Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o


Mahmud Qoshg`ariy tuzgan dunyo kartasi



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

Mahmud Qoshg`ariy tuzgan dunyo kartasi. 


H.Hasanovning  fikricha,  Qoshg`ariy  o`zidan  bir  oz  vaqt  oldin  o`tgan  ulug` 
olim  Beruniy  asarlaridan  foydalangan  va  boshqa  ma’lumotlar  qo`shib,  O`rta 
Osiyo geografiyasining rivojlanishiga katta hissa qo`shgan.  
Kartografiya  sohasida  yuqoridagi  olimlar  tomonidan  va  muallifi  noma’lum 
bo`lgan  “Hudud  al-olam”  asaridagi  kartalarning  mazmunini  va  ularda 
tasvirlangan  hududlar  taqqoslanilsa,  ulardagi  bir-biriga  o`xshashlik  seziladi.  Bu 
kartalar  Sharq  kartografiyasining  dastlabki  eng  nodir  namunalari  bo`lib,  dunyo 
kartografiyasini rivojlanishiga katta hissa qo`shgan. 
1209  yilda  xurosonlik  Muhammad  Najib  Bakron  Xorazm  shohi  Alovuddin 
Muhammal  ibn  Takashga  Dunyo  kartasini  tuzib  bergan,  kartada  izoh  sifatida 
“Jahonnoma”  kitobini  yozib  bergan.  U  o`z  kartasini  va  izohnomasini  yozishda 
Beruniy va Istaxriylarning asarlaridan foydalanilganligini aytadi. 
N.Bakronning  kartasi
  katta  gazlamaga  chizilgan.  Kartadagi  shartli  belgilar 
to`g`risida  u  shunday  deb  yozgan:  “…kichik  doiralar  shaharlar  o`rnidir”.  Bu 
doirachalar  yoniga  o`sha  shaharlarning  nomi  yozilgan.  Dengizlar  yashil  rangda, 
nomi  esa  qizil  rangda,  daryo  va  soylar  qizil  chiziqlar  bilan,  nomlari  esa  qizil 
rangda,  tog`lar  to`q  qizil  rangda,  cho`llar,  qumliklar  va  toshloq  yerlar  sariq 
rangda, shimoldagi qorli o`lkalar oq rangda tasvirlangan. 
Kartografiya fani uchun bu kartaning ahamiyati shundaki, kartada parallellar 
va meridianlar berilgan, bu esa sharq kartografiyasida deyarli birinchi voqea edi. 
Afsuski  bu  noyob  karta  saqlanib  qolinmagan.  Lekin  unga  izoh  bergan, 
“Jahonnoma” hozirgi vaqtda mavjud. 
XV asrning birinchi yarmi O`rta Osiyo va Xuroson tarixida uyg`onish davri, 
iqtisodiyot  va  madaniyat,  savdo-sotiq,  fan  va  qurilish  yuksalgan  davr  bo`lib 
hisoblanadi.  Shu  davr  geograf-sayyohlaridan  biri  Xofizu  Abru,  uning  asli  ismi 
Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfilloh al-Xavofiy (1362-1431). U temuriylar saroyi 
tarixchisidir.  U  o`zining  asarlariga  ba’zan  ilova  tariqasida  ayrim  hududlarni 
kartasi  yoki shaharlar sxemasini ham chizib ko`rsatgan (o`sha davrda karta, plan 
va  sxemalarni  suratlar  deb  yuritilgan).  Bu  suratlar  ichida  eng  muhimi  “Dunyo 
kartasidir”.  Bu  kartaning  o`lchami  34-45  sm  bo`lib,  unda  graduslar  to`ri 
chizilgan.  O`rta  asr  sharqda  tuzilgan  kartalarning  faqat  uchtasida,  ya’ni  Najib 
Bakron  kartasida  (1209  yil),  Xandalloh  Kazviniy  kartasida  (1340  yil)  va  Xofizu 
Abru kartasida (1420 yil) graduslar to`ri bo`lgan. Xofizu Abru kartasida graduslar 
to`rlari  doiraning  ichidan  ham,  chekkasidan  ham,  har  5
0
  dan  meridian  va 
parallellar  o`tkazilgan.  Kartada  Yer  shari  yetti  iqlimga  bo`linib,  ularning 
chegaralari kengliklar bilan 0
0
 dan 70
0
 gacha ko`rsatilgan, shimolroq hududlar esa 
har 7-8
0
 orasida tasvirlangan. Bu kartaning bir nusxasi Britaniya muzeyida, bitta 
nusxasi  esa  Toshkentda  saqlanmoqda.  Bu  dunyo  kartasini  prof.  H.Hasanov  – 
Xofizu  Abruning  shoh  asari  deb  juda  katta  baho  berib,  sharq  kartografiyasida 
fahrlansa  arzigulik  asar  ekanligini  ta’kidlaydi.  Shunday  qilib,  Beruniy,  Najib 
Bakron  va  Xofizu  Abru  kartalari  sharq  kartografiyasini  dunyoga  tanitgan 
asarlardir (13-rasm). 
Kartaning matematik asosi bo`lgan geografik koordinatalari, ya’ni kenglik 
va uzoqliklar juda ko`p vaqt davomida o`sha davr olimlari orasida 0
0
 li meridian 
qayerdan  o`lchanadi,  degan  savolga  bir  xil  aniq  javob  bermagan.  Shu  nuqtai 


nazardan  Ulug`bekning  “Ziji  Ko`ragoniy”  jadvali  ham  shu  masalaga  aniqlik 
kiritmagan.  Masalan  buyuk  astronom  Gipparx  (miloddan  avvalgi  II  asrda 
yashagan) Rados oroli bilan Iskandariya shahridan o`tgan uzunlikni boshlang`ich 
meridian  qilib  olgan.  Undan  so`ng  Marin  Tirskiy  va  Ptolomey  “Ostrava 
Blajennix” (Saodat orollari) ni boshlang`ich meridian qilib belgilagan.  
 
 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish