Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o


Bosh meridianlarning joylashish sxemasi



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

Bosh meridianlarning joylashish sxemasi. 
 
Ulug`bek davridagi ilm-fanning rivojlanishi to`g`risida gap borganda, uning 
shogirdi  Ali  Qushchi  Samarqandiy  yasagan  Dunyo  kartasini  va  Samarqanddagi 
Ulug`bek rasadxonasida turgan Yer shari globusini aytib o`tish lozim.  
XVI  asrda  O`rta  Osiyo  geografiyasi  va  kartografiyasiga  ma’lum  darajada 
hissa qo`shgan  olim va  sayyohlardan Zahriddin  Muhammad Bobur (1483-1530), 
toshkentlik  Muhammad  Mirzo  (1499-1551),  Mahmud  G`ijduvoniy  (XVI  asrning 
birinchi  yarmi),  O`tamish  hoji  va  Sulton  Balxiylarning  nomlarini  aytib  o`tish 
zarur.  Bu  olim  va  sayyohlar  bevosita  kartografik  asar  yaratmasalarda,  geografik 
nomlarni  aniqlab,  ularni  joylashgan  o`rni  haqida  ma’lumot  berganlar  va  kartada 
tasvirlaganlar.  Masalan,  Bobur  asarlaridagi  geografik  nomlarni  qozoq  olimi 
Ch.Valixonov kartaga tushirgan. 
Xoji  Yusuf  globusi.
  XI  asrlarda  Beruniy  tomonidan  yasalgan  Yer  shari 
globusi  va  Ulug`bek  rasadxonasida  turgan  globus  to`g`risida  yuqorida  aytib 
o`tgan edik. Lekin Sharqda undan boshqa globus yaratilgani ma’lum emas. Biroq 
shuni alohida aytib o`tish kerakki, Sharq geograflari va sayyohlari tomonidan  har 
xil  mazmundagi  kartalar  tuzilgan.  Samarqanddagi  O`zbekiston  xalqlari  tarixi  va 
madaniyati muzeyida XIX asrning 80-yillarida xo`jandlik ma’rifatchi  Xoji Yusuf 
Mirfayozov  tomonidan  yasalgan  globus  bor.  Uning  bo`yi  117  sm,  Yer  shari 
aylanasi uzunligi esa 160 sm. Masshtabi 1:25 000 000 bo`lib, 1 sm. da 250 km. ga 
to`g`ri keladi. Globusda meridian va parallellar qora rangda, tropik chiziqlar qizil 
rangda  tasvirlangan.  Bosh  meridian  Afrikaning  eng  g`arbidagi  Yashil  burin 
orollaridan  boshlangan,  ya’ni  Ferro  oroli  meridiani  asos  qilib  olingan  (Bu  orol 
1884  yilgacha  Yevropada  bosh  meridian  hisoblangan).  Shuningdek  Beruniy 
davrida  ham  boshlang`ich  meridian  shu  oroldan  o`tgan.  Globusda  yirik  yozuvlar 
o`yib  yozilgan,  unda  yashil,  qizil  va  boshqa  ranglar  ham  berilib,  mingga  yaqin 
geografik nomlar ko`rsatilgan. Globusda ekvator atrofi 12 burjga bo`linib, har biri 
rangli rasmlar (sher, qo`y, qisqichbaqa, chayon, baliq, ho`kiz va boshqalar) bilan 


bezatilgan.  Umuman,  globus  geografik  va  kartografik  jihatdan  to`la  ma’lumot 
beruvchi  ilmiy  asar  desa  mubolag`a  bo`lmaydi.  Uning  muallifi  Xoji  Yusuf 
Mirfayoz  o`g`li  1842  yilda  Xo`jandda  tug`ilgan  va  diniy  maktabda  o`qib,  13 
yoshida Arabistonga borib 7 yil yashab arab va yunon tillarini o`rgangan. U Misr, 
Yunoniston  va  Suriyada  bo`lgan.  U  ikkinchi  marta  Suriya,  Misr,  Jazoir  so`ngra 
Italiya,  Fransiya,  Ispaniya,  Rossiya  (Moskva,  Peterburg,  Odessa)  va  Turkiyada 
bo`lgan. 
1929 yilda Xoji Yusuf Xo`jand shahrida vafot etgan. 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish