“Xalqning aniq maqsad sari harakat
qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib
xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir
bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”.
Mamlakatimizning kelajagini va obro‘-e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro
korrupsiya tahdidini zararli oqibatlarini doimo esda tutmog‘i va unga qarshi kurashmog‘i shart.
Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning, ichki axloqiy-ruhiy maslagi va
e’tiqodiga aylanishi kerakki, bu korrupsiyaga qarshi ma’rifatning o‘zagini tashkil qiladi. Qonun
talablarining to‘laqonli amalga oshirilishi mamlakatimiz aholisining turmush farovonligini
oshirishga, rivojlanish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Korrupsiyaning huquqiy sabablari haqida to‘xtalganda, uning rivoji davlatdagi
qonunlarning sifatiga bog‘liq bo‘lib, nomukammal bo‘lgan qonunlar ishlamaydi va
korrupsiyaga moyil shaxslar bundan ustamonlik bilan foydalanishga intiladi. Korrupsiyaning
ijtimoiy sabablariga jamiyatdagi nosog‘lom muhit, aholining huquqiy bilim va madaniyati,
ma’naviyatining quyi (past darajada) ekanligi, diniy-ma’rifiy savodsizligi, uyushqoqlik va
jamoatchilikdagi faollikning yetishmasligi kiradi. Shunisi e’tiborliki, jamiyatdagi ijtimoiy
ongning u yoki bu tarzda o‘zgarishiga odamlarda davlat va qonunlarga nisbatan ishonch paydo
bo‘lishiga, mamlakat rahbar xodimlarining o‘z vazifalarini qay darajada amalga oshirishlariga
281
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, albatta. Ular tomonidan to‘g‘ri va adolatli qarorlar qabul qilinsa,
fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklansa, ijtimoiy himoya kuchaytirilsa, xalqning jamiyatda
adolat, haqiqat borligiga ishonchi ortadi. Uning aksi bo‘lsa, odamlar orasida norozilik va
hukumatga nisbatan ishonchsizlik yuzaga keladi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona
ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari
faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” PF-6005 Farmoni bilan ham bojxona xizmati
organlariga korrupsiya va bojxona huquqbuzarliklarini oldini olish bo‘yicha bir qator vazifalar
belgilab berildi.
Jumladan:
- real vaqtda sodir bo‘lgan yoki sodir bo‘layotgan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
buzish bilan bog‘liq jinoyatlar yoki boshqa huquqbuzarliklar, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar
to‘g‘risida xabarlarni tezkor yetkazish uchun shoshilinch aloqa bo‘yicha qisqa telefon raqamini
tashkil qilish;
- huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish hamda aniqlash, shuningdek, bojxona
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq holatlar va korrupsiya alomatlarini fosh
etishda ko‘mak ko‘rsatayotgan shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi aniq
vazifalarning berilishi ham yuqoridagi fikrlarimizning yaqqol ifodasidir.
Shu bilan birga, mazkur vazifalarni bevosita amalga oshiruvchi, bojxona organlarida eng
avvalo korrupsion jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi
kurashish va o‘z xavfsizlik boshqarmasi”ning ham qaytadan tashkil etilganligi, bugungi kunda
tizimda bu borada katta islohotlar amalga oshirilayotganligini ko‘rsatib turibdi.
Shuningdek, Mazkur Farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona
qo‘mitasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati alohida yaxlit idoraviy normativ-huquqiy
norma sifatida qabul qilindi.
Mazkur norma xalqaro standart va tavsiyalarni inobatga olgan holda, bojxona xizmati
organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni eng avvalo oldini olishga qaratilgan asosiy
talablar va tamoyillarni belgilash, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati
darajasini oshirish uchun bojxona organlarining yuqori axloqiy me’yorlariga sodiqligini,
shuningdek bojxona xodimlari tomonidan o‘z faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar
sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik va bu borada samarali tizimni shakllantirish maqsadida qabul
qilindi.
Xususan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi “Transparency International” xalqaro
tashkilotining reytingida o‘z o‘rnini 7 pog‘onaga yaxshilab, 2020 yil 180 ta davlat orasida 146-
o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun: Korrupsiyani qabul qilish indeksida sobiq Sovet ittifoqi tarkibiga kirgan
davlatlar ichida Gruziya, Armaniston va Belorus sezilarli yutuqlarga erishgan bo‘lsa, Turmaniston
va Tojikiston reytingdan ohirgi o‘rinlarni egallagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi
kurashish Agentligi tashkil etildi va Agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifa va
vakolatlari belgilab berildi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |