Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

Geografik koordinatalar 
 
Yer yuzasini topografik jihatdan o`rganishda hamda karta va plan bilan ishlashda 
joydagi  nuqtalarning  bir-biriga  nisbatan  tutgan  o`rnini  aniqlash  kerak  bo`ladi. 
Nuqtalarning  bir-biriga  nisbatan  tutgan  o`rni  ularning  koordinatalari  bilan  aniqlanadi. 
Boshlang`ich  deb  qabul  qilingan  nuqtaga  nisbatan  biron  nuqtaning  tutgan  o`rnini 
ifodolovchi miqdorlar shu nuqtaning koordinatasi deyiladi. 
 
Topografiyada  Yer  yuzasidagi  hamda  karta  va  planlardagi  nuqtalarning  o`rnini 


Yerga nisbatan aniqlash uchun geografik va to`g`ri burchakli koordinata sistemalaridan 
foydalaniladi.  
 
Nuqtaning  geografik  koordinatasi  deyilganda,  bu  nuqtaning  qaysi  meridian  va 
qaysi  parallelda  joylashganligi  tushuniladi.  Shuning  uchun  geografik  koordinata 
to`g`risida  gapirishdan  oldin,  ekvator,  meridian  va  parallellar  haqida  ma’lumotga  ega 
bo`lishingiz kerak. Shimoliy va janubiy qutblar Yer o`qining ikki uchidir. 
Yer  sharidagi  biror  nuqtadan  Yerning  aylanish  o`qi  orqali  o`tkazilgan  tekislik  - 
meridian tekisligi, bu tekislikning Yer yuzasi bilan kesishishidan hosil bo`lgan chiziqqa 
meridian chizig`i- deyiladi. Meridian Yer yuzasi bo`ylab ikki qutbni o`zaro tutashtiradi 
va u ikki qutb orasidagi eng yaqin masofa hisoblanadi. Yer sharidagi biron nuqta orqali 
Yer o`qiga perpendikulyar qilib o`tkazilgan tekislikka parallel tekisligi, bu tekislikning 
Yer yuzasi bilan kesishishidan hosil bo`lgan chiziqqa parallel deb ataladi. Parallellar har 
doim  doira  shaklida  bo`ladi.  Yer  shari  (ellipsoidi)  markazidan  o`tkazilgan  parallel 
tekislikka  ekvator  tekisligi,  uning  Yer  yuzasi  bilan  kesishishidan  hosil  bo`lgan  chiziq 
ekvatordir. 
Yer  sharida  o`tkazilgan  meridian  va  parallelar  yig`indisi  geografik  to`r  deb 
ataladi.  Kartada  geografik  to`r  yordamida  nuqtalarning  geografik  koordinatalari 
aniqlaniladi. 
Yer yuzasidagi biron nuqtadan Yer markaziga tomon tushirilgan tik chiziq bilan 
ekvator  tekisligi  orasida  hosil  bo`lgan  burchakka,  shu  nuqtaning  geografik  kengligi 
deyiladi.  Nuqtaning  geografik  kengligi  S(fi)  bilan  belgilanadi.  Geografik  kenglik 
ekvatorga  nisbatan  aniqlaniladi.  Yer  sharidagi  biron  nuqtaning  geografik  kengligi  shu 
nuqtaning ekvatordan qancha masofada (gradus hisobida) joylashganligini bildiradi. 
 
Geografik  kenglik  ekvatordan  ikkala  qutb  tomon  meridian  yoyi  0°-
90°gacha  o`lchanadi.  Agar,  geografik  kengligi  aniqlanayotgan  nuqta  ekvatordan 
shimolda  joylashgan  bo`lsa,  shimoliy  kenglik,  janubda  joylashgan  bo`lsa  - 
janubiy kenglik deyiladi. 
Bosh  meridian  tekisligi  bilan  Yer  sharidagi  biror  nuqta  meridian  tekisligi 
orasidagi  hosil  bo`lgan  burchakka,  shu  nuqtaning  geografik  uzoqligi  deyiladi. 
Nuqtaning  geografik  uzoqligi  A,  (lyamda)  bilan  belgilanadi.  Grinvich  meridiani 
bosh  meridian  deb  qabul  qilingan.  Bosh  meridiandan  g`arbda  joylashgan 
nuqtalarning geografik uzoqligi g`arbiy uzoqlik, sharqda joylashgan nuqtalarning 
uzoqligi esa sharqiy uzoqlik deyiladi. 
XIX  asr  o`rtalariga  qadar  Kanar  orollari  gruppasiga  kiradigan  Ferro 
orolidan o`tgan meridian bosh meridian hisoblanar edi. Bu meridiandan tashqari, 
har  bir  mamlakatning  mahalliy  bosh  meridiani  bo`lgan.  Masalan:  Rossiyada 
Pulkova,  Germaniyada  Berlin,  Fransiyada  Parij  meridiani  va  boshqalar.  1884 
yilda  Vashingtonda  bo`lib  o`tgan  xalqaro  geografik  kongrerss  Grinvich 
meridianini  bosh  meridian  deb  qabul  qilishni  taklif  qildi.  Shu  sababli  Rossiyada 
geografik  uzoqlik  Pulkovo  va  Grinvich  meridianlaridan  boshlab  hisoblangan. 
MDHda  Oliy  geodeziya  boshqarmasi  tashkil  qilingan  kundan  (1919  yil) 
boshlaboq  bosh  meridian  qilib  Grinvich  meridiani  qabul  qilindi.  Ba’zi  bir 
kapitalistik mamlakatlarda geografik uzoqlik hozirga qadar mahalliy meridiandan 
boshlab hisoblanadi. Ikki nuqtaning geografik uzoqliklari farki, shu nuqtalarning 
geografik  o`rnini  ifodalash  bilan  birga,  ayni  vaqtda  ularning  vaqt  farqlarini  ham 


ko`rsatadi.  Ma’lumki  15°  uzoqlik  1-soatga  to`g`ri  keladi.  Ba’zi  bir  maxsus 
kartalarda  nuqtalarning  geografik  uzoqliklari  bilan  birga,  ularning  Grinvichga 
nisbatan vaqt farqlari ham ko`rsatiladi. 
 
Geografik  koordinata  butun  Yer  sharidagi  barcha  nuqtalar  uchun  yagona 
sistermadir. Geografik koordinata bo`yicha Yer yuzasidagi har qanday nuqtaning o`rni 
uning  qayerda (quruqlikdami, okeandami) joylashganligidan qat’iy  nazar, aniqlanilishi 
mumkin.  Nuqtaning  geografik  koordinatasi  kartada  yoki  osmon  yoritgichlarini 
astronomik kuzatish natijasida aniqlanadi. 
 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish