Tashkil iy-pedagogik
jarayonlar
Metodik kabinet
T a'lim-tarbiyaviy
va metodik ishlarga
rahbarlik
Nazorat qilish usuli
ota-onalar va
jamoatchilik bilan
ishlash uslublari
TUMAN MAKTABGACHA TA'LIM METODIKASI
KABINETINING ISH MAZMUNI VA VAZIFALARI
Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining
sohaga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar, Maktabgacha ta'lim
vazirligi, boshqarmalari va bo'limlari tomonidan chiqarilgan
qarorlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida besh yilga
mo'ljallangan istiqbol rejasi tuziladi.
Yillik rejada metodika kabinetining har bir o'quv yiliga
taalluqli faoliyati aks etadi.
Chorak va oylik rejalarida yillik reja belgilangan
vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd etiladi.
Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining
yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni bosqichma-
bosqich, mazmunli tashkil etilishini ta'minlash kerak. Bunda
asosiy e'tibor o'quv, ta’lim-tarbiya yo'nalishidagi faoliyatini
o'rganish, maktabgacha ta’lim muassasalarida uslubiy ishlarni
tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, metodist,
tarbiyachilarga o'quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa
tarbiyasi bo'yicha uslubiy yordam ko'rsatish muassasalarda
kasalliklarning oldini olish va profilaktikasini yo'lga qo'yish,
653
yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam
bo'lgan muassasalar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to'g'ri
va samarali tashkil etish kabi masalalarning bajarilishiga
qaratiladi.
Rejada maktabgacha ta’lim muassasalarini maqsadli,
birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o'rin tutadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi
va mazmuniga bog'liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim
muassasalari faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan
jarayonlardan doimo xabardor bo'lib turishni ta'minlaydi.
Ta'kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha muassasalarni
qamrab olishi kerak.
Rejada maktabgacha ta'lim muassasalari soni va nomi
ko'rsatiladi. Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta'lim
metodikasi kabinetining asosiy vazifasi - pedagogika va boshqa
ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni,
ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va
tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining
kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma
va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam
berishdan iborat.
Bu o'rinda tuman Maktabgacha ta’lim bo'limi tomonidan
tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilg'or pedagoglarning
uslubiy birlashmalar, seminar mashg'ulotlari, ma'ruzalar va
boshqa anjumanlarni tashkil etish borasidagi sa'y-harakatlari
maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va
takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: