Politexnika instituti


Korrupsiyaga qarshi kurashishda jaxon tajribasi



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

Korrupsiyaga qarshi kurashishda jaxon tajribasi 
 
Hozirgi  globallashuv,  mintaqa  va  davlatlararo  integrasiya  jarayonlari  jadallashib 
borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylandi. 
 
Aytish  lozimki,  korrupsiya  keltirib  chiqarayotgan  oqibatlar  jamiyatlarni  ich-ichidan 
yemirib,  demokratik  va  huquq  ustuvorligi  asoslariga  putur  yetkazadi,  inson  huquqlarining 
qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaradi, jamiyat va davlat 
uchun  o‘ta  xavfli  bo‘lgan  uyushgan  jinoyatchilik  va  terrorizmning  keng  yoyilishiga  sharoit 
yaratib beradi. 
Bugun  katta-yu  kichik,  boy  va  kambag‘al,  qudratli  va  kuchsiz  bironta  davlatni 
korrupsiyadan  holi  hudud,  deb  aytolmaymiz.  BMT  va  Xalqaro  valyuta  jamg‘armasining 
ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti bu ofat tufayli yiliga 1.5-2.6 trln. dollargacha zarar 
ko‘rmoqda. 
Xo‘sh korrupsiya nima o‘zi, nega butun dunyo shu illatga qarshi kurashmoqda? 
 Korrupsiya mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan 
ijtimoiy  huquqiy  hodisadir.  Ma’lumki,  bu  illat  har  qanday  jamiyatning  siyosiy  va  iqtisodiy 
rivojlanishiga zarar yetkazadi. Jamiyatning ma’naviy  axloqini  yemiradi, qonun ustuvorligini 
kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. 
Shu bilan birga, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan 
boshqa  tahdidlarning  o‘sishiga  yordam  beradi.  Uning  domiga  ilingan  amaldor  shaxsiy 
manfaatini  davlat  manfaatidan  ustun  qo‘yishi  natijasida,  mamlakatning  siyosiy  va  iqtisodiy 
yo‘liga  hamda  aholining  aksariyat  qismiga  tuzatib  bo‘lmaydigan  zarar  yetkazadi,  chet  ellik 
sheriklarda ham ishonchsizlik uyg‘otadi va ularni hamkorlikdan qaytaradi. 


272 
Korrupsiya  muammosi  so‘ngi  yillarda  xalqaro  miqyosda  transmilliy  jinoyat  sifatida 
xalqaro tashkilotlar tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzu hisoblanadi. Hatto, ayrim 
siyosatchilar tomonidan  korrupsiyaga global inqirozni keltirib chiqaruvchi omil sifatida ham 
ta’rif beriladi. Korrupsiyaning xalqaro munosabatlarga ta’sirini o‘rgangan tadqiqotchilar esa, 
rivojlangan “birinchi dunyo” mamlakatlari korrupsiya yordamida o‘zlariga ma’qul kelmagan 
hukumatlarni  ag‘darib  tashlashi,  o‘zlariga  xayrixoh  rejim  o‘rnatishi,  amaldagi  hokimiyatga 
oppozisiyani moddiy ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘ladi degan xulosani bildirishgan. 
Barcha  xorijiy  mamlakatlar  amaliyotida  korrupsiyaning  oldini  olishda  samarali 
kriminologik  tadqiqotlardan  foydalanishga  alohida  e’tibor  beriladi.  Xususan,  Skandinaviya 
davlatlari - Daniya, Finlyandiya, Islandiya, Norvegiya va Shvesiya adliya vazirlari tomonidan 
1962 yilda tashkil etilgan Kriminologiya bo‘yicha Skandinaviya kengashi bu mamlakatlarda 
jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatini shakllantirishda ishtirok etishadi. Kengashning asosiy 
maqsadlari  –  ishtirokchi  mamlakatlarda  kriminologiya  tadqiqotlarni  muvofiqlashtirish, 
jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hukumatlarga tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi. Bu 
mamlakatlardagi  jinoyat-huquqiy  doktrinada  axloqiy  kategoriyalar  va  ijtimoiy  qadriyatlar 
tizimi alohida o‘rin tutadi. Kriminologiya bo‘yicha Skandinaviya kengashi 15 ta a’zodan – har 
bir davlatdan uchtadan vakil, ikkitasi taniqli kriminolog va bitta adliya vazirligi vakilidan iborat 
. Skandinaviya mamlakatlari aholisi huquqiy ongiga ijtimoiy tenglik g‘oyasi, jamoatchilik va 
yuridik institutlarga ishonch, shaxs darajasida har xil hodisalarga bag‘rikeng-lik, shuningdek, 
“jinoyat”,  “jinoyatchi”,  “jazo”  va  “javobgarlik”  singari  huquqiy  kategoriyalarga  nisbatan 
namoyon bo‘luvchi umumiy adolat hissi xos hisoblanadi . Umuman Skandinaviya mamlakatlari 
uchun  jinoyatchilikning  ijtimoiy  ildizlari  asosiy  kriminogen  dominant  degan  qarash  ustunlik 
qiladi.  Skandinaviya  davlatlari  tajribasi  shuni  ko‘rsatadiki  korrupsiyaga  qarshi  samarali 
kurashni  tashkil  qilish  uchun  kriminologik  tadqiqotlarni  yanada  rivojlantirish,  bunda  huquq 
yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalar kriminologiya sohasidagi tad-qiqotlarni 
muvofiqlashtirish  maqsadga  muvofiqdir  .  Shuni  aytish  lozimki,  Transperensi  Interneyshnl 
(Transparency  International)  tashkiloti  tomonidan  2009  yilda  e’lon  qilingan  jahon 
mamlakatlarining  korrupsiyalashganligi  darajasini  aks  ettiruvchi  reytingda  Skandinaviya 
mamlakatlarida  bu  ko‘rsatkich  eng  past  darajada  ekanligi  qayd  etilgan.  Unga  ko‘ra,  Yangi 
Zelandiya, Daniya, Singapur, Shvesiya, Shveysariya, Finlyandiya mamlakatlari bu borada eng 
past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan davlatlar hisoblanadi. 
Korrupsiya,  eng  avvalo,  har  qanday  mamlakatda  davlat  apparatining  xalq  oldidagi 
minimal  majburiyatlarini  bajarishda  ojizligini  anglatadi.  Bu  Afrika,  Lotin  Amerikasi  va 
Osiyoning  ko‘pgina  rivojlanayotgan  davlatlarini  ham  qamrab  olgan  va  mazkur  mamlakatlar 
uchun  jiddiy  muammolardan  biri  hisoblanadi.  Bu  mamlakatlarning  barchasida  korrupsiya 
xalqning  qashshoqligi,  mamlakatning  qoloqligiga  sabab  bo‘lmoqda.  Xususan,  Gonkongda 
tashkil  etilgan  Korrupsiyaga  qarshi  kurashuvchi  mustaqil  komissiya  mazkur  faoliyatda 
muvaffaqiyatli  va  keskin  choralarni  amalga  oshira  oluvchi  institutlarga  namuna  bo‘lishi 
mumkin.  Hokimiyat  idoralari  faoliyatini  sinch-kovlik  bilan  –  rasmiy  institutlar,  alohida 
fuqarolar tomonidan monitoring qilib borish, shuningdek, aybdorlarni sud ta’qibi Gonkongdagi 
korrupsiyaga qarshi kurashning asosi sifatida xizmat qiladi. 
AQSHda korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan maxsus qonun hujjati qabul qilingan. 
“Foreign  Corrupt  Practices  Act”  deb  nomlangan  mazkur  qonun  hujjati  Amerika 
kompaniyalarini  shartnomalar  tuzishda  imtiyozlar  va  kafolatlar  olishda  xorijiy  mansabdor 
shaxslarga pora berganlik uchun javobgarligini belgilaydi. 
Singapurning  sobiq  bosh  vazirlaridan  Li  Kuan  Yu  (1959-1990)  “Qachonki  hokimiyat 
xalq ishonchini oqlash uchun emas, shaxsiy boylik orttirish maqsadida faoliyat yurita boshlasa, 
bu  axloq  muammosi  hisoblanadi.  Uzoq  vaqt  mavjud  bo‘lishini  istagan  jamiyat  halollik 
prinsipiga  amal  qilishi  lozim,  aks  holda  jamiyat  yashay  olmaydi.  «Korrupsiyani  to‘xtatib 
qolishning  eng  oson  usuli  mansabdor  shaxslarning  o‘z  bilganlaricha  harakat  qilishlari 
imkoniyatlarini kamaytirishda» degan edi . Shuni ta’kidlash joizki, Singapurning korrupsiyaga 
qarshi siyosati bu milliy qadriyatlarga amal qilishdan ko‘ra ko‘proq zaruriyat tufayli amalga 


273 
oshirildi.  Singapur  xorijiy  investisiyalarni  mamlakatga  jalb  qilish  uchun  ularni  noto‘g‘ri 
maqsadlarda  foydalanish  imkoniyatini  yo‘qqa  chiqardi.  Transperensi  Interneyshnl 
(Transparency  International)  tashkiloti  e’lon  qilgan  2009  yil  mamlakatlarning 
korrupsiyalashganligi  darajasini  aks  ettiruvchi  reytingda  Singapur  korrupsiya  darajasi  past 
bo‘lgan  uchinchi,  Osiyo  mamlakatlari  ichida  esa,  birinchi  o‘rinda  turishi  qayd  etildi. 
Mamlakatda  sodir  etilgan  ayrim  korrupsiya  hodisalari  ro‘y  berganda  uning  ishtirokchilari 
tergov  qilinib,  aybdorlar  sudlanib  jazoga  tortilgan.  Shuni  alohida  qayd  etish  kerakki, 
korrupsiyaga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda. Singapurda korrupsiyaga qarshi kurashga 
rahbarlik  bevosita  siyosiy  rahbarlar  va  mansabdor  shaxslarning  o‘zlari  tomonidan  amalga 
oshiriladi  va bu jamoatchilik tomonidan  qo‘llab-quvvatlanadi.  Korrupsiyaga  qarshi  kurashga 
ixtisoslashgan  organ  Korrupsiya  hodisalarini  tergov  qilish  Byurosi  hisoblanadi.  Bu  mustaqil 
organ  korrupsiya  bilan  bog‘liq  ishlarni  tergov  qiladi  va  Singapur  iqtisodiyotining  davlat  va 
xususiy sektorida uning oldini olish chora-tadbirlarini ko‘radi. Byuro 1952 yilda tashkil etilgan, 
uning vakolatlari “Korrupsiyaning oldini olish to‘g‘risida”gi Aktda belgilab qo‘yilgan. Uning 
rahbari  direktor  hisoblanadi  va  bevosita  Bosh  vazir  oldida  hisobdor  sanaladi.  Bu  biror-bir 
vazirning uning faoliyatiga aralashishiga, tergovni to‘xtatish va boshqacha ta’sir qilish mumkin 
emasligiga xizmat qiladi. Byuroga davlat xizmatida halollik va sotilmaslik prinsipi amal qilishi, 
xususiy  sektorda  korrupsiya  aralashmagan  bitimlar  tuzilishi  uchun  javobgarlik  yuklatilgan. 
Shuningdek,  uning  vazifalari  qatoriga  davlat  mansabdor  shaxslarining  o‘z  vazifalarini 
suiste’mol  qilish  holatlarini  tekshirish  va  shunday  holatlar  aniqlanganda  tegishli  organlarga 
intizomiy javobgarlikka tortish haqida ma’lumotlar berish vazifalari ham kiradi. Byuro davlat 
organlarining korrupsiya-lashishi sabablarini, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan davlat 
xizmatining zaif tomonlarini ham o‘rganadi. Singapurda (Moliya vazirligi) 1973 yil iyul oyidan 
boshlab  maxsus  korrupsiyaga  qarshi  kurash  Dasturi  amalga  oshirila  boshlangan.  Dasturda 
qisman quyidagilar nazarda tutilgan edi: fuqarolar va tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni turli xil 
sansalorliklar  va  sudrashlarga  yo‘l  qo‘ymaslik  maqsadida  takomillashtirish;  yuqori  turuvchi 
mansabdor shaxslarning quyi turuvchi mansabdor shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirishda 
oshkoralikni  ta’minlash;  barqaror  korrupsiyaviy  bog‘lanishlarning  oldini  olish  maqsadida 
mansabdor shaxslar rotasiyasini kiritish; to‘satdan tekshirishlar o‘tkazish; korrupsiyaga qarshi 
kurashda  muhim  hisoblangan  ma’lumotlarning  maxfiyligini  ta’minlash;  korrupsiyaga  qarshi 
kurash choralari majmuini har 3-5 yilda qayta ko‘rib chiqish. 
O‘tgan  asrning  90-yillarida  yapon  tadqiqotchilari  korrupsiyaviy  jinoyatchilikni 
kamaytirishda:  hokimiyat  tuzilmalari  faoliyati  to‘g‘risida  ma’lumotlarni  oshkoralashtirish, 
mansabdor  shaxslarni  nazorat  qilish  uchun  markaziy  va  mahalliy  miqyosda  mustaqil 
ombudsman institutini joriy etish, shu turdagi jinoyatlarga qattiq jazo tayinlash (deputatlikka 
saylanishdan mahrum qilish, umrbod yuqori lavozimga ko‘tarilishdan mahrum qilish, saylov 
guruhidagi  shunga  aloqador  kishilarni  jazolash),  saylov  kompaniyalarini  moliyalashni  to‘la 
davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshirishni taklif etgan edilar. Yaponiyada korrupsiyaga 
qarshi  kurashish  bilan  birga  noto‘g‘ri(tuhmatdan)  pora  olish  haqida  xabar  berish  ham,  pora 
oluvchilarga nisbatan belgilangan jazoga – uch yil muddatga katorga jazosi yoki jarima jazosiga 
tortilishi  mumkin.  Jinoyat  qonunchiligida  amalga  oshirilgan  islohotlar  orqali  bir  qator 
mansabdorlik  jinoyatlariga  beriladigan  jazolar  og‘irlashtirildi.  Masalan,  davlat  va  jamoat 
arboblarining  mansabdorlik  vakolatlari  bilan  hokimiyatni  suiste’mol  qilishiga  2  yilgacha 
katorga  yoki  turma  qamog‘i  jazosi  belgilandi.  Ilgari  bunday  jinoyat  uchun  shaxs  6  oygacha 
shunday jazoga tortilardi. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish har bir 
davlat  siyosatining  eng  ustuvor  yo‘nalishlaridan  biri  bo‘lib  qolmoqda.  Korrupsiyaga  qarshi 
muvaffaqiyatli kurash tizimini barpo etish bu borada keng ko‘lamli xalqaro hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yish  va  xorijiy  mamlakatlarning  ilg‘or  tajribasini  o‘rganish  hamda  unga  tanqidiy 
yondoshgan holda milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etishni taqozo qiladi. 
Jamiyatni  har  tomonlama  rivojlantirish  har  bir  mamlakat  oldida  turgan  asosiy 
vazifalardan biri hisoblanadi. Shunday davlatlar borki, ularning har birida korrupsiyaga qarshi 


274 
kurash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar va unga qarshi kurashish to‘g‘risida normativ hujjatlar 
qabul  qilingan.  Haqiqatan,  korrupsiya  muammosi  bugungi  kunda  dunyo  miqyosida  o‘z 
yechimini  talab  etayotgan  birinchi  masalalardan  biri  hisoblanadi.  Shu  bois  ham,  jahon 
hamjamiyati bu illatga qarshi keskin kurashmoqda. Bu yo‘nalishda bir qator xalqaro hujjatlar 
ham  qabul  qilingan  bo‘lib,  BMT  homiyligida  qabul  qilingan  korrupsiyaga  qarshi  kurashish 
rezolyusiyasi  (1995  y.),  Davlat  mansabdor  shaxslarining  xalqaro  axloq  kodeksi  (1996  y.), 
Xalqaro tijorat tashkilotlarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurashish deklarasiyasi (1997 
y.), Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi (2000 y.), Korrupsiyaga qarshi 
konvensiya (2003 y.) va boshqalar shular jumlasidandir. 
Hozirgi  kunda  korrupsiya  haqida  gapirar  ekanmiz  bu  kuning  eng  muhim  va  dolzarb 
masalalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Korrupsiya deb ataluvchi ushbu illatga qarshi nafaqat bizning 
mamlakat balki dunyodagi barcha mamlakatlar kurashib kelmoqda. Shuningdek, respublikamizda 
korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar, dasturlar qabul qilindi 
va ular bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 
Korrupsiyaga  qarshi  kurashda  muvaffaqqiyatga  erishgan  mamlakatlar  mamlakatlar 
tajribasidan foydalanish maqsadida, “Transparency International” xalqaro tashkilotining 2020 yilgi 
reytingida eng yuqori o‘rin egallagan 7 ta mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. 
1. Daniya qirolligi davlati korrupsiyaning minimal darajasi bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi 
uchta  reytingdan  birini  egallagan  bo‘lib,  davlat  va  tijorat  sektorining  o‘zaro  ta’siri  orqali 
korrupsiyaga qarshi kurashishda eng katta yutuqlarga 2000 yillardan boshlab erishgan[1]. 
Natijada vazirlar va mansabdor shaxslar o‘zlarining mavqeyidan shaxsiy manfaatlari yo‘lida 
foydalanishlarining  oldini  olish  maqsadida  chet  el  kompaniyalaridagi  o‘z  aksiyalarini  sotishga 
majbur bo‘ldilar. 
Biroq, o‘tkazilgan bir qancha islohotlarga qaramay mamlakatda korrupsiya holati oz bo‘lsa 
ham  saqlanib  qolmoqda.  Bu  holatlar  ko‘proq  Daniya  kompaniyalarining  xorijiy  maydondagi 
faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, davlat va biznes o‘rtasidagi korrupsiyaga qarshi hamkorlikning asosiy 
ahamiyati  xalqaro  savdo  muammolariga  qaratilgan.

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish