Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Borliq va yo‘qlik 

dialektikasi. 

«Borliq bor, yo‘qlik esa – yo‘q», deganida, Parmenid ayni shu holga e’tiborni qaratgan. 

Binobarin, yaxshi, yomon, to‘g‘ri,noto‘g‘ri, quvnoq, sho‘r, oq, qora, katta, kichkina kabi va shunga 

o‘xshash  sifatlar  borliqqa  nisbatan  qo‘llanilishi  mumkin  emas.  Borliqni  biron-bir  koordinatalar 

tizimiga joylashtirib bo‘lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar qilib aytganda, borliqni 

har qanday voqelik ega bo‘ladigan umumiy, universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash 

mumkin. Bu fikr esa amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo‘lishi mumkin, degan xulosa chiqarish 

imkonini beradi.  

«Yo‘qlik»  har  qanday  tilda  amalda  mavjud  bo‘lmagan  narsa  bilan  tenglashtiriladi  va  boshqacha 

tushunilishi  mumkin  ham  emas.  Boshqacha  aytganda,  yo‘qlik  borliqni  inkor  etadi  va  narsa,  jism, 

hodisa,  ong...  (ya’ni  amalda  mavjud  bo‘lishimumkin  bo‘lgan  narsalar)  o‘zligini  yo‘qotgan  holda 

«yo‘qlik» atamasi ayni shuma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka chekindi», mavjud emas 

deyiladi.  Lekin,  sof  falsafiy  ma’noda  bu  fikrni  to‘g‘ri  deb  bo‘lmaydi.  Borliq  va  yo‘qlik  o‘rtasida 

dialektik o‘zaro aloqa mavjud.  



Birinchidan,

  dunyo  haqidagi  hozirgi  tasavvurlarga  ko‘ra,  biz  yashayotgan  Olam  bo‘shliqdan  bino 

bo‘lgan.  Bo‘shliq  materiyaning  alohida  holati.  Bo‘shliq  fizik  borliqning  eng  boy  tipi,  o‘ziga  xos 

potensial  borliq  sifatida  namoyon  bo‘ladi,  zero  unda  mumkin  bo‘lgan  barcha  zarralar  va  holatlar 

mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo‘q. Yana shuni ham e’tiborga olish lozimki, 

fiziklar  (D.A.Landau  va  boshqalar)  nuqtai  nazaridan  biz  yashayotgan  Olam  ham  dunyoda  yagona 

emas,  chunki  u  rivojlanishning  turli  sikllarini  boshidan  kechirayotgan  turli  Olamlarning  cheksiz 

sonidan tashkil topadi. Shu ma’noda borliq va yo‘qlikning o‘zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb 

etadi

11

.  



Ikkinchidan,

 amalda mavjud bo‘lgan narsaning ob’ektiv borlig‘i yo‘qlikka chekinadi, lekin, shunga 

qaramay u haqda gapirilayotgan, ya’ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo‘lsa, bu narsa ongda 

mavjud bo‘ladi va o‘zining «ikkinchi»borlig‘ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob’ektning nusxasi, 

ideal  obrazi  bo‘lib  qoladi.  Shunday  qilib,  o‘tgan  zamondagi  borliq  yo‘qlikdir,  deb  aytish  mumkin. 

Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo‘ladi, u faqat hozirgi zamonda o‘zini namoyon etadi, basharti 

                                                

11

 Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века // Онтология, гносеология, логика и 



аналитическая философия. –СП(б).: 1997 г. с. 93.  



Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish