  boshqa  bolalar­

dan  ustun  qo'yishga  urinadilar,  ba'zan  ota-onalarining  kas- 

bi  bilan  ham  maqtanadilar.  Bunday  holatda  bolalarning  ota- 

onalari bilan  tegishli ish  olib  borish,  har bir kasbning zarurli-



194


gi  va  muhimligi  to'g'risida  aniq  misollar  bilan  tushuntirish 

zarur.  Bolalar  ayrim  ishlarning  uddasidan  chiqib,  boshqa  bo­

lalarni  kamsitsalar,  tarbiyachi  bolaga  biror  narsani  bilmagan 

o'rtog'iga o'rgatish kerakligini,  o'z-o'zini maqtash yarashmas- 

ligini tushuntiradi.

Sofdillik va rostgo'ylikni tarbiyalash yolg'onchilik va vijdon- 

sizlik paydo bo'lishining oldini olish va unga qarshi kurash bi­

lan uzviy bog'liqdir.

Ba'zi bolalar o'zlari to'qigan, kattalardati eshitgan ertaklari- 

ni  tushlarida  ko'rgandek  qilib  ko'rsatishga. urinadilar.  Bun­

day  holda  ham  urushmasdan  «Ertak» to'qishni yaxshi  bilgani 

uchun maqtash kerak.

Shunday qilib,  bolalardagi xarakterning ijobiy namunalari- 

ni, ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda axloqiy 

tarbiyaning hamma samarali usullari  bilan tarbiyalanib  boril- 

sa, ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Vatanparvarlikni  tarbiyalash.  Vatanparvarlik  ijtimoiy  tar­

ixiy va axloqiy  his-tuyg'ular sifatida odamning ijtimoiy taraq- 

qiyoti davomida paydo bo'ladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida vatan­

parvarlik  faqat  o'z  urug'doshlariga,  ona  yeriga,  urf-odatlari- 

ga bog'liq his bo'lgan bo'lsa,  sinflar paydo bo'lishi bilan vatan­

parvarlik  g'oyalari  chuqurlashib,  ijtimoiy  hayotning  tobora 

ko'proq sohalariga chuqurroq kirib bordi. Davrlar o'tishi bilan 

bu tuyg'u buyuk qudratga aylandi.

Vatanga  muhabbatni  tarbiyalash.  Vatanga  muhabbat  -   eng 

chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga 

muhabbat hissi baynalminalchilik hissi bilan uyg'unlashib ket- 

gan. Vatanga muhabbat hissi maktabgacha yoshdagi bolalarda 

kattalar tomonidan bolalarning ruhiy taraqqiyotini va ular ta- 

fakkurining aniq va obrazliligini e'tiborga olgan holda ma’lum 

izchillik  bilan  tarbiyalanib  boriladi.  Shuning  uchun  bu  yosh­

dagi bolalarda vatanga muhabbat hissi ularga yaqin va tanish 

bo'lgan aniq faktlar, yorqin misollar orqali tarbiyalab boriladi.

Baynalminal tarbiya. Bizning respublikamiz o'z mohiyati bi-



195


Ian baynalminaldir. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bo­

lalarda baynalminalchilik, xalqlar do'stligi hislarini tarbiyalab 

borish muhim ahamiyatga egadir.

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  baynalminalchilik  ruhida 

tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosa­

bat, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini  paydo  qilish maqsa­

di  yotadi.  Bunday  his-tuyg'ularni  rivojlantirish  asosan  taqlid 

qilish  orqali  mukammallashib  boradi.  Maktabgacha yoshdagi 

bolalarga  baynalminalchilik  his-tuyg'ulari  asosini  shakllanti- 

rishda qardosh jumhuriyatlarda yashaydigan har bir millat va- 

killari  bilan  uchrashuvlar  o'tkazish;  maxsus  mashg'ulotlarda 

ularning  urf-odatlari,  madaniyati,  san'ati,  tabiati  to'g'risidagi 

adabiyotlarni o'qib berish, suhbat o'tkazish, rasmlar ko'rsatish, 

filmlar  namoyish  etish,  millat  bolalari  hayoti  to'g'risidagi 

hikoyalarni o'qib berish foydali bo'Iadi.


Download 19,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish