4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI
52
deb, dam hamma narsani boshqaradigan boqiy va cheksiz asos – «apeyron» (Anaksimandr taxminan
miloddan avvalgi 611–545-yillar)deb tavsiflaganlar. Anaksimandr hatto jonli mavjudotlarning tabiiy
kelib chiqishi g‘oyasini ilgari surgan. Uning fikricha, mazkur mavjudotlar dengiz suvida vujudga
kelgan va suv o‘tlaridan paydo bo‘lgan. So‘ngra baliqsimon mavjudotlar quruqlikka chiqqan va
ulardan odamlar rivojlangan. Shunga o‘xshash fikrlarni Ksenofan (mil. av. 580–490-yillar) ham ilgari
suradi. U hamma narsa er va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham er va suvdan paydo
bo‘lganmiz», deb hisoblaydi. O‘sha davrning bosh falsafiy masalasi – «hamma narsa nima», degan
savolga javob berar ekan, Pifagor (mil. av. 580–500yillar) «hamma narsa sondir»,degan xulosaga
keladi. U Erning sharsimonligi haqidagi g‘oyani birinchi bo‘lib ilgari suradi. Keyinchalik bu g‘oyani
Parmenid (mil. av. 540-480-yillar) qo‘llabquvvatladi va unga yozma ta’rif beradi. Parmenid faylasuflar
orasida birinchi bo‘lib borliqni kategoriya sifatida tavsifladi va uni maxsus falsafiy tahlil predmetiga
aylantirdi. U haqiqiy borliq mohiyatining o‘zgarmasligi haqidagi g‘oyani ilgari suradi. Parmenid
fikricha, borliq paydo bo‘lmagan va u yo‘q ham bo‘lmaydi, chunki undan boshqa hech narsa yo‘q va
bo‘lishi mumkin ham emas. Borliq yagona (uzluksiz), harakatsiz va barkamoldir. U o‘z chegaralariga
ega bo‘lib, «ulkan mutlaqo yumaloq sharga» o‘xshaydi.Parmenidning yagona, ajralmas, o‘zgarmas va
harakatsiz borliq haqidagi ta’limoti ellinlar dunyosida shuhrat qozondi va eleatlar maktabi vakili
bo‘lgan (samoslik) Melit «Tabiat yoki borliq haqida» deb nomlangan asarida borliq chegarasiz
ekanligini qayd etadi. Uning fikricha, agar borliqning chegarasi borligini tan olsak, bu borliq yo‘qlik
bilan chegaradosh ekanligini anglatadi.Biroq, hamonki yo‘qlik mavjud emas ekan, borliq ham
chegarali bo‘lishi mumkin emas.Shunday qilib, qadimgi yunon falsafasining Suqrotga qadar bo‘lgan
davrida ontologiya sezilarli darajada rivojlanadi: o‘sha davr atoqli faylasuflarining deyarli barchasi
borliq muammosini bevosita yoki bilvosita o‘rganadi, uni, odatda, boqiy va barkamol kosmos, «yagona
tabiat», ya’ni moddiy-hissiy dunyo bilan tenglashtiradi. Masalan, Empedokl (mil. av. 484–421-yillar)
«borliq» atamasini bevosita ishlatmagan bo‘lsa ham, «barcha narsalarning to‘rt negizi» (olov,havo, suv
va er) haqida so‘z yuritar ekan, dunyo (kosmos) tuxumsimon ko‘rinishga ega deb hisoblagan, hayot
nam va issiq suv o‘tlaridan kelib chiqqani haqida mulohaza yuritgan. Demokrit va Levkipp atomlarni
muayyan modda sifatida tavsiflab,ularni «bo‘shliq» – yo‘qlikka zid o‘laroq, «to‘la» yoki «qattiq»
borliq bilan tenglashtirgan. Shu davrda borliqni tushunishga nisbatan dialektik yondashuv ilk bor
namoyon bo‘ladi. U, butun dunyo muttasil harakat va o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi, deb
hisoblagan va shu munosabat bilan «ayni bir narsa mavjud va nomavjuddir» deb qayd etgan Geraklit
(mil. av. 544–483-yillar) ta’limotida, ayniqsa, bo‘rtib ko‘rinadi.Borliq tushunchasini Platon (mil. av.
427–347-yillar) sezilarli darajada kengaytirdi. U nafaqat moddiy, balki ideal narsalar ham borliqqa ega
ekanligini falsafa tarixida birinchi bo‘lib ko‘rsatib berdi. Platon «haqiqiy borliq»bo‘lishi «ob’ektiv
mavjud g‘oyalar dunyosi»ni «hissiy borliq»qa qarama-qarshi qo‘ydi. Bunda u inson ongida mustaqil
mavjud bo‘lgan tushunchalar borlig‘ini ham ko‘rsatib o‘tdi va shu tariqa ilk bor «borliq» tushunchasiga
amalda mavjud bo‘lgan barcha narsalarni kiritdi.
Markaziy Osiyoning eng qadimiy kitobi «Avesto»da, borliq harakatdagi dunyo, butun jonli va jonsiz
narsalarning uyg‘unligidagi mavjudlik, deb ifodalanadi.Keyinchalik falsafa tarixida borliqning ko‘p
sonli har xil talqinlari shakllandi, lekin ularning barchasi borliq haqidagi hissiy va oqilona tasavvurlar
atrofiga u yoki bu tarzda tiziladi. Bunda fikrlar va yondashuvlar rang-barangligi namoyon bo‘ladi.
Xususan, o‘rta asrlar Evropa falsafasida, «haqiqiy borliq – «Xudoning borlig‘i» va «haqiqiy
bo‘lmagan», ya’ni Xudo yaratgan borliq farqlanadi. Sharqning buyuk mutafakkiri Forobiy borliq
muammosini hal qilishda, «vujudi vojib» va «vujudi mumkin»ning o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi.
Uning fikricha, «vujudi vojib» barcha mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarning
birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o‘zga turtkiga muhtoj emas. U mutlaq borliq va
donishmandlik ifodasi. «Vujudi mumkin» esa doimo o‘zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo‘lib,
unda barcha narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. «vujudi
Do'stlaringiz bilan baham: |