bo`lsin. X-ni (abstsissa) topish uchun 6018 raqamli ordinata chizig`idan A nuqtasigacha
o`lchab (1,2 sm ) uni karta masshtabiga ko`paytiramiz: 1,2 sm x 500m q 600 m. uning
absissa qiymati q 6018 km q 600 m q 6018600 metr, demak kartadagi A nuqtasi ekvator
dan 6018 km 600 m shimolda joylashgan ekan.
Ordinatani topish uchun 3462 absissa chizig`idan A. nuqtagacha bo`lgan
masofani (0,9 sm) karta masshtabiga ko`paytirishimiz 0,9 sm x 500 mq 450 m va
ko`paytmani ordinata qiymatiga qo`shib yozamiz. Bunda o`q 3462 km 450 m bo`ladi.
Bizning nuqtamiz o`q meridianga nisbatan qancha masofada ekanini topish uchun
462 km 450 mertrni 500 km. dan ayiramiz 500 km - 462 km 450 m = 37km 550 m.
Ordinata qiymati 4 raqamli bo`lib, buning birinchi (3-raqami ) raqami 6° li
zonaning tartib nomerini bildiradi. Shuning uchun biz 500 km dan 3462 ni emas, 462
km ni ayirdik. Demak A. nuqtaning ordinatasi 3-zonaning o`q meridianidan 37 km
550 m. g`arbda joylashgan ekan. Ba’zan berilgan to`g`ri burchakli koordinatalar (x,u)
bo`yicha kartada nuqtaning o`rnini aniqlashga to`g`ri keldi.
M: K. nuqtasining to`g`ri burchakli koordinatalari (xq 6017450 uq3462 400
m:) berilgan. Uning kartadagi o`rnini aniqlash uchun avvalo shu nuqta joylashgan
kvadrat aniqlaniladi. Bizning misolimizda K. nuqtasi 17-62 kvadratda ekan. Chunki
X. va U. larning qiymatlaridagi 3-va 4-raqamlar K. nuqtasi joylashgan kvadratni
ko`rsatadi, masshtab: 1:50.000 yoki 1sm da 500 m.
Xq 450 m: 500 mq 0,9.sm. va o`q 400 m: 500 mq0,8 sm.
6° li zona hududning maydoni tekislikka proerksiyalangan o`z hududining
maydonidan kichikroq bo`lib, Yerning sferikligi natijasida kelib chiqadigan xatoga
tuzatish kiritishga to`g`ri keladi. Shuning uchun aniq o`lchash ishlarida 3°li zonalar
qo`llaniladi. Bunda Yer shari 120 ta uch gradusli zonalarga bo`linadi.
To`g`ri burchakli koordinata sistemasida nuqtalarning koordinatalari metr
o`lchovida ifodalanadi. Geografik va to`g`ri burchakli koordinata sistemalari bir-
birlari bilan uzviy bog`langandir.
Biron nuqtaning geografik koordinatasi ma’lum bo`lsa, maxsus formulalar
hamda bu formulalar asosida hisoblab chiqilgan jadvallardan foydalanib, uning
to`g`ri burchakli koordinatasini, aksincha, to`g`ri burchakli koordinatasi ma’lum
bo`lsa, geografik koordinatasini aniqlash mumkin. Ishlab chiqarishda nuqtalarning
koordinatlari berilgan bo`lsa, ularni o`rni maxsus koordinatgraf asbobi yordamida
tushiriladi, nuqta berilib uni koordinatlarini aniqlash kerak bo`lsa, koordinomertr
asbobi bilan o`lchanadi.
Demak, to`g`ri burchakli koordinata sistemasida nuqtaning o`rni har bir
zonaning koordinata boshiga nisbatan aniqlaniladi. Koordinata boshi har bir zonaning
o`q meridiani bilan ekvatorni tasvirlovchi chiziqlarning kesishgan nuqtasidir. Bu
koordinata sistemasining o`qlari Yer sharida ma’lum chiziqdan iborat bo`lganligi
uchun zonalar bir-biri bilan hamda geografik koordinata sistemasi bilan uzviy
bog`langandir.
Do'stlaringiz bilan baham: