Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet393/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

  

 



 

  

  



  

233 


 

 

 



turli shakllari o‘rtasidagi bilvosita aloqadorlik va bog‘liqlik kabi masalalar ham estetik ong, badiiy 

ijod  va  san’at  tabiati  hamda  xu-susiyatlarini  ilmiy  tushunishga  yordam  beradi.  Ayni  mahalda 

estetika fani mustaqil bilim sohasini tashkil etgan holda u falsafaning ravnaq topib borishiga ham 

o‘zining hissasini qo‘shadi. Masalan,  bilish  nazariyasining  yanada rivojlanib,  mazmunan boyib 

borishida badiiy bilish ham muhim o‘rni tutadi. Bilish nazariyasi, badiiy madaniyat qadriyatlari, 

voqelikka  estetik  mu-nosabat,  estetik  tushunchalar,  ayniqsa,  ijtimoiy  ong,  uning  nisbiy 

mustaqilligi haqidagi fikr-mulohazalar ham ko‘p jihatdan san’at bilan bog‘liqdir.  

Estetika  fani  psixologiya  fani  bilan  ham  chambarchas  bog‘liq.  Buni  estetik  tafakkur 

taraqqiyotining barcha bosqichlarida kuzatamiz. Bu yaqinlikning asosi shundaki, voqelikka estetik 

munosabatning barcha tomonlari estetik did yoki estetik his-tuyg‘u, badiiy ijod yoki badiiy idrok 

qilish  jarayonlarining  hammasi  ruhiyat  mezoni  bilan  o‘lchanadi.  Chunki  estetika  muayyan 

darajada insonning ruhiy, his-tuyg‘u holatini ifodalaydi.  

Psixologiya fani estetik munosabatning barcha tomonlarini, jumladan, badiiy ijod va idrok 

jarayonlarini  amaliy  va  nazariy  jihatdan  tadqiq  etadi.  Ayni  mahalda  estetika  fani  inson  ruhiy 

hayotining  eng  murakkab  va  nozik  tomonlarini  qamrab  oladi.  Estetikaning  tarkibiy  qismlarini 

psixologiya fanining erishgan yutuqlari va xulosalaridan keng foydalanmasdan turib tasavvur etib 

bo‘lmaydi.  Ayni  paytda  shuni  ham  unutmaslik  kerakki,  san’atning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini 

o‘rganishda  psixologiya  fanining  ahamiyati  qanchalik  katta  bo‘lmasin,  u  hech  vaqt  estetika 

fanining o‘rnini bosa olmaydi. Zero, o‘tmishda va hozirda voqelikka estetik munosabatning butun 

bir sohasiga psixologiya aqidalarini bosh mezon qilib olib, estetikani mustaqil fan sifatida chetga 

surib qo‘yishga moyillik seziladi.  

Estetika  fanining  hozirgi  davrga  xos  xususiyatlaridan  biri  shuki,  bu  sohaga  kibernetika, 

semiotika  (belgilar  tizimlarini  qiyo-siy  o‘rganish  bilan  shug‘ullanuvchi  bilim  sohasi)  va 

matematika kabi fanlarning usul va vositalari ham izchil kirib o‘rnashayapti.  

Estetika  san’at  va  badiiy  faoliyat  turli  shakl  ko‘rinishlarini  o‘rganadigan  bilim  sohalari 

uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qilar ekan, ayni mahalda u adabiyotshunoslik, musiqashunoslik, 

teatrshunoslik, axloqshunoslik kabi fanlar bilan hamkorlik qilish jarayonida rivojlanib boradi. Bu 

hamkorlik  eng  avvalo  mazkur  fanlarning  ham  san’at  umumiy  nazariyasiga  amal  qilishida 

ko‘rinadi. Masalan, san’-atning xususiy nazariyasi adabiyot, musiqa, tasviriy san’at va boshqa ijod 

sohalarining xususiyatlarini tadqiq etsa, san’atning umumiy nazariyasi san’atning barcha turlari, 

badiiy ijod barcha sohalari amal qiladigan qonuniyatlarning umumiy belgilarini o‘rganadi. Lekin 

san’atning umumiy belgilari sof holda mavjud bo‘lmasligi, ular ayrim san’at turlari xususiyatlari 

orqali ifodalanishini inobatga olib aytish mumkinki, estetika

 

o‘zining umumiy xulosalarini ishlab 

chiqishda  san’atshunoslikning  alohida-alohida  bilim  sohalari  erishgan  ilmiy  ma’lumotlarga 

tayanadi.  

Estetika san’atshunoslik bilim sohalari uchun boshlang‘ich na-zariy va uslubiy asos bo‘lib 

xizmat qiladi. Estetikasiz san’atshuno-slik  bo‘la olmaydi,  ya’ni u ayrim  voqea-hodisalar sharhi 

bilan  shug‘ullanishga  majbur  bo‘lib  qoladi.  Shuni  e’tiborga  olish  kerakki,  Estetika  xususiy 

san’atshunoslikning  umumiy  qonuniyatlari,  eng  av-valo,  nafosat  tabiati  va  estetik  timsol 

qonuniyatlarini o‘zida namoyon qiladi.  

Estetikaning  amaliyot  uchun  ahamiyati  nimada?  U  voqelikka  qanday  ta’sir  o‘tkazadi? 

Estetika ijtimoiy bunyodkorlik jabhasida qay tarzda ishtirok etadi? Bu savollarga javob berish ham 

estetika fani mavzusidir. Estetik nazariya san’at va badiiy ijod jarayoniga, badiiy madaniyatning 

barcha sohalariga amaliy jihatdan kuchli ta’sir o‘tkazadi.   

Ilgarigi davrlarda Yevropadagi estetika  nazariyalarida belgilab qo‘yilgan estetik  me’yor 

bilan  uning  burch-vazifalarini  bir-biriga  qarama-qarshi  qo‘yish  odat  tusini  olgan  edi.  Masalan, 




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish