N. M. Kayumova


M ashg'ulotlarda  tarbiyachin ing  yetakchilik  roli  va



Download 19,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/422
Sana01.01.2022
Hajmi19,29 Mb.
#301634
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   422
Bog'liq
мактабгача педагогика

M ashg'ulotlarda  tarbiyachin ing  yetakchilik  roli  va

 

uni  o'tkazishga tay yorgarlig i. 

Tarbiyachi  MTMda  asosiy 

shaxs  hisoblanadi.  Butun  g'oyaviy-tarbiyaviy  ishlarning 

sifati va  qolaversa,  kelajak avlodni tarbiyalanganlik va  bi­

lish  darajasi  tarbiyachining  g'oyaviy-siyosiy  va  ilmiy-pe- 

dagogik  tayyorgarligiga,  javobgarlik  hissiga,  pedagogik 

mahoratiga va ishga bo'lgan ijodiy munosabatiga bog'liq.

Bolaning  o'quv  faoliyatiga  bo'lgan  munosabati  ko'proq 

uning tarbiyachi  shaxsiga  munosabati bilan  belgilanadi.



174


>  Tarbiyachining  o'ziga xos  xususiyati  -   uning yuksak 

kasb  mahoratidir.  Eng  muhimi  -   bolaning  ruhiyati- 

ni,  yosh  va  o'ziga  xos  ruhiy-fiziologik xususiyatlari­

ni bilishdir,

>  Bolalar  bog'chasi  dasturi  bolalarning  yoshini,  jis­

moniy  va  ruhiy  xususiyatlarini  hisobga  olib  tuzil- 

gani  bilan  har  bir  boladagi  alohida  ruhiy xususiyat- 

ning qay vaqtda va qanday namoyon bo'lishini oldin- 

dan ko'ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlan- 

gan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi.

>  Tarbiyachi  o'z  guruhidagi  har  bir  bolaning jismoniy 

tomondan  yaxshi  rivojlanishi,  uning  oliy  nerv  faoli­

yati  yaxshi  ishlashi,  shuningdek  aqliy  axloqiy, 

mehnat,  estetik tomondan  normal tarbiyalanishi  uc­

hun yaxshi shart-sharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir 

boladagi  o'ziga xos xususiyatlarni yaxshi bilgan hol­

da  undagi  o'ziga  xos  xususiyatlarni  (zararli  bo'lsa] 

yo'qota borib,  bolaga nisbatan  qulay talab  qo'yadi.

>   Tarbiyachi  har  bir  bolaning  kelajakda  haqiqiy  inson 

bo'Iishiga  yordam  beradigan  sifatlarini  va  imkoni­

yatini  rivojlantirishi  lozim.  Maktabgacha  ta'lim   yo- 

shi  davrida  tarbiyachining bolaga  shaxsiy  ta'siri  ju­

da  katta  bo'ladi.  Chunki,  bu  davrdagi  har  bir  taas- 

surot bolaning xotirasida bir umrga  saqlanib  qoladi.

Bolani  tushuna  bilish  va  uning  ma’naviy  dunyosiga  ki- 

ra  olish tarbiyachidan  zo'r  kasb  tayyorgarligini  talab  eta­

di.  Bola bilan jonli munosabatda bo'lish  -   fikrlar manbayi, 

pedagogik yangiliklar,  quvonch  va  tashvishlardirki,  busiz 

tarbiyachining ijodiy mehnatini tasavvur etib  bo'lmaydi.

Mashg'ulotda tarbiyachi o'z ovozidan qurol sifatida foy- 

dalanishi  mumkin.  Sekin,  tinch  ovoz  bolaga  yaxshiroq 

ta’sir  etishini  pedagog  bilishi  zarur.  Bolaga  qattiqroq  va 

qat'iy  gapirish  mumkin,  ammo  bunda  so'z  ohangi  bolaga 

tinchlantiruvchi ta'sir etishi lozim.



175


Tarbiyachi  asosan  bolaning  normal  ruhiy  taraqqiyoti 

asosi  bo'lgan  jismoniy  rivojlanishiga  alohida  e'tibor  beri- 

shi lozim.

Bolaning  ko'p  vaqt  harakatsiz  o'tirishi  uning  sog'lig'i 

uchun juda zararli, u bolaning har tomonlama rivojlanishi- 

ni  sekinlashtiradi.

Bolaning  ko'p  harakatlarni  o'tirib  bajarishi  ham  gavda 

tuzilishining noto'g'ri  o'sishiga olib  keladi.  Shuning uchun 

faoliyat  turlarini  alm ashtirib  borish  maqsadga  muvofiq- 

dir.


Yana bolaning normal rivojlanishi uchun har doim tinch, 

quvnoq  muhitni tashkil  etish  lozim.  Bolani:  «Tezroq yuvi- 

ninglar  -   nonushtaga  kech  qolyapmiz»,  «O'yinchoqni  tez­

roq  yig'ishtiringlar,  sayrga  yoki  mashg'ulotga  kech  qol­

yapmiz» va hokazo  deb  shoshiltirish  kerak emas.

Ta'lim  berganda  uni  shunday tashkil  etish  kerakki,  har 

bir bola  faol ishlasin va har biri ijobiy natijaga erishsin.

Bolalarning  mashg'ulotda  olgan  bilim  va  malaka- 

lari  boshqa  faoliyat  turlarida  qo'llanilishi  mumkin.  Bo­

lalar  olgan  bilim larini  qo'llay  olishlari  ularning  yaxshi 

o'zlashtirib  olganligidan  dalolat  beradi,  ya'ni  ular  hech 

qanday  qiyinchiliksiz  bu  bilimlardan  foydalanishlari 

mumkin.  Ta'limning  amaliy  ahamiyati  ham  ana  shundan 

iboratdir.

Agar bolalar yetarlicha bilim va malakalarga ega bo'lsa, 

ular  bilan  xilma-xil  m ashg'ulotlar  o'tkazish  mumkin,  bu 

mashg'ulotlarda  bolalar  mavjud  bilimlardan  ijodiy  foy- 

danishlari:  bemalol  rasm  chizishlari,  biror  narsani  qur- 

ish  yoki  yasashlari,  hikoya  qilib  berishlari  mumkin.  Bu 

m ashg'ulotlar  odatdagi  mashg'ulotlardan  boshqacharoq 

qilib  tashkil  etiladi:  bolalar  ixtiyoriga  har  xil  m aterial­

lar  beriladi  va  ularga  rasm  mavzusini  o'zi  belgilash,  qu- 

rilishni  o'zi  o'ylab  topish,  hikoya  tuzish  imkoniyati  yara- 

tiladi.  Bunday  m ashg'ulotlar  dasturning  ayrim  bo'lim lari 

bo'yicha ta'limning yakunlovchi  bosqichlarida  o'tkaziladi.

176



Bolalar olgan bilimlaridan  o'z  o'yinlarida  keng foydala­

nadilar:  rasm  chizish,  qirqib  olish,  qurish-yasash  soha- 

sidagi  m alakalarni  qo'llab  zarur jihozlarni  tayyorlaydilar, 

inshootlar barpo etadilar va hokazo. Olingan bilim lar turli 

xil  o'yinlarning mazmunida aks  ettiriladi.


Download 19,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish