Seminar mashg’ulotlari
302
SHu taxlit, mehnat estetikasi mehnat jarayonidagi nafosatni faqat sanoat ishlab chiqarishi bilan
chegaralamaydi, dizayndan keng foydalangan holda, o‘zini atrof-muhitni go‘zallashtirish tizmidagi
asosiy omillardan biri sifatida namoyon etadi va texnika estetikasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib
boradi.
Turmush estetikasi deganda biz insonning voqelikka keng qamrovli estetik munosabatini
tushunamiz. U hozirgi paytda o‘z ichiga kiyinishidan tortib, xulqiy go‘zallikkacha, oilaviy
an’analardan tortib, oilaviy makongacha bo‘lgan «estetik doirani» o‘z ichiga oladi. Turmush
estetikasida eng muhimi, odamlarning narsalar dunyosiga, go‘zallik va ulug‘vorlik orqali qarashlari,
estetik didga, ijtimoiy ideallarga o‘ziga xos munosabatlari namoyon bo‘ladi, pirovard natijada u
turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi.
Birinchi navbatda turmush estetikasi insonning xulqiy go‘zallik qonunqoidalariga rioya qilib
yashashini taqozo etadi. Xulqiy go‘zallik esa, oilada jamoat joylarida o‘zni tutishni, boshqalar bilan
muloqotda, kasbiy munosabatlarda muomala odobi va etiket nuqtai nazaridan yondashuvni, o‘zaro
suhbatlarda ham so‘z vositasida (verbal), ham noverbal jihatlarning go‘zal bo‘lishini ta’minlaydigan
ma’naviy hodisadir. Uni estetika va axloqshunoslik kesishgan nuqta, go‘zallikning axloqiylikda,
axloqiylikning go‘zallikda namoyon bo‘lish sharti, desak yanglishmaymiz.
YUqorida aytib o‘tganimizdek, turmush estetikasining qamrovi keng, uning aloqalari kundalik
turmushning estetik muammolari doirasidagina qolib ketmaydi, balki tabiat estetikasi, texnika
estetikasi, atrof-muhitni go‘zallashtirish tizimi va estetik tarbiya singari miqyosli ijtimoiy ma’naviy
hodisalar bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshadi.
Turmush estetikasida moda alohida ahamiyatga ega. Ma’lumki, moda deganda tashqi
madaniyat shakllarining vaqti-vaqti bilan qisman o‘zgarish va takrorlanib turshini tushunamiz.
Bunday takrorlanishlar va o‘zgarishlar iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy, estetik omillar kabi ijtimoiy
asosga ega bo‘ladi. Modani asosiy ko‘pchilik e’tirof etadi, u o‘zini faqat kiyinishda emas, ishlab
chiqarishda ham, siyosatda ham, san’atda ham, fanda ham, hatto mafkurada ham namoyon qila oladi.
U ijtimoiy-estetik mezon sifatida baholash xususiyatiga ega va shu bilan odamlarga nima kerakligini
belgilab beradigan hukmron didga aylanadi. Moda bunda odamlarning yashash tarzidan (stilidan)
kelib chiqib, doimiy ravishda o‘zgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni taklif etadi. Qisqasi,
moda muayyan ma’noda jamiyat yashash tarzining o‘ziga xos shakli, zamonaviy usuli sifatida estetik
tahlilni taqozo qiladi. Zotan, u umumestetik didning darajasi va o‘ziga xosliklarini zamon ko‘zgusida
aks ettirish xususiyatiga ega. SHu jihatdan u, yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘zgaruvchanlik
tabiatiga ega, urf bo‘lgan narsalar, bir davr, hatto bir yil mobaynida modadan chiqib ketishi mumkin.
Masalan, o‘tgan asrning elliginchi yillarida erkak va ayollar tagcharmiga maxsus g‘arch qo‘yilgan
etiklar, tuflilar kiyishardi, yurganda «g‘arch-g‘urch» qilardi. Hozir esa, iloji boricha tovush
chiqarmaydigan, yumshoq poyafzal urf bo‘lgan, ya’ni modada. YOki oltmishinchi yillarda bir oz
demokratik o‘zgarishlar ro‘y berishi tufayli qatag‘on qilinganlar haqidagi asarlar, xususan, Habib
No‘‘monning «YOshlikda bergan ko‘ngil» qissasi urf bo‘ldi, hozir esa, Tohir Malikning
«SHaytanat» romani modada. Bunday holatni «xit» bo‘lgan qo‘shiqlarga va ular ijrochilariga ham
tadbiq etish mumkin.
Ana shunday xususiyatlari bilan moda kishilar estetik tarbiyasiga ta’sir o‘tkazadi. Biroq bu
ta’sir doim ham ijobiy bo‘lavermaydi. Hozirgi, globallashuv jarayonlari qizg‘in ketayotgan davrda,
bir mintaqadan ikkinchi mintaqaga modaning “ko‘chishi” ko‘pincha salbiy xususiyatga ega.
Masalan, biri birining aksi bo‘lgan ikki hodisadagi modani olib ko‘raylik. Biri – hijob. U aslida
sahroga serob arab mamlakatlarida og‘iz-burunni, ko‘zni, umuman, butun badanni qum zarralaridan
asrash maqsadida kiyiladigan libos, keyinchalik u islomiy talabga moslashtirilgan. Bizda esa, uning
vazifasini mintaqaviy fasllarimizga mos keladigan ro‘mol turlari (qishki, bahorgi, yozgi, kuzgi)
bajaradi. Bir paytlardagi paranji hozir modadan chiqib ketgan, qimmatbaho, zarrin (islomda bunday
matolar man etilishiga qaramay), buning ustiga sintetik materialdan tikilgan havo o‘tkazmaydigan
hijob bizning keskin-qit’aviy yozimizda badanni yondirib yuboradi, gigienik nuqtai nazardan zararli.
Do'stlaringiz bilan baham: |