Seminar mashg’ulotlari
303
Ikkinchisi – hozir qizlarimizning nihoyatda tor jinsi shim va bel bilan kindikni ochib turadigan kalta
kofta kiyishi modada. YOz chillasida shim kiyib, serchang ko‘chalarimizda badanning yarmini ochib
yurish ham gigiena, ham sharqona odob va mintaqaviy axloq bilan sig‘ishmaydigan holat. Bunday
hodisalar yuksak did bilan modaga amal qilish emas, balki ko‘r-ko‘rona modaparastlik, modaning
ketidan quvish, turmush nafosatini jo‘nlashtirish sifatida baholanishi lozim. Ana shunday hodisalarda
turmush estetikasining tahlillari, nazariy xulosalari asqotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |