1.Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish;
2.Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
3.Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;
4.Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5.Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta‘minlash hamda chuqur
o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish
.
Strategiyada alohida e‘tibor davlat suvereniteti va erkinligini kuchaytirishga, uning xalqaro
munosabatlarning teng huquqli a‘zosi sifatida o’sib borayotgan o’rni, rivojlangan demokratik
mamlakatlar qatoriga kirib borishi, atrofida xavfzlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini
shakllantirish, mamlakatni xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratildi.
Shu munosabat bilan, BMTning O’zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Fraser
strategiya va uning asosida qo’shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo’yicha amalga
oshirilayotgan yangi tashqi siyosat yondashuvi nafaqat O’zbekiston, balki butun Markaziy
Osiyoning kelajakdagi farovonligi va barqaror rivojlanishining kafolati bo‘lganligini ta‘kidladi.
247
Bundan tashqari, xalqaro ekspertlarning fikricha, Harakatlar strategiyasini qabul qilish va amalga
oshirish suveren O’zbekistonni rivojlantirishda yangi ustun bo‘ldi.
Strategiyaning mazmun va mohiyatiga tayanib, uning asosiy xususiyatlarini hisobga
olishimiz kerak. Birinchidan, Strategiyani qabul qilish bugungi o’zbek jamiyatida jiddiy
muammolar mavjudligini tan olish ekanini anglatadi. Bunday holatda, ushbu muammolarni
yechish ham ularning to’g’ridan to’g’ri tan olinishidan boshlanadi. O’zbekistonning yangi
rahbariyati Harakatlar Strategiyasi doirasida keng ko’lamli va tarixiy islohotlarni yo’lga qo’yish
orqali muhim qadamni qo’ydi.
Ikkinchidan, birinchi marta bunday keng ko’lamli dastur Hukumat va xalq o’rtasida
to’g’ridan to’g’ri muloqot orqali qabul qilindi. Avval uni qabul qilish strategiyasining loyihasi
ommaviy axborot vositalarida va Internetda e‘lon qilindi va har bir fuqaro o’z fikrini bildirish,
qarashlari bilan bo’lishish va unga o’zgartishlar kiritishga imkon yaratdi. Shu nuqtayi nazardan
qaraganda o’zbek xalqi, jumladan, ekspertlar hamjamiyati vakillari, xususiy sektor, tadbirkorlar,
nodavlat tashkilotlar, hatto xorijiy ekspertlar ham strategiyaning hammualliflari bo’lishdi. Shu
orqali xalq qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etish uchun haqiqiy imkoniyatni qo’lga kiritdi va
bu umummilliy muhokama mavzusiga aylandi.
Uchinchidan, Strategiya nafaqat hujjat, balki haqiqiy harakatlar va aniq choralar uchun yo’l
xaritasi bo‘ldi. Bu balandparvoz gaplar yoki piar kampaniyasining populist deklaratsiyasi emasdi.
Negaki, bugun O’zbekistonda ijobiy va dinamik o’zgarishlar kuzatilmoqda. O’zbekiston
viloyatlariga ko’plab tashriflar aholiga Prezident bilan muloqotga kirishish imkonini bermoqda.
Hukumat va mintaqaviy darajada tez-tez o’zgarishlar, shuningdek, islohotlarga moyil bo’lgan yosh
vazirlarni tayinlash O’zbekiston rahbariyatining modernizatsiya qilishga qaratilgan jiddiy
e‘tiborini tasdiqlaydi.
To’rtinchidan, O’zbekiston Markaziy Osiyo bo’yicha demografik ko’rsatkichlari eng yirik
bo’lgan davlat hisoblanadi. Mintaqaning deyarli yarim aholisi O’zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Mustaqillikdan buyon O’zbekiston aholisi 50 foizga (20 milliondan 32,5 milliongacha) oshdi. Bir
so’z bilan aytganda, mintaqadagi har ikkinchi odam O’zbekiston Respublikasi fuqarosi
hisoblanadi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo aholisining yarmi rivojlanishning yangi bosqichiga
o’tdi.
Shu munosabat bilan, Strategiyani amalga oshirish nafaqat O’zbekistonga, balki butun
Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy ta‘sir ko’rsatishi mumkin. O’zbekiston mintaqaning barcha
davlatlari, jumladan, Afg’oniston bilan chegaradosh. O’zbekistonning faol mintaqaviy siyosati va
butun dunyoga ochiqligi Markaziy Osiyoda yangi siyosiy voqea bo’ldi.
2017 yil davomida yurtimizda yashab kelayotgan, lekin fuqaroligi bo’lmagan 1100 dan ortiq
shaxsga O’zbekiston fuqaroligi berildi. 2017 yilda viloyatlardagi 60 dan ortiq chegara-postlar olib
tashlandi.
Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligini tashkil etildi. Ushbu Agentlikning
Xalq qabulxonalari qoshida faoliyat olib boradigan Davlat xizmatlari markazlari nafaqat
tadbirkorlarga, balki butun xalqimizga tezkor va sifatli xizmat ko’rsatadi.
2020 yilda Moskvadagi Karnegi tahlil markazida O’zbekiston prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning 4 yillik prezidentlik davri haqida maqola e‘lon qilindi. Muallif Yuriy Saruxanyan
mamlakat Mirziyoyev davrida qanday o’zgarganini tahlil qilgan. Maqolaning qisqacha mazmunini
keltitamiz:
Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelgach, oldingi rahbariyat tanqid qilinishiga sabab
bo’lgan deyarli barcha muammolarni hal qildi. Endi uning oldida so’nggi yillarda paydo bo’lgan
yangi muammolarni hal qilish vazifasi turibdi. Islohotlarni amalga oshirish yildan yilga qiyin
bo’lib boraveradi.
Shavkat Mirziyoyev uchun 2020 yil birinchi prezidentlik muddatidagi so’nggi yil bo’ladi.
O‘rtda qolgan vaqt davomida mamlakatda ham, dunyoda ham uni islohotchi prezident sifatida
bilishdi. Mirziyoyev prezidentlikka kelishi bilan keng ko’lamdagi islohotlar amalga oshirilishini
ma‘lum qilgandi. Chindan mamlakatda o’zgarishlar boshlandi: iqtisodiyotda liberallik ko’zga
248
tashlandi, so’z erkinligining dastlabki ko’rinishlari paydo bo’la boshladi, siyosiy elita esa dunyo
bilan muloqotga kirishdi.
Mirziyoyevning islohotlari butun millat tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Islohotlarga
ko’nikkanlar ham, uni qabul qila olmaganlar ham bo’ldi. Koronavirus esa islohotlarning beliga
tepidi.
Mirziyoyev keyingi yil ikkinchi muddat uchun nomzodini qo’yishi kutilmoqda. To’g’risi,
saylovlarda juda katta raqobat kutish qiyin. Prezidentni hozir boshqa savol o’ylantirayotgan bo’lsa
kerak: amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirish kerakmi yoki yanada aniqroq islohotlarga
o’tish? Axir Mirziyoyev davrida o’zbek xalqi ancha talabchan bo’lib ulgurdi.
Islom Karimov vafotidan keyin Shavkat Mirziyoyev mamlakat rahbarligiga kelganida,
jamoatchilik uning islohotlar rejasiga ishonishda ehtiyotkorlikni unutmadi. Ayrimlar 13 yil oldin
hukumatda ish boshlagan odam islohotchi bo’lishiga ishonqiramagandi, biroq Mirziyoyev chindan
ko’p narsani o’zgartirdi. Karimov davrida ko’p tanqid qilinadigan sohalarda vaziyat yaxshilandi:
iqtisodiyot, jamoatchilik siyosati va xalqaro aloqalar borasida o’zgarishlar ro’y berdi. O’zbekiston
qamoqxonalaridan ko’plab siyosiy mahbuslar ozodlikka chiqarildi. Keksayib qolgan bu insonlar
endi mamlakat xavfsizligiga hech qanday ta‘sir ham o’tkazmayotgandi. Jasliqdagi turli qiynoqlar
bilan nomi chiqqan qamoqxonani ham yopdi.
2005 yildan buyon ilk marta AQShning xalqaro din erkinligi bo’yicha komissiyasi
O’zbekistonni 2020-yil noyabr oyida «qora ro’yxati»dan chiqardi. Rasmiy Toshkent qo’shnilar
bilan munosabatlarni yaxshilay boshladi. Qirg’iziston va Tojikiston bilan chegara, transchegaraviy
daryolar masalalari muhokama qilindi. O’zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari
muloqoti tiklandi va besh davlat rahbarlari 2018 va 2019 yillarda o’zaro uchrashuvlar o’tkazishdi.
Mirziyoyev dunyo hamjamiyatini O’zbekistonga investitsiya kiritish foydali va xavfsiz
ekaniga ishontira boshladi. Bu esa chinakam kutilmagan qadam edi. Hukumat valyuta kurslarini
tartibga keltirib, valyuta operatsiyalarini osonlashtirib qo’ydi. Bank tizimi isloh qilindi va xorijiy
investorlar uchun to’siqlar bekor qilindi.
Mirziyoyev o’z atrofida yaxshi jamoa to’plashga ko’p vaqt sarfladi. Uning davrida deyarli
barcha vazirlar almashdi, tashqi ishlar vaziridan tashqari. Katta lavozimlarga yosh kadrlar keldi.
O’zbek rahbarining ko’rinishi o’zgardi: endi ular faqat kabinetda o’tirmaydi, aksincha odamlar
bilan faol muloqotga kirishgan, ijtimoiy tarmoqlarda ham faollashgan. Ular endi nafaqat mahalliy
jurnalistlarga, balki xorijiy OAV vakillariga ham intervyu bera boshlashdi. Rahbarlar endi
muammolar haqida ochiq gapirishmoqda. Endi rahbarlar muammoli joylarga yetib borishmoqda.
Masalan, Urganchda uylari buzilib kompensatsiya ololmagan odamlar katta trassani yopib
qo’yganda bosh vazir Abdulla Aripovning shaxsan o’zi u yerga yetib borib, aholi bilan muloqot
qilgandi. Hatto Mirziyoyevning o’zi uzoq yillar rahbar ko’rmagan tumanlarga bormoqda.
Biroq muammolar kamayib qolgani yo’q. Hamon yuqori lavozimlarga tanish-bilishsiz
erishish qiyin. Katta kadrlar yoshlarning o’sishiga hamon qarshilik qilmoqda. Hududiy rahbarlar
eskichasiga, qo’rslik bilan boshqaruvni amalga oshirishi holatlari kuzatilib turibdi. Mirziyoyevga
kuchli kadrlar yetishmayapti.
2016 yilgacha o’zbek ommaviy axborot vositalari koma holatida edi: gazetalarni hech kim
o’qimas, ular majburiy obuna hisobigagina kun ko’rayotgan, televideniye sovetlar davridagidan
farq qilmas, internet saytlar rasmiy press-relizlarni qayta nashr etish bilan kifoyalanardi. Shavkat
Mirziyoyev davrida barchasi keskin o’zgardi. OAV chinakamiga jamiyatning hayot tarzini
ko’rsata boshladi. Oldinlari nomini faqat sekingina aytish mumkin bo’lgan xorijiy saytlar ochildi.
Jurnalistlar himoyasi uchun butun boshli agentlik va fondlar ochildi.
Bugun o’zbek nashrlarida har qanaqa tanqidni uchratish mumkin. Mamlakatda mashhur
blogerlar paydo bo’la boshladi. Rahbarlar esa o’z axborot xizmatiga e‘tibor bermoqda. To’g’ri,
hali to’la erkin matbuotgacha ancha bor, hamon teginish mumkin bo’lmagan mavzular saqlanib
qolmoqda, ammo o’zgarish chindan yaxshi tomonga bo’lmoqda.
OAV shunchalik katta obro’ga ega bo’ldiki, rahbarlar jurnalistlar tanqidiga uchramaslik
uchun o’z faoliyatini, o’zini tutishini nazorat qilishga majbur bo’lmoqda. Masalan, pandemiya
davrida axborotni yashirishning imkoni bo’lmayapti, chunki bu haqda OAV va blogerlar
249
sahifasida baribir ma‘lumot berilmoqda. Avval hukumat shunchaki hech nima aytmay qo’ya
qolgan bo’lardi.
Biroq hali o’zgartirish kerak bo’lgan narsalar ko’p: partiyalar nomigagina ishlamoqda,
monopol kompaniyalarga hamon imtiyoz berilmoqda. To’rt yil - islohotlarning dastlabki
hayajonlari tugashi uchun yetarli muddat. Bu ayniqsa iqtisodiyotda sezilmoqda. Bir tomondan,
hukumat soliqlar va xususiylashtirish kabi muhim sohalarda islohot amalga oshirdi. Boshqa
tomondan qat‘iy proteksionizm iqtisodiy siyosatning asosiy falsafasi bo’lib qolmoqda, mahalliy
monopolistlar uchun subsidiyalar va imtiyozlar raqobatni bo’g’ishda davom etmoqda,
xususiylashtirish jarayoni esa shaffof emas. O’zbekiston iqtisodiyoti hukumatdagilar buni
o’zgartirish uchun harchand urinmasin, avvalgi kabi lobbistlarning tor doirasi manfaatlari uchun
xizmat qilishda davom etmoqda.
O’zbekistonda ulkan byurokratik apparat o’sishda davom etmoqda. Hali hal etilmagan eski
muammolar qatoriga yangilari qo’shilmoqda. Amaldorlarni haqiqiy holat emas, ko’proq
hisobotlarda KPI (samaradorlik eng muhim ko’rsatkichlari) ijrosi qanday bo’lishi qiziqtiradi.
Hukumat qarorlari niqobi ostida hokimiyatga yaqin bo’lganlar xususiy biznesni siqib chiqarishi
holatlari kuzatilmoqda.
Yuqorida aytilganidek, o’zbek hukumati tanlov oldida turibdi: yoki amaldagi holatni saqlab
qolish yoki tizimli islohotlarga o’tish. Sh.Mirziyoyevning liberal siyosati qaysidir ma‘noda xalqni
talabchan qilib qo’ydi. Endi ular barchasi yanada yaxshiroq bo’lishiga ham ishonmoqda.
2019 yilda The Economist haftalik jurnali dunyoning ikki yuzga yaqin davlati orasidan
O’zbekistonni dunyoda eng ko’p yaxshi tarafga o’zgargan mamlakat sifatida “Yilning mamlakati”,
deb topdi. Darhaqiqat bunaqasi mustaqil O’zbekiston tarixida kuzatilmagan. O’zbekistongacha
qolgan biror bir Markaziy Osiyo davlati bu kabi e‘tirofga loyiq ko’rilmaganligi diqqatga sazovor.
O’zbekiston yaqin-yaqingacha, aksariyat tahlilchilar e‘tirofida, dunyoning "eng yopiq", "eng
mustabid", "eng repressiv" va "diktatura hukmron" sanoqli davlatlaridan biriga qiyos berib
kelingan. Xuddi shu bois ham, O’zbekiston bilan bog’liq kutilmagan bu yangilik xalqaro miqyosda
aks-sado bergan. SH.M.Mirziyoyev mazkur yangilikka 2019 yil 28 dekabr kuni Navoiy viloyatiga
qilgan tashrifi chog’ida alohida to’xtalib, bu kabi e‘tirofning "tagida katta mehnat yotgani"ni qayd
qilib, "Buyuk Britaniyaning juda nufuzli jurnali hech qachon uncha-muncha davlatni bunday
natijaga erishgan davlat, deb maqtamaydi", deb ta‘kidlab o’tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yutuqlar bilan xavolanmasdan "Shunga doimo munosib
bo’lish uchun har kuni, har daqiqa, har soat, har yil o’z ustlarida ishlashlari kerak"ligini qayd
qilganligi diqqatga sazovor.
Yangi O’zbekistonning qanday qilib zamonaviy quldorlik - majburiy mehnatga barham
bergani, yillarki, xalqaro miqyosda jiddiy tanqid, xavotir va tashvishlarga sabab bo’lib kelayotgan
"Jasliq" qamoqxonasini yopgani, ayrimlari bilan hatto suv ustidan urush yoqasiga borib qolgan
mintaqa davlatlari bilan aloqalarini qisqa vaqtning ichida butkul o’nglab olganini inobatga olgan.
O’z o’rnida ta‘kidlash joiz, yaxshi qo’shnichilikka asoslangan mintaqaviy tashqi siyosati -
Shavkat Mirziyoyev prezidentligining xalqaro miqyosda e‘tirof etilgan, xosan diqqat-e‘tiborga
sazovor eng muhim jihatlaridan biri bo’ldi.
Bu kabi o’zgarishlar aksariyat mintaqaviy tahlilchilar e‘tirofida "misli ko’rilmagan", deya
baho topish bilan birga, O’zbekiston yangi prezidentining qat‘iy siyosiy istak va irodasiga ham
yo’yilgan.
Aholisi mintaqada eng yirigi (qariyb 35 million) bo’lgan O’zbekiston iqtisodiyotini
liberallashtirish, asoslarini turfalashtirish va chetdan ko’proq sarmoya jalb etish SH.Mirziyoyev
strategiyasining bosh yo’li deb aytishimiz mumkin.
Necha o’n yillarki tirikchiligi tashqi mehnat migratsiyasi orqasidan o’tayotgan millionlab
fuqarolarini ishli qilish - mamlakatning o’zida yangidan yangi ish o’rinlari yaratish harakatlari
fonida bo’y ko’rsatgan.
O’zbekistonda biznes muhitini yaxshilash masalasiga prezident darajasida e‘tibor qaratilgan.
Shavkat Mirziyoyev 2020 yilni O’zbekistonda Ilm-ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili deb e‘lon qilib, kelasi besh yil ichida raqamli iqtisodga o’tish asosiy maqsad qilib
250
belgilandi. Biznes yuritish muhiti bo’yicha dunyoning eng oldingi ellik davlati safiga kirish
rejalashtirilgan.
Kambag’allikni tugatishga qaratilgan maxsus dasturning ishlab chiqilishi, shuningdek hali-
hanuz mustaqil O’zbekistonning eng og’riqli nuqtalaridan biri bo’lgan korrupsiyaga qarshi
kurashuvchi maxsus idora – Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining tashkil etilishi yilning eng
muhim voqeliklaridan biri sifatida e‘tirof etilishi lozim. Chunki, aynan korrupsiya O’zbekiston
iqtisodini taraqqiy toptirish, mamlakatga yirik miqdordagi chet el saromoyalarini jalb qilish va
ularni harakatga solish yo’lidagi eng asosiy to’siqlardan biri ekanligini har bir fuqaro anglab
yetishi darkor.
SH.Mirziyoyevning 2020 yil 24-yanvardagi mamlakat parlamentiga navbatdagi uchinchi
murojaatida O’zbekiston Prezidenti sifatida mamlakat aholisi orasida kambag’allar ham borligini
rasman va oshkora e‘tirof etib o’tganligi bugungi O’zbekiston hukumati muammolarga panja
orasidan emas, haqiqatga tik boqib, uning yechimiga bel bog’laganligini yaqqol ko’rsatadi.
Darhaqiqat, Prezidentimiz buni ortiq yashirib yurishga haqlari yo’qligini ta‘kidlab o’tganligi
diqqatga sazovor. O’zbekiston Prezidenti kambag’allar soni (4-5 million)ning kichkina emasligiga
alohida urg’u berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |