13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
202
Asl millatparvar - milliy o‘zlikni anglab etgan inson. U o‘z millati bilan faxrlanadi, o‘z millati
bilan butun jahonning faxrlanishini istaydi. Chunonchi, Navoiy do‘pi bilan to‘p kiygan o‘zbekni
xar qanday shoh jamolidan afzal ko‘radi.
Shohu toju xil’atekim, men tomosha qilg‘ali
O‘zbakim boshida qalpoq, egnida shardog‘i bas.
Lekin Navoiy shu faxrlanishi, g‘ururlanishi barobarida o‘zgalarga kibr bilan qaragan emas,
aksincha, o‘zga til vakili bo‘lmish Jomiyga bag‘oyat xurmat-izzat ko‘rsatib, unga, pirim, deb qo‘l
bergan.
Asl millatparvar insonlarning umri millatning umri kabi mangudir. Millat yo‘lida o‘z jonini tikkan
Munavvar qori, Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon singari minglab fidoiylarni ham halqimiz hech qachon
unutmaydi.
Shuningdek, tinchlikparvarlik, jo‘mardlik singari axloqiy tamoyillar ham insoniyat hayotida
muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, tinchlikparvarlik urushning, kon to‘kishning har qanday
ko‘rinishining inkor-etadi. Ba’zi ulug‘ davlatchilik va buyuk millatchilik ruxi hukmron bo‘lgan
jamiyatlarda tinchlikparvarlar quvg‘in qilinadi, turmalarga tashlanadi. Lekin ular o‘z
tamiyillaridan hech qachon qaytmaydilar. Ular insoniyatni barcha bahsli masalalarini tinch yo‘l
bilan hal qilishga chaqiradilar. Yer yuzida tinchlik o‘rnatish uchun tinimsiz kurash olib boradilar.
Jo‘mardlik tamoyili esa Sharqda qadimdan mavjud. Ovro‘poda o‘sha altruizm nomi bilan Ogyust
Kong ilmiy muomalaga kirishgan. U kishida o‘z qavmdoshiga achinish hissidan, unga baxt va
farovonlik tilash tuyg‘usidan kelib chiqadi, moxiyatan beminnat xayriyaga asoslanadi. Bundan
tashqari, bizning milliy axloqshunos-ligimizda o‘zbekchilik, mexmondo‘stlik kabi tamoyillar
mavjud. Ular millatimizning eng yaxpm ananalariga sadoqat tuyg‘usidan kelib chiqadi va o‘zbek
kishisiga xos bag‘ri kenglik, do‘ctga, mexmonga borini bag‘ishlashdek fidoyilik xususiyatlarini
o‘zida mujassamlashtiradi. Ayni paytda, bu tamoyillarni suistemol qilishi hollari ham hozirgi
paytda tez-tez uchrab turadi. Shunga qaramay, o‘zbekchilik va mexmondo‘stlik tamoyillari
xalqimizning o‘ziga , xoslimni ta’kidlaydi. Jahonning juda ko‘p xalqlari bu tamoyillar egasi
bo‘lmish o‘zbek millatiga doimo extirom, havas va hayrat bilan minnatdorchilik bildiradilar.
Inson hayotida axloqiy me’yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha
sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik xayotimizda ma’lum axloqiy
tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy
shakli sifatida ruyobga chiqadi. Xalollik, rostgo‘ylik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik
singari me’yorlar ayniqsa, diqqatga sazovar. Shuni ham aytish kerakki, halollikni uning dactlabki
tor diniy mazmunida qaysi taom haromu, qaysinisi halol, degan ma’noda tushunmaslik lozim. U
allaqachon umuminsoniy ma’no kasb etgan me’yorga aylangan. Xalollik, roctgo‘ylik vijdon
tushunchasi bilan bog‘liq, insonning o‘zgaga munosabati o‘ziga munosabatidek sof bo‘lishini
talab qiluvchi me’yorlardir.
O’nlab me’yorlar orasida bu ikkisiga to‘xtalishimizning sababi shundaki, mustamlakachilik
davrida, ayniqsa, sho‘rolar xukumronlik qilgan chorakam bir asr vaqt mobaynida yolg‘on, aldov,
nopoklik, xaromxo‘rlik, munofiqlik singari illatlar xalqimizga shu qadar ustalik bilan
singdipildiki, hozirgi paytda ko‘pchilik odamlar halollik va rostgo‘ylik ustidan xatto kuladigan
bo‘lib kolganlar. So‘z bilan ish birligi yo‘qolgan, qog‘ozdagi chiroyli gaplar xayotga to‘g‘ri
kelmaydi. Lekin bo‘larning hammasi afsuski, odatiy holdek, qabul qilinadi. Shu bois
mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq bu illatlarga qarshi-kurash boshlandi. Hozirgi kunda
Do'stlaringiz bilan baham: |