Politexnika instituti


  3. Korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlik



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

282 
3. Korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlik 
Bugungi  kunda  korrupsiyaning  oldini  olish  va  unga  qarshi  kurashish  butun  dunyoda 
dolzarb  masalalardan  biri  bo‘lib  qolmoqda.  Zero,  davlat  rahbari  Sh.Mirziyoyev 
ta’kidlaganidek,  “korrupsiyaning  oldini  olmasak,  haqiqiy  ishbilarmonlik  va  investisiya 
muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”. 
Korrupsiyaviy jinoyatlar nafaqat milliy, balki xalqaro darajadagi xavf hisoblanadi. Milliy 
doiradagi xavf sifatida, korrupsiya davlatning rivojlanishiga to‘sqinlik qilib, xalqning davlat 
organlariga  nisbatan  ishonchini  susaytirsa,  xalqaro  darajadagi  xavf  sifatida  davlatlar  va 
millatlar o‘rtasida nizolarning avj olishi, siyosiy beqarorlik, xalqaro normalar va umume’tirof 
etilgan prinsiplarning qo‘pol ravishda buzilishiga sabab bo‘ladi. 
Shu  o‘rinda  e’tirof  etish  joizki,  so‘nggi  yillarda  yurtimizda  korrupsiyaga  qarshi 
kurashishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish yanada jadal tus oldi. Eng avvalo, 2008 yil 
7  iyuldagi  Qonun  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining 
Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga, 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti 
Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istambul harakat dasturi a’zosiga aylandi. 
Korrupsiyaga  qarshi  kurashning  yangi  bosqichi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoyev tashabbusiga ko‘ra 2016 yil 14 oktyabrda “Korrupsiyaga 
qarshi  kurashish  to‘g‘risida”gi  QL-164-sonli  O‘zbekiston  Respublikasi  qonuni  loyihasi 
kiritilganligi  bilan  boshlab  berildi.  Zero,  mazkur  hujjat  korrupsiyaga  qarshi  kurashishning 
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tirof etilganligini anglatar edi. 
Mazkur  loyihaga  asosan,  2017  yilning  3  yanvarida  “Korrupsiyaga  qarshi  kurashish 
to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonun qabul qilindi. Bu bilan, BMTning Korrupsiyaga qarshi 
konvensiyasi  5-moddasida  ko‘rsatilgan  talablar  bajarildi.  Shunday  qilib,  korrupsiyaga  qarshi 
kurashish faoliyatining barcha tegishli xalqaro standartlarni o‘z ichiga olgan, zamon talablariga 
javob beruvchi, xorijiy analoglaridan qolishmaydigan darajadagi qonuniy asosi yaratildi. 
Qonunning samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida 
korrupsiyaning  oldini  olishga  doir  chora-tadbirlarni  o‘z  vaqtida  va  sifatli  amalga  oshirish 
maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi hamda Korrupsiyaga qarshi 
kurashish  bo‘yicha  respublika  idoralararo  komissiyasining  tarkibi  tasdiqlanib,  uning  asosiy 
vazifalari belgilab berildi. 
Amalga oshirilgan islohotlar natijasida, korrupsiyaviy jinoyatlarning yildan yilga sezilarli 
ravishda kamayishiga erishilmoqda. Jumladan, o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 2019 yilda jami 
994 ta jinoyat ishi bo‘yicha 1339 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning 40 nafari 
respublika, 115 nafari viloyat 1184 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar va idoralarda 
ishlab  kelgan.  Jinoiy  javobgarlikka  tortilgan  mansabdor  shaxslarning  660  nafari  o‘zganing 
mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 167 nafari firibgarlik, 135 nafari 
soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash, 127 nafari pora 
olish-berish  yoki  unda  vositachilik  qilish,  47  nafari  mansabni  suiiste’mol  qilish,  25  nafari 
mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 22 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 11 
nafari mansab soxtakorligi va 145 nafari boshqa jinoyatlari uchun javobgar bo‘lgan. Mansabdor 
shaxslarning  jinoyatlari  oqibatida  davlat  va  jamiyat  manfaatlariga  1  trln.  853  mlrd.  so‘m 
miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 1 trln. 746 mlrd. 
so‘mi yoki 94,1 foizi undirilgan. 
2021 yilning 3 oyi davomida esa, respublika bo‘yicha jami 87 ta jinoyat ishi bo‘yicha 115 
nafar  mansabdor  shaxslar  jinoiy  javobgarlikka  tortilgan.  Jinoyati  fosh  qilingan  mansabdor 
shaxslarning  4  nafari  viloyat  va  111  nafari  tuman-shahar  miqyosidagi  vazirlik,  idora  va 
tashkilotlarda  faoliyat  yuritgan.  Jinoiy  javobgarlikka  tortilgan  mansabdor  shaxslarning  50 
nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 21 nafari pora 
olish  (berish)  va  pora  olish-berishda  vositachilik  qilish,  7  nafari  firibgarlik,  6  nafari  mansab 
soxtakorligi, 3 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 1 nafari mansab mavqeini suiiste’mol 
qilish  va  27  nafari  boshqa  jinoyatlarni  sodir  etishgan.  Mansabdor  shaxslarning  jinoyatlari 


283 
oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 51,3 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan 
bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 18,3 mlrd. so‘mi undirilgan. 
Respublikamizda  2020  yil  davomida  korrupsiyaga  oid  sodir  etilgan  jinoyatlarga  doir 
statistika quyidagi ko‘rinishga ega. Jumladan, Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra sudlar tomonidan 
2020 yil davomida korrupsiya bilan bog‘liq (JK 205-214, 243-moddalari) jami 2 270 nafar shaxsga 
nisbatan 1 502 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Korrupsiya jinoyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan 
aybdor shaxslarni javobgarlikka tortilgan. 
2020  yilda  sodir  etilgan  korrupsiyaviy  jinoyatlar  yuzasidan  610  ta  shaxsga  axloq  tuzatish 
ishlari,  539  ta  shaxsga  ozodlikni  cheklash,  403  ta  shaxsga  jarima,  300  ta  shaxsga  ozodlikdan 
mahrum qilish, 13 ta shaxsga muayyan huquqdan mahrum qilish va 4 ta shaxsga nisbatan majburiy 
jamoat ishlari kabi jazolar qo‘llangan. Shuningdek, 47 ta shaxs shartli hukm qilingan, 151 shaxsga 
jazo qo‘llanilmagan, 56 ta shaxs esa jazodan ozod qilingan. 
Shuningdek,  ushbu  illatga  qarshi  kurashish  sohasida  davlat  organlari  va  tashkilotlari 
tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga 
qarshi  murosasiz  munosabatni  shakillantirishga  qaratilgan  targ‘ibot  va  tashviqot  ishlari  olib 
borilmoqda. 
Shunga qaramasdan, hozirgi kunda ham ko‘pgina sohalarda korrupsiyaning ildizi saqlanib 
qolmoqda
 
Sohada amalga oshirilgan ishlar samarasi xalqaro doirada ham e’tirof etib kelinmoqda. 
Zero,  mamlakatimiz  “Transparency  International”  korrupsiyaga  qarshi  tashkilotining 
Korrupsiyani  qabul  qilish  indeksi  (Corruption  Perception  Index)da  2015-2019  yillarda  19 
baldan 25 balga ya’ni, olti ball yuqorilab 180 mamlakat ichida 153-o‘ringa yuqoriladi. 
Ammo mazkur ko‘rsatkichlar yetarlicha bo‘lmasdan, korrupsiyaga qarshi kurashishdan 
ko‘zlangan  natijaga  erishish  va  bu  borada  O‘zbekistonning  xalqaro  reytinglardagi  o‘rnini 
yanada  yaxshilashga  bir  qator  muammolarning  mavjudligi  to‘siq  bo‘lmoqda.  Shunday 
muammolarning bir nechtasiga quyida to‘xtalamiz. 
“Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  to‘g‘risida”gi  Qonunning  qabul  qilinishi  bilan 
“korrupsiya”  tushunchasiga  rasmiy  ta’rif  berildi.  Zero,  Qonunning  3-moddasiga  muvofiq, 
“korrupsiya  —  shaxsning  o‘z  mansab  yoki  xizmat  mavqeidan  shaxsiy  manfaatlarini  yoxud 
o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga 
xilof  ravishda  foydalanishi,  xuddi  shuningdek  bunday  nafni  qonunga  xilof  ravishda  taqdim 
etish”dir. 
Mazkur  ta’rif  xalqaro  standartlarni  inobatga  olgan  holda  ishlab  chiqilgan  bo‘lib, 
“korrupsiya” atamasining mazmunini ochib beruvchi eng muhim elementlarni to‘liq qamrab 
olgan. Ammo amaldagi jinoyat qonunchiligimizda mavjud bo‘lgan korrupsiyaviy jinoyatlarga 
oid moddalarning dispozisiyalari ushbu ta’rif va umuman olganda bugungi kun antikarrupsion 
siyosati talablariga  to‘liq javob  bermaydi.  Jumladan,  Jinoyat  kodeksining  210-moddasi pora 
olishga  mansabdor  shaxsning  o‘z  xizmat  mavqeidan  foydalangan  holda  pora  berayotgan 
shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga moddiy qimmatliklar olishi 
yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi, deya tarif beradi. 
Bunda, qonun chiqaruvchi pora olish jinoyati nafaqat pora berayotgan shaxs, balki o‘zga 
shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilishi mumkinligini e’tiborga olmagan. 
Shuningdek, kodeksda pora predmeti sifatida faqatgina moddiy qimmatliklar va mulkiy 
manfaat e’tirof etilgan. Vaholanki, yuqorida korrupsiya tushunchasiga berilgan ta’rifdan ko‘rib 
turganimizdek, mazkur jinoyat nomoddiy naf olish maqsadida ham sodir etilishi mumkin. Shu 
kabi  muammolarni  JKning  192
9
-192
10
,  211,  213-214-moddalari  dispozisiyalarida  ham 
ko‘rishimiz mumin. 
Bundan tashqari, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasida korrupsiyaviy jinoyatlar 
sifatida mavqeni suiiste’mol qilish hamda noqonuniy boyish ham ko‘rsatilgan bo‘lib, amaldagi 
milliy jinoyat qonunchiligimiz mazkur jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutmaydi. 
Iqtisodiy  hamkorlik  va  rivojlanish  tashkilotining  O‘zbekiston  Respublikasi  uchun 
tavsiyalarida yuqoridagilardan tashqari pora so‘rash, taklif qilish, porani olish haqidagi taklifni 
qabul qilish yoki pora berishga rozilik bildirish kabi harakatlar ham JKning 210-211-moddalari 


284 
dispozisiyasi bilan qamrab olinib, tamom bo‘lgan mustaqil jinoyat sifatida e’tirof etilishi hamda 
ular uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi lozimligi tavsiya etilgan. 
Shuningdek,  korrupsiyaga  qarshi  kurashishga  oid  xalqaro  standartlar  yuridik  shaxslar 
ham korrupsiyaviy jinoyatlarning sub’yekti bo‘la olishi haqidagi normalar milliy qonunchilikda 
mustahkamlanishi  lozimligini  nazarda  tutadi.  Mazkur  masalada  xorijiy  davlatlar  tajribasiga 
nazar  tashlaydigan  bo‘lsak,  70  dan  ortiq  mamlakatlarda  yuridik  shaxslar  uchun  jinoiy 
javobgarlik belgilanganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. 
Korrupsiyaga  qarshi  kurashishga  oid  qonunchilikni  takomillashtirishning  yana  bir 
yo‘nalishi  bu  –  definision  tuzilmalarni  takomillashtirish  ya’ni,  alohida  tushuncha  va 
kategoriyalarni modernizasiya qilishdan iboratdir. 
Amaldagi  jinoyat  qonunchiligimiz  “korrupsiyaviy  jinoyatlar”  tushunchasiga  ta’rif 
bermagani  holda  korrupsiyaviy  jinoyatlarga  aynan  qaysi  jinoyatlar  kirishi  masalasiga  ham 
aniqlik kiritmagan bo‘lib, fikrimizcha, Kodeksda mazkur turdagi jinoyatlarning aniq ro‘yxati 
ko‘rsatilishi lozim. 
Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  kompleks  xarakterga  ega  faoliyat  bo‘lganligi  sababli, 
yuqorida  ta’kidlab  o‘tilganidek,  jinoyat  qonunchiligini  takomillashtirishning  o‘zigina  yetarli 
bo‘lmasdan,  bir  qator  tashkiliy  chora-tadbirlarni  ko‘rishni  taqozo  etadi.  Jumladan, 
korrupsiyaviy  xolatlar  yuzasidan  xabar  qilgan  shaxslarning  himoyasi  masalasi  alohida 
nazoratga olinishi lozim. 
Yuqoridagilardan  xulosa  qilib  aytishimiz  mumkinki,  korrupsiyaga  qarshi  kurashish 
sohasida  muayyan  natijalarga  erishilgan  bo‘lsa-da,  istiqbolda  bir  qator  vazifalarni  amalga 
oshirish lozim. Korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar milliy qonunchilikka implementasiya 
qilinishi, shu jumladan, amaldagi jinoyat qonunchiligi bilan qamrab olinmagan korrupsiyaviy 
qilmishlar  kriminalizasiya  qilinishi,  korrupsiyaviy  qilmishlarning  aniq  doirasi  belgilanishi 
kerak. Bunda, mamlakat ichidagi ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, mazkur 
turdagi  jinoyatlar  bo‘yicha  milliy  sud-tergov  organlari  amaliyoti,  iqtisodiy  rivojlangan 
davlatlarning ijobiy tajribasi hamda xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari inobatga olinishi lozim

  

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish