Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 

 

 



 

189 


 

 

 



muomala bobida muloyim, yuksak martabalilarga ho‘rmat bilan mo‘rojaat qiladi, xalqqa nisbatan 

esa himmatli, adolatli munosabatda buladi:  

Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy. axloqiy tushuncha-jen (insoniylik).“Lun yuy” 

( “Hikmatlar”) kitobida shunday deyiladi; “Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik 

qilmaydi”. “Uzingga ep ko‘rmagan napsani o‘zgaga munosib ko‘rma, shunda davlatda xam, oilada 

xam o‘zinga nisbatan yovlik his qilmaysan”.Demak, jen - xam jamiyat, xam oila a’zolapi orasidagi 

munosabatlarni  belgilaydigan  axloqiy  tamoyil.  U  bilan  “syao”  -  ota-onani,  kattalarni  xo‘rmat 

qilish, “li” - o‘rf-odat, marosimlarni e’zozlash tushunchalari mustaxkam bog‘liq. Ayni paytda “li” 

tushunchasining ma’nosi ancha keng, u davlatga bo‘lgan munosabatni ham o‘z ichiga oladi. Xoqon 

(imperator) - Osmon o‘g‘li, u Osmon ostidagilarning barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-qoida 

esa kuyidagicha: “Podsho-podsho, ota-ota, mulozim-mulozim, o‘g‘il-o‘g‘il bo‘lishi kerak”   

Qadimgi  Sharq  axloqshunosligi  erishgan  yutuqlar  shunchaki  tarix  bulib  qolmadi.  Ularni 

uzlashtirish  natijasida,  Sharq  bilan  yaqin  aloqa  qilish  uchun  jug‘rofiy  qulayliklarga  ega  bo‘lan 

Qadimgi  Yunonistonning  polislarida  (shaxardavlatlarida)  axloqshunoslik  yangi  bosqichga 

ko‘tarildi.  Keyinchalik  qadimgi  Sharqda  ilgari  so‘rilgan  g‘oyalar,  qo‘llangan  tushunchalar, 

nazariy-amaliy  tajriba  bilvosita  bugun  Ovro‘po  uchun  ham  ahamiyat  kasb  etdi.  Chunonchi, 

Mashho‘r  afsonaviy  donishmand  Pifagor  misrlik  va  eronlik  allomalardan  talim  oldi.  U 

zardyshtiylik dini xaqida fikr yuritar ekan, Axo‘ra-Mazdani “Ularning xudosi Oramazdaning qalbi 

xaqiqatdan,  vujudi  no‘rdan  iborat”,  deb  tariflaydi. Shuningdek,  Suqrot,  Aflotun,  Arastu  singari 

Qadimgi  Yunon  allomalari  xam  qadimgi  Sharqdagi  falsafiy-axloqiy  ta’limotlardan  keng 

foydalanganlar.Masalan,  ruxning  ko‘chib  o‘tishi  borasidagi  Aflotun  nazariyasining  falsafiy  va 

axloqiy asoslari Qadimgi Hindiston falsafasiga borib taqaladi.   

Qadimgi Yunon axloqshunosligi xaqida gap ketar ekan, asosan, to‘rt buyuk faylasufning nomini 

tilga  olish  odat  bulib  qolgan;  Suqrot,  Aflotun,  Arastu,  Epikur.  Lekin,  aslida,  ulargacha  xam 

Qadimgi  Yunonistonda  axloqshunoslik  borasida  ancha-muncha  ishlar  qilingan.  Chunonchi, 

Demokrit,  Pifagor,  Gippiy,  Gorgiy  singari  sofistlar  (donishmandlar)  oqimiga  mansub 

faylasuflarning qarashlari diqqatga sazovor. Misol tariqasida Demokritning (taxminan miloddan 

avvalgi 450-370 yillar) qarashlarini olib ko‘raylik, u donishmandlikni eng yuksak fazilat, aqlni esa 

axloqiy  xatti-xarakatning  mezoni  deb  biladi  va  donishmandni  axloqli,  nodonni  axloqsiz  odam 

sifatida  tariflaydi.  Demokritning  fikriga  ko‘ra,  inson  uchun  xayotdagi  birinchi  ustoz  ehtiyoj  va 

tajribadir.  Aynanshular  insonni  foydali  va  zararli  narsalarni  farqlash  darajasiga  olib 

keladi.Demokrit  Kadimgi  Yunon  faylasuflari  ichida,  birinchi  bo‘lib  insonning  ichki  dunyosiga 

murojaat qildi. U niyatni (xatti-harakat sababini) harakatdan ajratadi. Ayni paytda, “Nomusli va 

nomussiz odamni nafaqat qilmishi balki niyati orqali xam bilib olsa bo‘ladi”, deydi mutafakkir.  

Demokpit hayo va ishonchni insonni qing‘ir ishlardan qaytarib to‘ruvchi kuch tarzida ta’riflaydi. 

Faqat  ruxan  zaif  va  gumrroh  odamlargina  o‘z  muvaffaqiyatsizliklarini  ma’budlar,  taqdir  va 

tasodifdan  ko‘radilar.  Nodon  va  yomon  odam  lazzat,  baxt  hamda  xayotning  maqsadi  haqida 

noto‘g‘pi tasavvo‘rga ega bo‘lgani uchun o‘zini baxtsizlikka mubtalo qiladi.   

Suqrot (miloddan avvalgi 470-399 yillar) qarashlariga kelsak, u, Konfutsiyga o‘xshab, axloq.bilan 

hyqyqni bo‘linmas yaxlitlikda olib qaraydi: “Nimaiki qonuniy bo‘lsa, o‘sha adolatdandir”. Ikkala 

mutafakkir  xam  xukmronlikning  yaxshi  yoki  yomon deb baholanishini  fuqarolar tarbiyasi  bilan 

bog‘laydi, jacopat va betama’ xizmat namunalarini uz davlatlari o‘tmishidan topadi.   




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish