N. M. Kayumova



Download 19,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/422
Sana01.01.2022
Hajmi19,29 Mb.
#301634
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   422
Bog'liq
мактабгача педагогика

Sensor tarbiya usuli

Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat 

jarayonida  muvaffaqiyatli rivojlanadi.  Samarali  faoliyat  (rasm 

chizish,  loy va  plastilindan  buyumlar,  applikatsiyalar  yasash]



180


sezgi va  idrokning rivojlanishi  uchun  qulay sharoit yaratibgi- 

na qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joyini bilib olish- 

ga ham  ehtiyoj  paydo  qiladi.  Biror narsaning rasmini  chizish- 

dan  oldin  bolani  buyumlarning  rangiga  qarab  taqqoslashga 

o'rgatiladi,  suratlarni  ko'zdan  kechirishda  esa  qanday  qilib 

rang  yordamida  tasvirning  badiiy  ifodaliligiga  erishilishini 

ko'rish qobiliyati rivojlanadi.

MTMda bolalar butun yil  davomida tabiat bilan tanishtirib 

boriladi, ularga o'simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish top- 

shiriladi. Bu suv, yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib, 

bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

Bolalar  tabiat  bilan  bevosita  munosabatda  bo'lish  tufay- 

li  gul, toshlarning nomini  osongina va bajonudil bilib  oladilar, 

keyinchalik  ularning  shakli,  rangi,  tuzilishi,  hidi,  nomini  sil- 

liqligi va mayinligiga qarab topadilar.

Maktabgacha  ta'lim  yoshidagi  bolalar  "oldinga”,  "orqaga", 

"tepada  -  pastda”  "uzoq-yaqin”,  "chapda-o'ngda"  kabi  fazoviy 

tasavvurlarni o'zlashtirib oladilar va hayotiy vaziyatda ularga 

amal qiladilar, buyumlarning shakli, ular o'lchamining farqiga 

yetadilar, ularni o'zaro taqqoslaydilar.

Bolalar tabiat bilan tobora ko'proq aloqada bo'lishlari tufay- 

li  taassurotlari,  eshitib  ta'sirlanish xususiyatlari  ortib  boradi. 

Bolalarni  qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, sham- 

olning guvillashi, yomg'irning shatir-shuturi va momaqaldiroq- 

ning gumburlashini diqqat bilan tinglashga o'rgatish zarur.

Sensor  tarbiyaning  asosiy  usullaridan  biri  -   tekshirishdir. 

Tekshirish -  buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok 

qilishdan iborat bo'lib, uning natijalaridan keyinchalik ma'lum 

bir  mazmunli  faoliyatda  foydalaniladi.  Tekshirish  jarayoni­

da  bolalar  katta-kichiklikni,  shaklni,  fazoviy  munosabatlarni, 

rangni, nutq tovushlari bilan musiqiy tovushlarning o'ziga xos 

xususiyatlarini ajratib ko'rsatish va farqlashga o'rganadilar.

Mashg'ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab 

olishlari muhim rol o'ynaydi. Holbuki shu mashg'ulotlarda bo­

lalarning sezgi, idrok va tasavvurlarni tarbiyalashga jonli rah­

barlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.



181


Bolalar biror buyumni nima uchun  sinchiklab  qarash,  ba'zi 

tovushlarni  yaxshilab  eshitish  kerakligini  aniq  tushunganla- 

ridagina, ularda sinchiklab qarash, narsa va hodisalarni idrok 

qilish malakasi hosil bo'Iadi. Shuning uchun tarbiyachi bolalar­

ni  narsa  va  hodisalarni  idrok  qilishga  o'rgatib,  ular  qiladigan 

ishlarning ma'nosini  aniq tushuntirib berishi lozim.  Shundagi- 

na ular ancha tushungan holda idrok qiladilar va biror maqsad­

ga  qaratilgan  bo'Iadi:  axir,  daraxt  shoxlari  yaxshilab  ko'zdan 

kechirilmasa, uning rasmini chizish ancha qiyin bo'Iadi.

Boshqa  faoliyat turlariga,  masalan,  mehnatga  tayyorgarlik 

ko'rishda tegishli tekshirish usullari tanlanadi.

Masalan, qog'oz va gazlamaning xossalarini aniqlash uchun 

tarbiyachi  bolalarga  qog'oz  va  gazlamani  g'ijimlaganda  ni­

ma bo'lishini eshitib ko'rishni,  qog'oz va bir parcha gazlamani 

yirtib  ko'rishni,  qog'oz  va  gazlamadan  qilingan  qo'g'irchoq 

ko'ylagini suvda yuvishni taklif etadi.

To'plangan  tajribalarni  bolalar  boshqa  buyum  va  hodisa- 

larga  ko'chiradilar,  undan  kundalik  hayotlarida  foydalanadi- 

lar:  "Kel, qumga suv quyamiz, u nam bo'Iadi, biz undan tunnel 

quramiz”, “Bu chelakni ko'tarma, unda qum bor, u juda og'ir”.

Buyumlarning xususiyatlarini,  nomini va ta'rifini  aniqlash, 

ularni  ma'lum bir xossalarga ko'ra taqqoslash  uchun  didaktik 

o'yin  va  qo'llanmalardan  ham  foydalanish  mumkin.  Ular  bo­

lalar  bilan  olib  boriladigan  xilma-xil  mashg'ulotlar,  mehnat, 

kuzatishlar  va  bolalarning  mustaqil  ishlarida  yaxshigina 

qo'shimcha material hisoblanadi.




Download 19,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish