13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
203
davlatimiz milliy ma’naviy qadriyatlarni tiklashni, odamlarni halol, insofli, adolatli bo‘lishga
chaqirishni o‘z ichki siyosatining muhim qismi deb bilgan holda ish tutmokda. Zero ko‘z
o‘ngimizda yolg‘on, aldov, ikkiyuzlamachilik nimaligini deyarli bilmaydigan jamiyatlar, millatlar
gullab-yashnamoqda. Yaponiya, Olmoniya, Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya singari
mamlakatlar shular jumlasidan. Shunday qilib, qisqacha bo‘lsada, axloqshunoslik mezoniy
tushunchalari, axloqiy tamoyillar va me’ryolar nima ekanini, ularning shaxs Hamda jamiyat
axloqiy xayotida naqadar muhim o‘rin tutishini ko‘rib chiqdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |