Politexnika instituti



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

Ma’lumot uchun: 2020 yilda Jahon banki va 
Forbs  jurnali  tomonidan  Daniya  Yevropada  biznes  uchun  eng  yaxshi  joy  sifatida  etirof  etilgan. 
E’tiborli  tomoni
 
shundaki,  Daniya  davlatida  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  bo‘yicha  alohida 
tashkilot“agentlik” mavjud emas.
 
2. Gruziyaning korrupsiyaga qarshi kurashish tajribasi noyob va muvaffaqiyatli bo‘lib, uning 
ko‘p jihatlari boshqa mamlakatlarda moslashtirilishi va qo‘llanilishi mumkin
[1]

Ma’lumot  uchun:  Gruziya,  korrupsiyani  qabul  qilish  indeksida  2004  yilda 
85-o‘rinni,  2014  yilda  esa  50  o‘rinni  egallagan.  Bu  davr  (10  yil)  Gruziya  uchun  korrupsiya 
holatlarini kamaytirishdagi eng ahamiyatli davr hisoblanadi
[2]
.
 
Gruziyada davlat boshqaruvi tuzilmasini isloh qilish va korrupsiya darajasini pasaytirishda 
Amerika, Italiya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniyaning tajribasi asos bo‘ldi. Shu bilan birga, 
ushbu  vazifalarni  amalga  oshirishda  Jahon  banki,  Xalqaro  valyuta  jamg‘armasi  va  USAID  kabi 
xalqaro tashkilotlarning maslahatchilari va ekspertlari jalb qilindi. 
Gruziyaning  korrupsiyaga  qarshi  kurash  modelining  o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki 
mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida organ mavjud emas. Gruziyada 2008 
yilda  korrupsiyaga  qarshi  kurashni  muvofiqlashtirish  va  monitoring  qilish  bo‘yicha  maxsus 
Kengash  tuzilgan,  unga  Adliya  vaziri  rahbarlik  qiladi  va  adliya  vazirligining  Analitik  bo‘limi 
kengash kotibiyati vazifasini bajaradi. 
Kengash 16 ta a’zodan tashkil topgan, biroq Kengashning o‘ziga xos xususiyati shundaki u 
o‘zining  shaxsiy  tarkibiga  va  byudjetiga  ega  emas,  Kengash  a’zolarining  vakolatlari  hukumat 
tomonidan tugatilishi mumkin. 
Malumot  uchun:  Gruziyaning  korrupsiyaga  qarshi  siyosati  korrupsiyaga  qarshi  kurashish 
strategiyasi,  harakatlar  rejasi  va  jinoyat  kodeksi  asosida  amalga  oshiriladi.  Har  bir  vazir  o‘z 
vazirligiga korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida alohida hisobot beradi.
 
Gruziyaning korrupsiyaga qarshi strategiyasi quyidagi oltita ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga 
olgan: 
– samarali va korrupsiyadan holi davlat sektori; 
– raqobatdosh va korrupsiyadan holi xususiy sektor; 


275 
– adolat tizimini takomillashtirish; 
– korrupsiyaga qarshi qonunchilikni takomillashtirish; 
– korrupsiyaning oldini olish va siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini 
takomillashtirish. Gruziyada amalga oshirilgan islohotlarning asosiy natijalari: 
a) Ichki ishlar organlarining yo‘l patrul xizmati inspektorlari 85 foizga yangilandi va ular soni 
bir  necha  bor  qisqartirildi.  Shuningdek,  korrupsiya  holatlariga  aloqador  barcha  xodimlar  ishdan 
bo‘shatildi va ularning aksariyati qamoq jazosiga hukm qilindi. Shu bilan bir qatorda Ichki ishlar 
organlari rolini kuchaytirish dasturi joriy etildi. 
b)  Mamlakatda  olib  boriladigan  islohotlar  natijasida  haydovchilik  guvohnomasini  olish 
bayram va dam olish kunlarisiz 24 soat ishlaydigan xizmat ko‘rsatish agentligi tomonidan amalga 
oshiriladi, avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish 15 daqiqa ichida amalga oshiriladi. 
v) Davlat xizmatiga kadrlarni qabul qilish meritokratiya prinsipiga muvofiq amalga oshirildi 
(bir-birlari  bilan  hech  qanday  aloqasi,  jumladan  oilaviy  aloqalari  bo‘lmagan,  bitta  universitetda 
o‘qimagan va hk). 
g) Soliq tizimida esa 25 ta soliq organlari qisqartirilib, faqatgina 6 ta soliq bo‘yicha organ 
qodirildi. Shuningdek, 2008 yilda bojxona to‘lovlari qisqartirildi va deyarli butunlay bekor qilindi, 
shuningdek  qishloq  xo‘jaligi  yerlarini  xususiylashtirishga  ruxsat  berish  to‘g‘risida  qonun  qabul 
qilindi. 
d) Korrupsiyaga qarshi kurashishda juda qattiq choralar ko‘rildi. Masalan, nafaqat korrupsiya 
huquqbuzarligi uchun, balki pora talab qilgan yoki taklif qilayotgan shaxslar uchun ham jinoiy jazo 
kuchaytirildi. Bundan tashqari, ayb prezumpsiyasi joriy qilindi, bunda mansabdor shaxs o‘z mol-
mulkini qanday qilib qo‘lga kiritganligini tushuntirishi lozimligi belgilandi. 
j) Korrupsiyaga qarshi strategiyani amalga oshirishda aholini keng doirada xabardor qilish, 
televideniyeda maxsus videofilmlarni namoyish qilish va fuqarolarni korrupsiyaga qarshi kurashda 
ishtirok etishga jalb qilindi. 
3.  Janubiy  Koreyada  2020  yil  15  iyulda  “Yuqori  martabali  mansabdor  shaxslar  o‘rtasida 
korrupsiyani tergov qilish boshqarmasini tashkil etish va uning faoliyati to‘g‘risida”gi 16863-son 
qonuni qabul qilindi. 
Ushbu qonunga asosan, yuqori lavozimda ishlab keladigan amaldorlarga qarshi shikoyatlarni 
tekshirish yuzasidan Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasi (Corruption Investigation Office  – 
CIO) tashkil etildi. 
Korrupsiyaga  qarshi  tergov  boshqarmasi  mansabdor  shaxslar  tomonidan  sodir  etilgan 
korrupsiyaviy jinoyatlar tergovini amalga oshiradi. 
Boshqarma quyidagi mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar 
yuzasidan tergov harakatlarini olib boradi: 
– Prezident; 
– milliy yig‘ilish raisi va uning a’zolari; 
– bosh vazir; 
– Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud raislari; 
– bosh prokuror; 
– sudyalar va prokurorlar; 
– ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari; 
– 
milliy 
xavfsizlik 
boshqarmasi, 
Prezident 
xavfsizlik 
xizmati 
va boshqalar (to‘liq ro‘yhat qonunning 2-moddasida ko‘rsatilgan). 
Shuningdek, boshqarma quyidagilar yuzasidan surishtiruvni amalga oshiradi: 
– Koreya JKning 122-133 moddalarida nazarda tutilgan, mansabdor shaxslarning vazifalarini 
bajarish  bilan  bog‘liq  jinoyatlar  (pora  olish,  mansab  vakolatini  suiste’mol qilish,  rasmiy sirlarni 
xususiy kompaniyalarga oshkor qilish); 
– JKning 144, 225, 227, 227-2, 229 moddalarida nazarda tutilgan mansab sohtakorligi hamda 
hujjatlarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar; 
–  JKning  355,  357,  359  moddalarida  nazarda  tutilgan  o‘g‘irlik  va  mansabga  sovuqqonlik 
bilan qarash jinoyatlar; 
–  “Advokatlar  to‘g‘risida”gi  qonunda  nazarda  tutilgan  vositachilik  uchun  pora  olish  va 
boshqa jinoyatlar. 


276 
Boshqarma  nafaqat  ushbu  jinoyatlarni  sodir  etganlikda  gumon  qilingan  yuqori  lavozimli 
mansabdor shaxslarni, balki quyidagilarni ham tekshirishi mumkin: 
– yuqori lavozimli mansabdor shaxslarga pora bergan shaxslarni; 
– yuqori lavozimli mansabdor shaxslarning oila a’zolariga pora bergan shaxslarni; – yuqori 
lavozimli  mansabdor  shaxs  yoki  uning  oila  a’zosi  tomonidan  sodir  etgan  jinoyat  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni  yashirgan  shaxslarni  (masalan,  jinoyatchiga  boshpana  berish,  qochish,  yolg‘on 
guvohlik berish, dalillarni yo‘q qilish); 
– yuqori lavozimli mansabdor shaxslarni yuqorida sanab o‘tilgan jinoyatlarni sodir etganlikda 
yolg‘on ayblagan shaxslarni. 
Korrupsiyaga  qarshi  tergov  boshqarmasi  faqat  tergov  olib  boradi  va  to‘plangan 
ma’lumotlarni prokuratura organlariga yuboradi. 
Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasi boshlig‘i Prezident tomonidan tayinlanadi va uning 
tarkibiga 25 prokuror hamda 40 tadan ko‘p bo‘lmagan tergovchilar kiradi. 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish