Seminar mashg’ulotlari
300
paytlar fan hissiyotga berilmasdan, sovuqqon va holisona haqiqatni bilishga asoslanadi, degan fikr
hukmron edi, bunga sabab qilib, bunday qarashning majoziy tafakkurdan yiroqligi ko‘rsatilardi.
Hozirgi paytda uning aksi isbot talab qilmaydigan haqiqatga aylangan. Zotan, fan tarixi unda ikki
sifatni – axloqiyshaxsiy va estetik ibtidoning mavjudligini ta’kidlab turadi. Buni V.A. Engelgart
shunday ifodalaydi: «Ijod... – san’atning mohiyati. U xuddi shu darajada fanning ham mohiyatidir.
Har ikki holatda insonning yaratish, ya’ni o‘zligini namoyon qilish qobiliyati muhim. Ilmiy
kashfiyot, xuddi san’at kabi, ijodkorning muayyan xususiyatlarini o‘zida saqlab qoladi va keyingi
hayoti davomida butun insoniyat boyligiga aylanadi»
60
. Zotan ijodiy mehnatni o‘z hayotining
ma’nosi deb bilgan ilm fidoyisigina haqiqiy olimdir.
Hozirgi kunda san’atkor va olimning ijodiy mehnati faqat ichki, hissiyotlar bilan aloqador
shaklda emas, balki tashqi – texnika nuqtai nazaridan ham estetiklashgan. Chunonchi, bugungi
yozuvchi o‘z mehnat jarayonini kompyutersiz, diktofonsiz tasavvur qilolmaydi, rassomlar,
qo‘shiqchilar va boshqalar kompyutpr texnologiyasidan foydalanadilar, elektron cholg‘u asboblari
ham ma’lum ma’noda texnikaning estetiklashuvidan dalolat beradi. Bunday misollarni ko‘plab
keltirish mumkin, barcha hodisalarda dizayner tomonidan mukammallashtirilgan go‘zallik
ijodkorning ma’naviy-ruhiy ko‘makchisiga aylanganini ko‘ramiz.
Mehnat estetikasi texnika estetikasi kabi atrof-muhitni go‘zallashtirish tizimi bilan bog‘liq.
Korxona hovlisidagi yashil olam, favvora, daraxtlar, haykallarning uyg‘unligi, imoratlar peshtoqlari
va devorlarida aks etgan ko‘rgazmali amaliy san’at namunalari, binolar ichining yuksak did bilan
bezatilishi – hammasi inson mehnatini go‘zallashtirishga, mehnat jarayonining estetik zavq bilan
amalga oshuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu taxlit, mehnat estetikasi mehnat jarayonidagi nafosatni faqat sanoat ishlab chiqarishi bilan
chegaralamaydi, dizayndan keng foydalangan holda, o‘zini atrof-muhitni go‘zallashtirish tizmidagi
asosiy omillardan biri sifatida namoyon etadi va texnika estetikasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib
boradi.
Mehnat – insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan maqsadli faoliyat. U
kundalik ma’naviy va moddiy jihatdan odamzot hayotini farovonlashtirish, ma’naviy hamda moddiy
qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson, ayni paytda, ham aqliy ham jismoniy tomondan
tarbiyalanib, ma’naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat og‘ir majburiyatga aylangan joyda uning bu
xususiyatlari yo‘qoladi. SHu sababli, mehnat har jihatdan yuksak samara borishi uchun erkin bo‘lishi,
mehnat jarayoni ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Zotan o‘ziga yoqqan, erkin mehnat turini
bajarayotgan kishilarning «Bu ishni men o‘ynab qilib qo‘yaman» qabilidagi gaplari, erkin mehnatni
o‘yinga qiyoslashlari bejiz emas. O‘yin – san’atning asosi ekanini nazarda tutsak, bu bilan o‘z
kasbini, ishini sevgan odamlar uni ijod darajasiga ko‘tarishga harakat qilayotganini ko‘ramiz. Zotan
sevmoq – erkinlik, ijod esa, erkinlik mevasi. Mehnat erkinligini, unga erkin munosabatni
shakllantirish hamma zamonlarda ham muhim masala bo‘lib kelgan. Og‘ir mehnatni engillashtirish,
erkinlashtirish maqsadida inson qadimdan uni badiiylashtirishga, estetiklashtirishga intilgan. Bunga
halq og‘zaki ijodidagi mehnat turlariga bag‘ishlangan qo‘shiqlar yaxshi misoldir. Ular mehnat
jarayonining qiziqarli, «ichdan» bo‘lmasa ham, «tashdan» go‘zal, musiqiy, badiiy bo‘lib ko‘rinishiga
xizmat qilgan.
Hozirgi paytda mehnat jarayonining ham «ichdan», ham «tashdan» go‘zal bo‘lishini
ta’minlashni uyg‘un tarzda amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etgan. Bunda yana dizaynning hal
qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlash lozim.
Mehnat estetikasida dizaynga bo‘lgan talab ko‘pyoqlamalik tabiatiga ega. Unda faqat
texnikaviy go‘zallik emas, botunisicha texnologik jarayon va ishlab chiqarish joyi – makon go‘zalligi
ham dizayn qonun-qoidalariga bo‘ysunishi: inson – texnika – makon tizimining estetiklashishi ro‘y
beradi.
60
Энгельгарт В.А.
Познание явлений жизни. М., 1984. С.276.
Do'stlaringiz bilan baham: |