494
Rejalashtirishning
asosiy
bosqichlari
bo'yicha
Venn diagrammasini to'ldiring.
Rejalashtirishning asosiy bosqich va turlari
Rejalashtirishda istiqbolli va joriy turlar farqlanadi.
Istiqbolli rejalashtirish
bu - M aktabgacha ta'lim vazirligi,
viloyat boshqarm alari, tum an va sh ah ar moliya iqtisod bo'lim lari
tom onidan uzoq m uddatga ( 5 - 1 0 yilga] mo'ljallab tuziladigan re-
jalar tushuniladi.
Joriy rejalashtirish
- h ar yili am alga oshiriladigan moliyaviy-
xo'ialik ishlari reiasidir. _________________________________________
SMETA- DAVLAT MOLIYAVIY HUJJATI
SIFATIDA
Smeta
maktabgacha ta'lim
muassasasining barcha
xarajatlari va ularni qoplash manbalari, byudjet ajratmalari va
ota-onalar mablag'larini aks ettiradigan moliyaviy-me'yoriy
hujjatdir.
Maktabgacha ta'lim muassasasida yozgi hordiq va
sog'lomlashtirish
tadbirlarini
o'tkazish
uchun
alohida
smeta tuzlladi. Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlashda
muassasadagi guruhlar, bolalar soni, ularning muassasada
qancha vaqt bo'lishi, muassasa xodimlarining necha soat
ishlashi va ishning turiga ham alohida e'tibor beriladi. Smeta
xarajatlarini rejalashtirish quyidagi moddalar bo'yicha amalga
oshiriladi: «Ish haqi», «Ish haqiga nisbatan ajratmalar»,
495
«Ma'muriy va xo'jalik xarajatlari», «Xizmat safarlari xarajat
lari», «Adabiyotlar, ko'rgazmali vositalar va o'yinchoqlar
sotib olish», «Ovqatlantirish xarajatlari», «Asbob-uskuna va
jihozlar sotib olish», «Bino va inshootlarni kapital ta'mirlash
xarajatlari», «Boshqa xarajatlar».
Bolalarni «Ovqatlantirish xarajatlari» moddasi asosida
taomnoma tuzish:
«Ovqatlantirish
xarajatlari»
moddasiga
bolalarni
ovqatlantirishga
mo'Ijallangan
mablag'lar
kiritiladi.
Taomnoma bitta bolaga kunlik ovqatlanish uchun belgilangan
pul me'yori va yil davomidagi tushumlar asosida tuziladi.
Bunda maktabgacha ta'lim muassasasining turi, ish vaqti
e'tiborga olinadi. Ovqatlantirish me'yori Sog'liqni saqlash,
Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan belgilab beriladi.
Ovqatlanishga ajratiladigan mablag' miqdorini aniqlash uchun
bir bolaga kuniga sarflanadigan ovqat qiymatini maktabgacha
ta'lim va yasli guruhlari bo'yicha jami bola soniga ko'pay tiriladi.
Shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasasi smetasiga barcha
xodimlarning ovqatlanishi uchun mablag' ajratish ham ko'zda
tutiladi. Bu maktabgacha ta'lim va moliya bo'limlari tomonidan
alohida ro'yxat bo'yicha amalga oshiriladi. Bunda xodimlar
haq to'lash hisobiga maktabgacha ta’lim muassasalarida
ovqatlanishlari mumkin. Smeta amal qiladigan yil va muassasa
qaysi byudjet hisobidan mablag' bilan ta'minlanishi qayd
etiladi.
Yozgi dam olish va sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish
sarf-xarajatlari maktabgacha ta’lim muassasasi xarajat
smetasiga kiritilmaydi. Bunday tadbirlar o'tkaziladigan
hollarda ularni amalga oshirish bilan bog'liq qo'shimcha
xarajatlar uchun alohida smeta tuziladi. Shuningdek, bolalar
bog'chalarida ota-onalar mablag'lari hisobga olingan alohida
smeta ham tuziladi.
Smeta byudjetida qayd etilgan xarajat moddalari Moliya
vazirligi tomonidan tasdiqlangan hujjat asosida tuziladi.
Smetada muassasaning kelasi yil uchun hisoblab chiqilgan jami
496
hamda har bir modda bo'yicha xarajatlar miqdori joriy yilga
tasdiqlangan xarajatlar summasi smeta qachon tuzilayotgani
va o'tgan davrdagi haqiqiy xarajatlar miqdori e'tiborga olingan
holda kiritilgan o'zgarishlar bilan taqqoslab keltiriladi.
Ko'rsatilgan ma'lumotlarni taqqoslashda smetani ijro etish
jarayonida undan chetga chiqish hollarining yuz bergani
va ularning sababini aniqlash asosida kelasi yilgi xarajatlar
miqdorini to'g'ri belgilash talab etiladi.
Maktabgacha
ta'lim
muassasalari
smeta
tuzish
vaqtida kelgusi yilgi ish ko'rsatkichlarini (guruhlar va
tarbiyalanuvchilar sonining ortishi, bolalarning muassasada
bo'Iish vaqti va hokazo] belgilashda o'zi bo'ysungan yuqori
tashkilotning me'yoriy hujjatlari, buyruq va ko'rsatmalariga
amal qiladi. Smetaga kiritilgan xarajatlar smeta blankasiga
keltirilgan aniq hisob-kitoblar bilan asoslangan bo'lishi shart.
Smetaga hisob-kitoblar bilan birga, maktabgacha ta'lim
muassasasi egallab turgan bino haqida umumiy ma’lumotlar
(uning hajmi, maydoni, isitish tizimi, elektr, gaz, vodoprovod,
kanalizatsiya
tarmog'ining
mavjudligi),
shuningdek,
muassasaning
ko'lamiga
oid
ko'rsatkichlar
(guruhlar
hamda bolalar soni va h.k.) ham aks ettiriladi. Bundan
tashqari, smetaga maktabgacha ta'lim muassasasida faoliyat
yuritayotgan pedagoglar, tarbiyachilar, enagalar, hamshiralar
va boshqa xodimlarning ikki nusxada tuzilgan tarifikatsiya
ro'yxati ilova qilinishi shart.
Smeta loyihasi tegishli ilovalar bilan maktabgacha ta'lim
muassasalari tomonidan belgilangan muddatda yuqori
tashkilotlarga ikki nusxada, zarur hollarda esa uch nusxada
taqsim etiladi.
Yuqori tashkilot maktabgacha ta’lim muassasasining
smetasini qabul qilib olgach, eng avvalo, smetaning to'g'ri
tuzilganini aniqlab, uning to'liq to'ldirilgani, alohida moddalar
bo'yicha xarajat summalari aniq hisob-kitob qilingani,
binoning hajmi va maydoni to'g'ri ko'rsatilgani, shuningdek,
xodimlarning tarifikatsiya ro'yxati ilova qilinganini tekshiradi.
497
Barcha hisob-kitoblar ko'rib chiqilgach, har bir modda
bo'yicha xarajatlar aniqlanadi va byudjet hisobidan aj-
ratiladigan xarajatlar unda aniq maqsadlar uchun belgi
langan summaga tenglashtiriladi. So'ng maktabgacha ta'lim
muassasasining smeta blankasiga jami xarajatlar (alohida
modda bo'yicha va umumiy summa), shuningdek, byudjet
hamda ota-onalar mablag'lari hisobiga ajratiladigan xarajatlar
kvartallar bo'yicha tasdiqlangan taqsimotga binoan yozib
qo'yiladi. Smeta yuqori tashkilot tomonidan qabul qilingach,
maktabgacha ta'lim muassasasi boshqa xarajatlar va ota-
onalardan tushadigan mablag'larni har bir kvartal bo'yicha
taqsimlab, hisob-kitob qilib qo'yadi.
Xarajatlarni
taqsimlashda
ba'zilarining
mavsumiy
xarakterda bo'lishi (yoqilg'i tayyorlash, sabzavot jamg'arish,
ta'mirlash ishlari va hokazolar) hisobga olinishi lozim. Agarda
joriy yilda bolalar sonini ko'paytirish ko'zda tutilgan bo'lsa, bu
bilan bog'liq sarf-xarajatlar (ish haqi, bolalarni ovqatlantirish
uchun sarflanadigan qo'shimcha mablag'lar va h.k.] tegishli
kvartallar xarajatlari ko'rsatkichlarida aks ettirilishi kerak.
Smetaning bir nusxasi muassasada qoladi, ikkinchi nusxasi
yuqori tashkilotga, uchinchi nusxasi esa markazlashgan
buxgalteriyaga, qishloq kengashiga, moliya bo'limi va
boshqalarga taqdim etiladi.
Smeta tasdiqlanish blankasining old tomonidagi maxsus
yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur yozuvda xarajatlarning
jami miqdori, xodimlar ish haqi jamg'armasi, smeta
tasdiqdangan sana qayd etiladi. So'ngra smetani tasdiqlagan
yuqori tashkilot boshlig'i imzo chekadi va uning imzosiga idora
muhri bosiladi. Ta'kidlash joizki, smetani tasdiqlagan tashkilot
unga o'zgartish kiritishga haqlidir. Bunday o'zgartishlar yuqori
tashkilotning maktabgacha ta'lim muassasasiga yuborgan
yozma xati bilan rasmiylashtiriladi.
II.
Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlash. Maktabgacha
ta’lim muassasalarining xarajatlar hajmi asosan undagi
guruhlar va bolalar soniga, har bir bolaning maktabgacha
498
ta'lim muassasasida qancha vaqt bo'lishiga bog'liq. Bunda
bolalarning umumiy soni va ularning har biri muassasada
qancha vaqt bo'lishiga oid ko'satkichlar (9-10.5, 12 va 24
soat) maktabgacha ta'lim va yasli guruhlari bo'yicha alohida
qayd etiladi. Muassasada sog'lomlashtirish guruhlari mavjud
bo'lsa, ulardagi bolalar soni ham alohida ko'rsatilishi lozim.
Bu bo'limda guruhlar va bolalarning yil boshi va yil oxiridagi
hamda o'rtacha yillik soni ko'rsatiladi. Rejalashtirilayotgan
yil boshida maktabgacha ta'lim muassasalarida smeta
tuzilayotgan vaqtda haqiqatda mavjud guruhlar miqdori va
bolalarning ro'yxatdagi soni keltiriladi. Bu ro'yxatda yuqori
tashkilot yo'llanmasi bilan muassasaga qabul qilingan barcha
bolalar qayd etiladi. Agar joriy yil smetasida maktabgacha
ta'lim muassasasini kengaytirish ko'zda tutilgan bo'lsa, u
holda «Yil boshida» grafasida guruhlar miqdori va bolalar
sonida joriy yil oxirigacha yuz berishi mumkin bo'lgan
o'zgarishlar aks ettiriladi. O'zgarishlar bo'lmasa, «Yil oxirida»
grafasiga yil boshida keltirilgan ma'lumot yozib qo'yiladi.
Rejalashtirilayotgan yil uchun bir bolaning maktabgacha ta'lim
muassasasida bo'lgan kunlar soni, odatda, davomat tabelidagi
ma'lumotlar, shuningdek, o'tgan yillar rejasining ijrosini tahlil
qilish asosida bolalarning turlicha muddat bilan muassasada
qancha vaqt bo'lganiga qarab aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |