MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI TA'LIM-TARBIYA
DASTURINING YARATILISH TARIXIDAGI ASOSIY,
MUHIM SANALAR
1932-yil
- Bolalar bog'chasi programmasini dastlabki loyi-
hasi ishlab chiqildi. Bu bolalar bog'chasi ishini tartibga solish-
ga, tarbiyachi faoliyatiga yo'nalish va mazmun berishga yor
dam beradi.
1934-yil - Tarbiyalash programmasi va bolalar bog'chasi
ichki tartib qoidalari nashr ettirildi, unda bolalar muassasa
sidagi bolalar hayotini mazmunli va qiziqarli tashkil etish ma-
salalariga e'tibor qaratilgan edi. Programmada ijtimoiy, jis
moniy, rasm, loy, mehnat, nutq o'stirish, kitob va rasmlar bi
lan mashg'ulotlar, dastlabki matematik tasawurlarni rivojlan
tirish, savod chiqarish bo'limlari mavjud edi, biroq unda mu
rakkab bilish materiallarining kiritilmaganligi, bolalarning
yosh xususiyatlari hisobga olinmaganligi, pedagogik jarayonni
tashkil etishda tarbiyachining rahbarlik roli yoritib berilmagan
edi.
1938-yil
- Bolalar bog'chasining tarbiyachisi uchun
qo'llanma nashr etildi. Ushbu qo'llanmada bolalarni tarbi
yalash vazifalari, bolalarning yosh xususiyatlariga mos ravish
da, tarbiyaning ayrim bo'limlari - jismoniy, aqliy, axloqiy tar
biyalash masalalari yetarli o'z vazifasini topdi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarga ta'lim berish vazifalariga ilmiy asosda yon-
dashildi. Shuning uchun ota-onalar bilan ishlash masalalari
ham qo'llanmada o'z aksini topdi.
1 9 5 3 -yil - Bolalar bog'chasida ta'limga ilmiy yondashuv
munosabat bilan qo'llanma qayta ishlab chiqildi. Ushbu bolalar
egallashi lozim bo'lgan bilim mundarijasi aniq yoritib berildi.
1959-yiI
- Maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada rivoj
lantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ular-
ga tibbiy xizmatni ko'rsatishni yaxshilash choralari to'g'risidagi
90
qarori qabul qilinadi. Unda mahalliy sharoit va imkoniyatlarini
nazarda tutib, bolalar muassasalari ishini ikki "yasli" va "bola
lar" bog'chasini yagona Maktabgacha ta'lim bolalar muassasa
si qilib birlashtirish va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbi-
yalashning yagona programmasini tuzish belgilandi.
1964-yil - Bolalar bog'chasida tarbiya programmasi nashr
etildi. Unda ilk yoshdan to maktabga tayyorlov yoshgacha
bo'lgan davrlarda olib boriladigan ta'lim - tarbiya ishlari yori
tib berildi.
1972-yil
- Maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi "Bo
lalar bog'chasida tarbiya programmasi bilan ishlashga o'tkazish
to'g'risidagi 1972-yil may qaroriga binoan yangi programma
qabul qilindi. Programmada - bolalar bog'chasining vazifalari-
aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, mehnat, o'yin mashg'ulotlar
ro'yxati va haftalik taqsimoti, guruhlar bo'yicha bolalarni tarbi
yalash vazifalari, ularning rivojlanish xususiyatlari, o'quv faoli
yatining boshlang'ich formalarini egallash, tarbiyachi va ota-
onalar hamkorligi masalalari aks ettirilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: