N. M. Kayumova


Maktabgacha ta’lim tizimida o'yinlar texnologiyasi



Download 19,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/422
Sana01.01.2022
Hajmi19,29 Mb.
#301634
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   422
Bog'liq
мактабгача педагогика

Maktabgacha ta’lim tizimida o'yinlar texnologiyasi.

O'yin texnologiyasining nazariy asoslari. Bugungi kunda ta'­

lim  tizimida, jumladan, maktabgacha ta'lim  tizimida ham yan-

360



gi  pedagogik  texnologiyalar,  interfaol  usullardan  keng  foy- 

dalanilmoqda.  Bu  texnologiyalarning  mazmun-mohiyatini, 

asosiy  tamoyillarini,  qonuniyatlarini,  ulardan  samarali  foy­

dalanish  yo'llarini  amaliyotchi-tarbiyachi  va  o'qituvchilarga 

yetkazib  berish  pedagogika  fani  oldida  turgan  dolzarb 

muammolardan biridir.

«Texnologiya» yunoncha so'z bo'lib,  «techne»  -   «mahorat», 

«san'at» va «logos» -  «tushuncha», «o'rganish» demakdir. Tex­

nologiya so'zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va 

vositalari haqidagi bilimlar yig'indisi, shuningdek, obyektda so- 

dir bo'ladigan sifat o'zgarishlari tushuniladi.

Ta'lim texnologiyasi tushunchasi ta'lim maqsadiga erishish 

quroli, ya'ni oldindan loyihalashtirilgan ta'lim jarayonini yaxlit 

tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu 

maqsadga erishishning metod, usul va vositalari tizimini, ta'lim 

jarayonini boshqarishni ifodalaydi.

Pedagogik  texnologiyaning  markaziy  muammosi  bo­

la  shaxsini  rivojlantirish  orqali  ta'lim  maqsadiga  erishishni 

ta'minlashdan  iborat.  Pedagogik  texnologiyaning  tamoyillari 

quyidagilardir:  kafolatlangan yakuniy natija,  ta’limning sama- 

radorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta'lim maqsadining 

aniq shakllanganligi.

0 ‘yin texnologiyasi ham o'yin metodidan o'zining aniq maq­

sadi,  amalga  oshirish  kerak  bo'lgan  jarayonlarning  mantiqiy 

ketma-ketligi  va  o'zaro  bog'Iiqligi,  oldindan  belgilangan  nati- 

jalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.

L.S.  Vigodskiy  o'yinni  bolaning  ichki  ijtimoiy  dunyosi,  ijti­

moiy buyurtmalarni o'zlashtirish vositasi sifatida ta'riflaydi.

Har qanday o'yin muayyan vazifalarni bajaradi:

-  maftunkorlik;

-  kommunikativlik;

-  o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;

-  tashxis;

-  o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi muloqot;

-  ijtimoiylashuvlik.

361



S.A.  Shmakovning  ta'kidlashicha,  o'yinlar  quyidagi  to'rt 

asosiy xususiyatga ega:

- erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya'ni bola o'yinni o'zi tanlay- 

di,  unda  faol  ishtirok etadi.  Bunda  birinchi  navbatda,  yakuniy 

natija emas, balki o'yin jarayoni muhim ahamiyatga ega;

■  ijodiy  xarakter,  ya'ni  o'yin  jarayonida  bolalar  uchun  ijod 

qilishga katta imkoniyatlar mavjud;

-  emotsional  ta’sir  -   bola  o'yinda  markaziy  o'rin  egallash- 

ni xohlaydi, g'olib bo'lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshi- 

rishga yordam beradi;

-  asosiy va qo'shimcha qoidalar o'yin mazmuni, uning man- 

tiqiy ketma-ketligini belgilaydi.

O'yin strukturasiga maqsad, rejalashtirish, maqsadga erish- 

ish, natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. O'yinning 

eng  asosiy  xususiyati  uning  ij оdiyligidadir.  U  o'zaro  kurash, 

musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo'ladi.

Nazariy jihatdan o'yinga faoliyat, jarayon va o'qitish metodi 

sifatida qarash mumkin.

O'yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish 

va  amalga  oshirish,  natijalarni  tahlil  qilishni  qamrab  oladi  va 

bunda  shaxs  subyekt  sifatida  o'z  imkoniyatlarini  to'la  amalga 

oshiradi.

O'yinli  faoliyatni  motivatsiyalash  o'yin  xarakterining  mu­

sobaqalashish  shartlari,  shaxsning  o'zini  namoyon  qila  olishi, 

o'z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan 

kelib chiqadi.

Jarayon sifatida o'yin tuzilmasi  (G.K.  Selevko ta'biricha)  qu- 

yidagilarni qamrab oladi:

-  o'ynash uchun olingan rollar;

-  bu rollarni ijro etish vositasi bo'lgan o'yin harakatlari;

-  haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;

-  o'yinda ishtirok etuvchilarning real o'zaro munosabatlari;

-  o'yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun],

Har  qanday texnologiyada,  jumladan,  o'yin  texnologiyalari- 

da  ham,  o'quv  maqsadi  aniq  belgilanishi  zarur.  Bu  texnologi-

362



yaning asosiy negizidir. Maqsad to'g'ri qo'yilishi uchun tarbiya­

chi bolaga nimani o'rgatmoqchi bo'Iganligini bilishi kerak. Bitta 

mashg'ulotda bitta maqsad qo'yilishi maqsadga muvofiq. Masa­

lan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida 

tushuncha berish va h.k.

O'yin texnologiyalari (ayniqsa, bog'cha bolalari uchun) rivoj­

lantiruvchi  maqsadlarni  (bolaning  idrok,  xotira,  diqqat,  tafak- 

kurini  rivojiantirish)  amalga  oshirishi  ham  mumkin.  Bunda 

o'yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo'ladi.


Download 19,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish