Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet356/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 

 

 



 

199 


 

 

 



Yana  bir  muhim  mezoniy  tushuncha  -  burch.  Burch,  mohiyatan,  jamiyat,  davlat  va  shaxslarga 

nisbatan  muayyan  individdagi  munosabat, ular oldidagi  majburiyat. U  yuqorida aytganimizdek, 

vijdon,  e’tiqod  mas’uliyat  kabi  tushunchalar  bilan  mustahkam  bog‘liq.  Umuman,  hayotda 

insonning  har  bip  xatti-harakati  zamirida  burch  tushunchasi  -  burchga  sadokat-  yoki  xiyonat 

yotadi.  Burchning  insonlik  burchi,  musulmonlik  burchi,  nasroniylik  burchi,  farzandlik  burchi 

singari  keng  kamrovli,  barcha  davrlar  uchun  umumiy  bulgan  tushunchalari  ham,  jurnalistlik 

burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud. 

Burch tushunchasining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri-uning vaqt va jamiyatda muayyanlashish 

xususiyati.   

Harbiylashgan va o‘ta mafkuraviylashgan, yani yagona mafkura hukmronlik qilgan jamiyatlarda 

esa  burch  omma  hamda  shaxs  hayotida  fojeiy  hodisaga  aylanadi.  O‘ta  ustalik  bilan  yo‘lga 

qo‘yilgan targ‘ibot natijasida bunday jamiyatlar a’zolari oqni-qora, qorani - oq deb qabul qiladilar. 

Buni  umumbashariy  milliy  qadriyatlarni  oyoq  osti  qilgan  beshafqat  sho‘rolar  sotsializmi  yoki 

fashistlarning  milliy  sotsializmi  yaqqol  isbotlab  berdi.  YUz  minglab,  hatto  millionlab  odamlar 

aldandilar,  keyinchalik,  uzoq  yillar  mobaynida  vijdon  azobida  yashadilar.  Demak,  jamiyat 

qurishda totalitarchilikka yo‘l ko‘yilishi o‘sha jamiyat a’zolarini burchni noto‘g‘ri tushunishga va 

buning oqibatida axloqsizlikka olib keladi.  

Shuni ham aytish kerakki, ba’zi hollarda burch shaxsning ko‘pgina mayl-istaklariga qarshi boradi 

uni  huzur  halovatdan  turmush  lazzatlaridan  mahrum  etadi.  Masalan,  Furqat  mustamlakachilar 

mafkurasiga xizmat qilganida, uning hayoti rohat-farog‘atda kechishi mumkin edi. Lekin u Vatan 

oldidagi,  millat  oldidagi  burchni  deb  muhojirlikning  og‘ir  qismatiga  duchor  buldi  uni 

muctamlakachilar mamlakat xududidan chiqarib yuborib, qayta kiritmadilar. Furqat xorijda vafot 

etdi. Ba’zan burch tufayli odamlar o‘z sevgisidan, jon-dilidan cevgan kishisidan kechishga ham 

majbur buladilar  

Mezoniy tushunchalardan yana biri - nomus. Nomus tushunchasi bir tomondan, burch bilan bog‘liq 

bo‘lsa, ikkinchi jihatdan, qadr-qimmat tushunchasiga aloqudor. Zero nomus mohiyatan shaxsning 

o‘z  qadr-qimmatini  anglab  etishi,  shu  qadr-qimmatning  jamiyat  tomonidan  tan  olinishi  yoki 

olinmasliga  munosabati  bilan  belgilanadi.  Goho  uni  or tushunchasi  bilan  chalkashtirish,  hollari 

ham uchrab turadi. Lekin aslida, nomusga nisbatan or ancha tor qamrovdagi, nisbatan zalvorsiz 

tushuncha. CHunonchi, oriyatli odam deganda, o‘z so‘zining ustidan chiqadigan, sadaqa tarzida 

qilingan muruvvatlardan baland turadigan shaxs tushuniladi. Beor odam esa - o‘z sha’niga aytilgan 

gaplarga  parvo  qilmay,  ishini  bajarib  ketaveradigan,  aytilgan-aytilmagan  joylarga  suqilib 

kiraveradigan surbetnamo kishi. Nomusning esa toshi og‘ir  -  ijtimoiylik  xususiyatita ega, keng 

qamrovli. Nomus yo‘lida inson hatto o‘z hayotidan kechishi mumkin, odamlar o‘z nomusi, oila 

nomusi, millat nomusi deb kurashadilar. Bu haqda ko‘plab badiiy asarlar yaratilgan. Mehnat, sport 

singari sohalarda jamoa nomusi ham, alohida ahamiyatga ega shu o‘rinda nomus obro‘ tushunchasi 

bilan bog‘lanib ketadi. Bularning hammasi o‘zini xurmat qilish, o‘ziga nisbatan atrofdagilarning 

xurmat-izzatini yo‘qotmaslik uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish hissidan kelib chiqadi.  

Biz yuqorida ko‘rib o‘tganlarimiz - asosiy mezoniy tushunchalarning barchasi baholash tabiatiga 

ega.  Yana  qator  muhim  axloqiy  tushunchalar  borki,  ular  o‘z  echimini  talab  qilishi  bilan,  ya’ni 

muammolik xususiyati bilan ajralib turadi. Ideal, baxt, xayotning  ma’nosi, singari tushunchalar 

shular  jumlasidandir.  Biz  ular  orasidagi  eng  qamrovlisi  bo‘lishi  axloqiy  ideal  tushunchasiga 

nisbatan batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.   




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish