13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
187
qilganlarni ko‘ra – bila turib, devlarga sig‘ingansan. YAqin – uzoqdan kelgan musofirlarga
boshpana berganingda, mexnat kildirganingda xayr-sadaqa ulashganingda, ularni kamsitgansan,
yaxshi odamlarni haqorat qilgansan, ularning yuziga eshigingni yopib qo‘ygansan. Men – sen
o‘ylagan yomon o‘y, sen aytgan yomon so‘z, sen qilgan yomon a’mollaringman. Nomussiz edim,
sen tufayli battar orimni yo‘qotdim, jirkanch edim, yanada jirkanchli bo‘ldim, sharman edim,
battaroq sharmisor bo‘ldim”. Bu erda rux va vujud muammosi ifoda topganini ilg‘ab olish qiyin
emas. Zero “Avesto”da jon-rux tushunchasi o‘ta ilohilashtirilmaydi, ma’lum ma’noda
“dunyoviy”lashtipiladi va o‘z erasi bilan muloqot qiluvchi vijdon sifatida namoyon bo‘ladi.
Shuni aloxida ta’kidlash joizki, “Avesto”da inson oliy jonzot tarzida talqin etiladi. Ayni paytda
eru ko‘kdagi barcha ne’matlarni sevish, ardoqlash insonning muqaddas bo‘rchi hisoblanadi.
Ozodalik, tozalik gigienik tyshynchadan axloqni va ilohiy tushuncha darajasiga ko‘tariladi: suvni,
atrof-myxitni toza tutish, jonivorlarga, xususan, itga uchi o‘tkir suyak yoki qaynoq ovqat
bermaslik - ularga nisbatan shafqatni anglatadi; inson shafqatli bo‘lishi keraq Bularning xammasi
“Avesto”da ekologik axloqshunoslikning dastlabki ko‘rtaklari xam mavjudligini ko‘rsatadi. Bu
muqaddas kitobdagi to‘rli tuman ma’budlar, bizning tushunchamizdagi pir darajasidadir (masalan,
temirchilikning piri - hazrati Dovud v.h). Iloh esa- bitta: Axura-Mazda, faqat ungagina sajda
qilinadi. Demak, yakkaxudolikni, tavxidni targ‘ib etishda xam birinchilik “Avesto”ga mansub.
“Avesto”dagi ba’zi bir o‘rf-odatlar va irimlarning xozirgi kunda ham saqlanib qolganini
ko‘rishimiz mumkin. Isiriq tutatish, qo‘rbonliq uchun so‘yilgan jon kallasini davradagi o‘tag‘asilar
oldiga qo‘yish odatlari xamda sevimli Navro‘z bayramimiz fikrlarimizga dalildir. Xullas,
“Avesto” yuqorida aytganimizdek, ajdodlarimizning axloqiy estetik qomusi, qadimiy o‘rf-
odatlarimizninig o‘ziga xos majmui sifatida qimmatlidir.
Qadimgi Sharq axloqshunosligida Qadimgi Hindiston axlokiy tafakko‘ri aloxida o‘ringa
zga. U tarixan vedachilik, yo‘ga, jaynchilik, buddhachilik, “Bxagavadgita” va “Artxashastra”
xamda lokoyata oqimlaridan tahsil topgan.
Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyarini to‘rt tabaqa - varnaga buladi;
braxmanlar(koxinlar), kshatariylar(xarbiylar), vayshchilar(dexqonlar, kosiblar), shudralar (qullar).
Mashhur “Manu qonunlari”da yozilishicha, brahmanning mashg‘uloti- ta’lim berish, Vedani
o‘rganish, qurbonlik qilish, sadaqa ulashish va tuxfalar olish, kshatariylar fuqarolarni
ko‘riqlaydilar vayshchilar chorva, tijorat, sudxo‘rlik va dexqonchilik bilan shug‘yllanadilar;
shchudralar esa ana shu uch ijtimoiy guruxga xizmat qiladi. “Xotin, o‘g‘il va qul - uchalasi xususiy
mulk egasi hisoblanmaydi, ular kimniki bulsa, o‘shaning qo‘lga kiritgan mulkidir” – deyiladi
“Manu qonunlari”da. Vedachilik axloq ko‘ra, braxmanlar tug‘ma axloqiy yuksak odamlar,
shchudralar esa tug‘ma-tuban axloq egalari hisoblanadi.
Lekin
keyingi oqimlapda, yo‘ga, jaynchilik, ayniqsa, buddachilik axloqshunosligida, axloqiy
fazilatlar egasi bulish insonning zoti ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning shaxsni
kamoloti bilan bog‘liq degan fikr ilgari suriladi. Buddha ta’limotiga ko‘ra, dunyo iztirobga to‘la
va eng muhim muammo ana shu iztiroblardan qutilishning yo‘lini topish. Naql qilinishicha, uz
tengdoshlari bilan ayshu ishratda umr kechirgan shahzoda Sidharta Gautama kunlardan birida sayr
qilib yurib, kasal cholni va janoza marosimini ko‘radi. Xar bir kishini kasallik, qarillik va o‘lim
kutishini eshitib, larzaga tushadi, odamlardan qochib, tarki dunyo qiladi va to‘rt ezgu haqiqatni
anglab etadi hamda uni odamlarga etkazadi.
Uning qisqacha bayoni shunday:
1.
Bu dunyodagi hayot iztiroblarga to‘la.
2.
Bu iztiroblarning sabablari bor.
Z. Bu iztiroblarga barham berish mumkin. .
4. Iztiroblarga barham bershga oli6 boradigan yo‘llar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |