13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
188
Buddhaning to‘rtinchi haqiqati, ayniqsa, axloqshunoslik nuqtai nazaridan muhim. U Buddha
o‘tgan va xammaning o‘tishi mumkin bulgan nirvanaga (ehtiros, nafrat, pushaymon asta-sekinlik
bilan so‘nib bo‘lgandan keyingi holatga) etishish yo‘lidir. U sakkiz fazilatga erishuvda iborat: 1)
to‘g‘ri qarashlar; 2) to‘g‘pi jo‘r’at; Z) to‘g‘ri xatti-harakat; 4) to‘g‘ri nutq; 5) to‘g‘ri hayot tarzi; 6)
to‘g‘ri jahd-jadal; 7) fikrni to‘g‘ri yo‘naltirish; 8) diqqatni to‘g‘ri qaratmoq.. SHunday qilib, sakkiz
yo‘l bir-birini taqozo etuvchi uch omil - bilish, xattiharakat va diqqatning birligidan iborat. Bilim
va axloq bu o‘rinda yaxlitlikka ega; fazilat bilimdan (illat esa bilimsizlikdan) kelib chiqadi, shu
sababdan bilimni fazilatsiz takomilashtirish mumkin emas. Bu axloqiy komillikka etishishning
tygallangan konsepsiyasi “Sochlarining fatilasi, sulolasi yoki zoti tufayli brahman bulmaydi.
Kimdaki xaqiqat va dhamma bo‘lsa, o‘sha baxtli va o‘sha brahman”, - deyladi buddhachilik
axloqiy qoidalari jamlangan kitobda. SHunday qilib, buddhachilik tomonidan vedalar obrusi,
braxmanlarning istisnoli holati inkor etiladi, jamiyatni varnalarga bo‘lish qoralandi. Shubxasiz, bu
axloqiy taraqqiyot ko‘rinishlaridan biri edi.
Buddhachilik axloqshunosligi nafaqat Hindistonda, balki qadimgi Xitoyda xam o‘ziga xos mavqe
egalladi. Lekin u erda yana ikki axloqshunoslik yo‘nalishi katta amiyatga va qamrovga ega edi.
Ulardan biri daochilik.
Daochilik ta’limotining asoschisi Lao-szi (miloddan avvalgi VI - V asrlar) yipik namoyondasi
Chjuan-szi (miloddan avvalgi 369-286 yillar) xisoblanadi. Lao-sziga nisbat beriladigan “Dao de
szin” kitobida daochilikdagi asosiy yunalishlarning moxiyat aks etgan. “Dao - xamma narsadan
ustun”, “ildiz”, “Er va osmonning onasi”, “dunyoning ilk asosi”, “si” esa moddiy asos, dao “de”
ni - fazilatni undan yaratadi. SHuningdek, “dao” yo‘l ma’nosini ham anglatadi. “dao de szin”ni
“Fazilat yo‘li” deb ham atash mumkin.
Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosidz vujudga kelgan, u tabiatni bir qismi, uning vazifasi
fazilat (de) yo‘lidan borish. har qanday suniy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini
o‘zgartirishga intilish-odamlar uchun halokatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz
baxtsizliklarning manbai tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdadir. SHu sababli Lao-szi
nazdida faoliyat daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi, uning asosiy axloqiy tamoyili
“uvey” - faoliyatsizlik, donishmand kishining “dao”si, bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz
faoliyat aslida tabiatga qarshi bulmagan faol xatti-harakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga mos
faoliyat.
Ayni paytda, Lao-szining fikricha, donishmand bilimini oshira borib, uni odamlarga tarqatmaydi,
faqat xalqning farovonligi uchun ishlatadi; “Xalqning bilimi kuchli bo‘lsa, uni boshqarib
bo‘lmaydi. Uning emagini Totli, kiyimini chiroyli, uy-joyini tinch, hayotini quvonchli qilish
kerak”. Ana o‘shanda, ya’ni ilm fan taraqqiy etmasa, sivilizatsiya kirib kelmasa, bir davlat qo‘shni
davlatga ko‘z olaytirmaydi, urush bo‘lmaydi. Xullas, donishmand ibtidoiy davrlarni
ideallashtiradi.
Xulosa qilib aytadigan bulsak, daochilik axloqshunosligidagi asosiy maqcad- odamlarning tabiat
ko‘rsatgan yo‘ldan borishiga erishish; tamoyili-faoliyatsizliq xalqning baxti - uning urug‘chilik,
qabilachilik munosabatlaridagi tenglik va soddalikka qaytishda donishmandlarning baxti esa
mo‘tadilliq xotirjamlik, tabiatga yaqinlikdadir.
Daochilikning asosiy raqibi hicoblanmish konfutsiychilik esa qora xalqsan nodonligi uchun
jirkanadi, uni axloqiy xayotra nomunosib deb biladi. Zero, konfysiychi.likninr axloqiy ideali
szyun-szi himmatli jo‘mard. Uning yuksak fazilatlari - fidoyilik, sofdillik, sadoqat, adolat. U
Do'stlaringiz bilan baham: |