BILIMLAR, KO'NIKMA, MALAKALAR DASTURINING
YARATILISH TARIXI
Ma’lumki, bilimlar, ko'nikma/malakalar dastur ini tanlash
va tuzish prinsiplari deganda ta'lim dasturini ishlab chiqishda
didaktika amal qiladigan asosiy qoidalar, nazariy asoslar tu-
shuniladi.
Shaxsning o'tmish avlodlar yaratib qoldirgan ijtimoiy-tari-
xiy tajribalarni o'zlashtirish jarayonida shaxsning rivojlani
shi haqida ta'limot maktabgacha ta'lim didaktikasida ta'lim
mazmunini tanlash va tuzish prinsiplarini ishlab chiqishning
metodologik asosi hisoblanadi. Bu didaktikada bola ta'lim va
tarbiya olish jarayonida kamol topadi degan qoidaning qaror
topishi barcha yosh davrlaridagi bolalarga mo'ljallangan bi
limlar mazmunini tanlash prinsiplarini ishlab chiqishni dol-
zarb muammo qilib qo'ydi.
Mazkur
muammoni
ishlab
chiqishda
L.S.Vigotskiy,
L. S. Rubinshteyn, V.V. Davidov, LYa.Lerner, L.V.Zankov, A.RUsova,
A.M.Leushina va boshqa pedagog va psixologlar katta hissa
qo'shdilar.
XX asrning 30-60 yillari mobaynida maktabgacha ta'lim di-
daktikasida bilimlarning tabiati, o'quv dasturlarini tanlash va
tuzish prinsiplari haqidagi masalalar bahsli masala bo'lib kel-
gan.
Mazkur masala bo'yicha ikki xil qarashlar nuqtayi nazar
mavjud bo'lib:
- Maktabgacha yoshdagi bola fanlar, obyektlar, voqelikning
turli jihatlari haqidagi bilimlarni egallashga qodir emas deb
hisoblab, maktabgacha yoshdagi bolaga bir-biriga aloqasi
va bog'liqligi bo'lmagan yorqin, emotsional ahamiyatga ega
bo'lgan alohida kam uchraydigan tasavvurlar, taassurotlargi-
na tushunarli, dasturi yorqin, biron o'zaro bog'lanmagan tas-
virlar ro'yxatidan iborat bo'lmog'i lozim deb ta'kidladilar. Bi-
roq bu prinsipda bola dasturda ko'rsatilgan muayyan buyum,
obyektlar haqida qanday bilimlarga ega bo'lishi masalasi
qo'yilmagan, bilimlar mazmuni faqat buyumning rangi, haj
mi, shaklini ko'rsatish bilan cheklangan, bilimlar murakkabligi
faqat miqdoriy jihatlarni ko'rsatib bergan edi. Bu dastur maz
muni va mohiyatini olib bera olmagan.
- Ikkinchi nuqtayi nazar tarafdorlari L.S.Vigodskiyning
"Katta maktabgacha yoshdagi bolalar muhim aloqalarni yo'lga
qo'ya oladilar va ayrim bilimlar tizimini o'zlashtirishga qodir"
- degan fikrga tayanib, maktabgacha ta'lim dasturi maktab
gacha yoshdagi bolalarning imkoniyatlariga mos keladigan va
ularni maktabda o'quv fanlarni o'zlashtirishga tayyorlaydigan
maqbul bir tizim bo'yicha tuzilishi zarur degan qarashni ilgari
surdilar. Biroq bu tizimning tabiati, bilimlar dasturini tanlash
va tuzish prinsipini belgilashni talab etar edi.
Bilimlar dasturi o'zida quyidagilarni:
- Bu mavjud dunyoni aks ettirishi, politexnik yo'nalish bilan
ifodalanishi (mehnat, materiallar, mashinalar haqida bilimlar),
hodisalarning obyektiv aloqasini o'zida aks ettirishi;
85
- Buyumlar o'rtasidagi o'zaro aloqani aks ettirishi kerak edi.
Bilimlar dasturini ishlab chiqishdaYe.I.Tixeeva vaA.P.Usova-
lar katta hissa qo'shdilar.
Ye.I.Tixeeva - bolalar bog'chasi uchun bilimlar dasturini
ishlab chiqdi. Unda ijtimoiy hodisalar, tabiat va uning obyekt-
lari va voqealar bilimlarni kiritdi. U bilimlar mazmunini tizim-
lashtirib, tarqoq obyektlarning o'xshashligiga ko'ra guruhlar
ga birlashtirish zarur degan g'oyani ilgari surdi (uy hay vonlari,
hashoratlar, transport va boshqalar).
A.P.Usova - bilimlar dasturi o'z ichiga ilmiy bilimlarni ol
ish kerak degan g'oyani ilgari surdi. Mazmunli, ilmiy bilimlar
tushunchalar zamirida yotadi. Bu tushunchalarni o'zlashtirish,
o'zlashtirganda ham qaysilarini o'zlashtirish muhimligi ma-
salasiga esa A.V.Zaporojes, N.N.Podd'yakovlar o'z asarlari orqa
li yoritib bordilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar agar
buyumlar ko'rgazmasi namoyish etilsa, ilmiy bilimlarga xos
bo'lgan fanlararo muhim aloqani o'rnata olishga qodir ekan-
liklarini isbotlab berdilar. Bu ilmiy qoidadan (A.M.Musina,
K.P.Nazarenko, V.I.Loginova, P.G.Samorukova, I.A.Xaydurova
va boshqa olimlar o'z tadqiqotlarida foydalanadilar).
Shunday qilib, maktabgacha tarbiya pedagogikasida olib bo-
rilgan tadqiqotlar natijasi asosida bilimlar, ko'nikmalar, mala
kalar dasturini tanlash va tuzish prinsipi shakllantirildi.
Bilimlar dasturini tuzish quyidagi tamoyillarga asoslanadi.
- Bilimlar, ko'nikmalarning hayot va amaliyot bilan aloqa-
dorligi prinsipi;
- Bilimlarning ilmiylik prinsipi;
- Bilimlarning tizimlilik pritsipi;
- Bilimlarning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi yo'nalishi
prinsipi;
- Bilimlar ko'nikmalar mazmunida har tomonlamalik,
uyg'unlik prinsipi;
- Tushunarlilik prinsipi.
1.
Bilimlar, ko'nikmalarning hayot va amaliyot biron alo-
qadorligi prinsipida - maktabgacha ta'lim muassasasiga
86
mo'ljallangan bilimlar, ko'nikma, malakalarni dastur uchun
tanlashga umumiy yondashishni belgilovchi asosiy prinsipdir.
Mazkur prinsipda bolaning mavjud hayotini keng tushunishga
erishishni, uning dunyoqarashini maishiy ehtiyojlar doirasida
cheklayotgan, tengdoshlaridan orqaga surayotgan to'siqlarni
bartaraf etish talab qilinadi. Hayot bilan aloqadorlik:
- Bu uni ijtimoiy jihatdan juda ahamiyatga molik va g'oyaviy
ko'tarinkilik ruhida ko'rsatishdirki, ular bolani kattalar dunyo-
siga (mehnat va ishlab chiqarishdagi) olib kiradi. Hayot, amali-
yot, bilim aloqadorlik dasturiga muayyan ko'nikmalar doirasi-
ni kiritishni taqozo qildi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar egallashi mumkin bo'lgan
ko'nikmalar:
- Atrof-muhit haqidagi bilimlar asosida o'zlashtirildi
- Turli faoliyatlarda o'zlashtiriladigan ko'nikmalar (o'yin,
mehnat, mustaqil shug'ullanish, o'zaro munosabatlar)
Bu prinsip - maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotiy
yaqin istiqboli sifatidagi bilimlar, ko'nikmalarning bolalarni
maktab ta'limiga tayyorlashga oid yo'nalishni talab etadi.
II. Bilimlarning ilmiylik prinsipi - ilmiy bilimlar, qonuniyat-
lar, nazariya ilmiy bilimlarning o'quv faoliyatidagi o'rnini yo-
ritib beradi. Bu ikki yo'nalishda voqelikni qanday ko'rsa, shun
day ko'rsatishni, ya'ni dastur ishonarli dalil, hodisalarni kiri
tishni talab qiladi. Dalillar va hodisalarni rivojlantirishda o'zaro
aloqa yorqin ko'rinishlarda talab qilib, bilish dialektikasi ho-
latlariga mos keladi. Dalil va hodisalarning sabablarini ochish
qaror topgan umumiy qarashlarga, tushunchalar mazmuniga
muvofiq kelishi, voqelikning juda muhim ko'rinishlarini aniq-
lab berishi lozim.
Ilmiylik prinsipi - mehnat faoliyatining mazmun-mohiyati,
tabiat haqidagi bilimlarni tanlashda muhim hisoblanadi.
III. Bilimlarning tizimiylik prinsipi - bu ilmiylik prinsipi bi
lan uzviy bog'liqdir. U bilimlar tuzilishini, tabiatini belgilaydi.
Ilmiy bilimlar tabiatiga ko'ra muayyan ko'rinishga ega bo'lib,
bu bilimlar mazmuni bilan bog'liqdir. Tizimlilikda buyumlar
87
yoki hodisalarni biror-bir o'ziga xos yoki muhim xususiyat-
lariga ko'ra birlashtirish, guruhlashtirish, turkumlashni bildi-
radi. Zamonaviy ilmiy bilimlar har bir bilish obyektini boshqa
obyektlar bilan aloqador yaxlit tizim sifatida tatbiq etadi. Bu ja
rayon mantiqiy ketma-ketlik asosida ish olib borishga o'rgatadi
va ko'p bosqichli bog'lanishiga ega bo'lgan elementlar, tizimlar
orasidagi qonuniy munosabatni belgilash va bilimlarni egallash
uzviyligini, uzluksizligini ta'minlashni amalga oshiradi.
IV.
Bilimlarning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi yo'nalish
prinsipi - ushbu prinsip dasturga voqelikka munosabatini
shakllantiradigan ko'nikmalar tizimini (bilimga, mehnatga
oid) rivojlantiradigan bilimlarni kiritishni talab qiladi.
Voqelikka to'g'ri ongli munosabatda bo'lish, biror-bir ish ha
rakat va hodisalarning mohiyatini tushunish, faqatgina atrof-
muhit haqidagi bilimlar asosida rivojlanadi. (V.V.Davidov,
N.N.Podd'yakov, A.M.Leushina, V.I.Loginova, I.A.Xaydurova va
boshqalar).
Bilimlarning tarbiyalovchilik yo'nalishi ularning maqsad
ga muvofiq tanlanishi, jamiyatimizning milliy istiqlol g'oya-
larining aniq mazmuni va asoslarida yoritilishi ularning mo
hiyatini aniqlashtirilishi, bolalarga tushunarli tarzda yetkazi-
lishida namoyon bo'ladi. Bunday ta'limlar bolada dunyoni tus-
hunish asoslarini shakli anti rgan holda uni jamiyat hayotiga
olib kiradi, kattalarning mehnat ehtiyojlariga, ularning muno-
sabatlari olamiga olib kiradi. Bu esa bolalarda mehnat buyum-
lariga, tabiatiga kattalar talabiga nisbatan to'g'ri munosabatni
shakllantiradi.
Bilimlarning ilmiylik prinsipi maktabgacha yoshdanoq, bo
lalarning mafkuraviy yo'nalganligini ta'minlaydi, ular fe'l-at-
vorida namoyon bo'ladigan axloqiy ongni shakliantirishga im-
kon yaratadi.
Tizimli bilimlar bolaning bilish faoliyatini rivojlanishini
ta'minlaydi, ular asosida bola yaxlit obyektni idrok etishdan,
uning xususiyatlarini anglashga erishadi. Bunda bolaning sen
sor ko'nikmalari rivojlanadi. Bolada o'zaro munosabatlarni
anglab yetish pjtimoiy-hissiy], bilish jarayoni nutqiy rivojla
nish, qiyoslash, solishtirish oddiy tafakkur operatsiyalari,
mantiqiy fikrlash rivojlantiriladi.
V. Bilimlar, ko'nikmalar mazmunida har tomonlama-
lik, uyg'unlik prinsipi - dastur mazmuniga egallanishi lozim
bo'lgan bilimlarni xilma-xil ko'rinishlariga oid ko'nikma va
malakalarini tanlab olish va kiritish degan talab qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |