251
3. KORRUPSIYA VA UNGA QARSHI KURASH BORASIDA
SH.MIRZIYOYEVNING TASHABBUSLARI.
Ma‘lumki, korrupsiya barcha zamonlarda ham may‘naviy-ruxiy tanazzul maxsuli sifatida
ayanchli oqibatlarni yuzaga keltirgan. O‘tmish tariximizdan ham bunga qator misollar keltirishimiz
mumkin. XIII asr boshlarida mo’g’ullar o’ta qudratli Xorazmshohlar davlatini bosib olishidan oldin
Xorazm davlatida korrupsiya hozirgi kundagi kabi o‘ta kuchli edi. Eng achinarlisi
esa, mo’g’ul
qo’shinidan ko’p qo’shinga ega qudratli davlat aynan korrupsiya, hukumatning ahmoqona
qarorlari, Xorazmshoh maslaxatchilarining taxt va mansab qayg’usini birinchi o’ringa qo’ygani
ortidan juda qisqa muddatda yengilgan edi. Natija shaharlar yakson bo’ldi, odamlar qirg’in qilindi.
Chingizxon poraxo’r amaldorlar va hokimlarning og’ziga va burniga kumushni eritib quydirib
aytgan ekan: Sen yeb to’ymaslarni boylik va oltin-kumushlar bilan to’ydiraman. Haromxo’r hokim
va amaldorlarning o’z xalqidan o’g’rilab to’plagan boyliklari ularning og’zidan qaynab chiqdi.
Endi yaqin tarixga nazar solsak, Podsho Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib olishi arafasida
korrupsiya hozirgi kunimizdagidan ko’ra oz emas edi, harbiy qo’shin holati abgor edi. O’sha davr
hukumatining axmoqona boshqaruvi tufayli xalq hukumat uchun jonini tikmadi, ruslarga qarshi
qattiq kurashga otlanmadi.
Eng yomoni esa, o’z haqqini o’g’irlatgan xalqqa, bechoralar, sizlarga o’z haqqingizni
qaytarib beraman, raxbarlaringiz sizni juda qiynab yuboribdi, demadi: Na Chingizxon, na chor
oqposhshosi, na Lenin boshliq bolsheviklar. Bosqinchilar xalqimizni ham raxbarlariga ko‘shib
qirg’in qildi, o’ldirdi, ayollarini zo’rlab, beshikdagi chaqaloqlargacha o’ldirishdi. Afsuski, bu
qonli va sharmandali tariximizdan haliyam dars olmadik. O’tmish xatolardan ham battar
xatoliklarga ortig’i bilan yo’l qo’ydik va qo’ymoqdamiz. Uchinchi marta yuz berish xavfi soya
solib turgan har qanday nom ostidagi va ko’rinishdagi bosqindan endi O’rta Osiyo millatlari ya‘ni
biz omon chiqa olamizmi!? Xulosa qilish uchun hali ham kech emas. Vaqt va imkoniyatlar
tugamadi. Ko’zimizni ochishimiz, g’aflatdan uyg’onishimiz kerak!
Bugungi mustaqillik sharoitida ham afsuski, jamiyatimizda korrupsiya illati o’zining turli
ko’rinishlari bilan taraqqiyotimizga g’ov bo’lmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga
qilgan Murojaatnomasida bu muammoga yana bir marotaba to‘xtalub jumladan shunday degan
edi: Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaratib
bo’lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog’i rivojlanmaydi.
Tadbirkorlar hanuzgacha yer ajratish, kadastr, qurilish, litsenziya, bojxona, bank, davlat
xaridlari kabi sohalarda korrupsiyaga duch kelayotganini Prezident nomiga kelib tushayotgan
ko’plab murojaatlar ham, matbuot va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar ham yaqqol ko’rsatib
turibdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb
qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a‘zolari, ta‘bir joiz bo’lsa, halollik vaksinasi bilan
emlanmas ekan, o’z oldimizga qo’ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning
oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o’tishimiz kerak.
Darhaqiqat mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash, Sh.Mirziyoyev iqtidorga kelgan
dastlabku kunlardan boshlab kechiktirib bo‘lmaydigan eng dolzarb masala sifatida qarala
boshlandi.
2017-yil yanvarda Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi Qonun va 2017-yil 2-fevralda
Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini
amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-
2752) qabul qilindi.
2019 yil 27 mayda O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. 2020 yil
29 iyundagi O’zbekiston Respublikasi.da korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish
bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi Prezident Farmoniga ko’ra Korrupsiyaga qarshi
kurash Agentligi tashkil etildi (PQ-4761).
252
2020 yil dekabr oyida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va U-Report platformasi
yoshlar o’rtasida so’rov o’tkazdi. Unda yoshlarning korrupsiyaga doir qarashlari haqida so’raldi.
Agentlik xabariga ko’ra, O’zbekistonning barcha hududlaridan 15 507 nafar respondent
qatnashgan. Ularning 30 % – xotin-qizlar. So’rovnomada respondentlargna qo’yidagi savollar
berilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |