Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

10-MAVZU. 

 

MANTIQ 

ILMINING 

PREDMETI, 

ASOSIY  QONUNLARI.

 

TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 

 

 

 



152 

 

 



 

Bo‘lishning ikkita turi mavjud: asos bo‘lgan belgining o‘zgarishiga qarab bo‘lish va 

dixotomik bo‘lish. Birinchi turida predmetning birorta umumiy belgisi bo‘lish uchun 

asos qilib olinib, uning o‘zgarishiga muvofiq holda predmetlarning ayrim guruhlari 

aniqlanadi.  Masalan,  burchakning  o‘zgarishiga  qarab  «uchburchak»  tushunchasi 

uchta  tur  tushunchaga:  «to‘g‘ri  burchakli  uchburchak»,  «o‘tmas  burchakli 

uchburchak»,  «o‘tkir  burchakli  uchburchak»larga  ajratiladi.  Bo‘lish  asosi  qilib 

bo‘linuvchi tushunchaning mazmunida fikr qilinadigan har qanday umumiy belgini 

olish  mumkin.  Masalan,  «uchburchak»  tushunchasini  tomonlariga  qarab  «teng 

tomonli  uchburchak»,  «teng  yonli  uchburchak»,  «turli  tomonli  uchburchak» 

tushunchalariga ajratish mumkin. 

 

Tushunchaning qaysi belgisini bo‘lish asosi qilib olish bo‘lishda hal qilinishi lozim 



bo‘lgan  vazifaga  bog‘liq.  Lekin  qanday  vazifani  hal  qilishdan  qat’i  nazar,  bo‘lish 

o‘zining  ob’ektiv  asosiga  ega  bo‘lishi  lozim,  ya’ni  bo‘lish  asosi  bo‘lgan  belgi 

predmetning umumiy belgisi bo‘lishi shart. 

 

Dixotomik bo‘lish bo‘linuvchi tushunchani o‘zaro zid bo‘lgan ikkita tur tushunchaga 



ajratishdan  iborat.  Masalan,  barcha  kishilarni  «dindorlar»  va  «dindor  emaslar»ga 

ajratsak,  dixotomik  tarzda  bo‘lgan  bo‘lamiz.  Dixotomik  bo‘lish  bir  qator 

qulayliklarga  ega.  Xususan,  bunda  biz  bo‘linuvchi  tushunchaning barcha  turlarini 

ko‘rsatib o‘tirmasdan, o‘zimizga kerakligini ajratamiz, qolganlarini unga zid bo‘lgan 

tushunchaga  birlashtiramiz.  SHu  bilan  birga  dixotomik  bo‘lish  ma’lum  bir 

kamchiliklarga ham ega. Masalan, inkor tushunchaning hajmi noaniq bo‘ladi. Undan 

tashqari,  dixotomik  bo‘lishdan  faqat  bir  marta  foydalangandagina  kutilgan 

maqsadga  erishish  mumkin.  Agar,  bo‘lish  a’zolaridan  biri,  ayniqsa,  inkor 

tushunchani o‘z  navbatida  bo‘linuvchi  tushuncha  deb  qabul  qilib,  bo‘lish  amalini 

davom ettirsak, xato natijalar kelib chiqishi mumkin. 

 

Bo‘lish amali to‘g‘ri borishi uchun  ma’lum bir qoidalarga rioya qilish kerak.  Ular 



bo‘lish qoidalari deb ataladi. 

 

A.



 

Bo‘lish  teng  hajmli  bo‘lishi,  ya’ni  bo‘lish  a’zolari  hajmlarining  yig‘indisi 

bo‘linuvchi  tushuncha  hajmiga  teng  bo‘lishi  kerak.  Bu  qoida  buzilsa,  bo‘lish 

to‘liqsiz  yoki  ortiqcha  bo‘lib  qoladi.  Birinchi  xil  xatoda  ba’zi  bo‘lish  a’zolari 

ko‘rsatilmay qoladi. Masalan, «fe’l zamonlari» tushunchasini «o‘tgan zamon fe’li» 

va  «hozirgi  zamon  fe’li»  tushunchalariga  ajratsak,  ana  shunday  xato  ro‘y  beradi. 

CHunki  «kelasi  zamon  fe’li»  tushunchasi  qolib  ketgan.  Ikkinchi  xil  xatoda  esa 

ortiqcha bo‘lish a’zosi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan, «bilish» tushunchasini «hissiy 

bilish», «tafakkur», «nazariy bilish»ga ajratib bo‘lmaydi. CHunki «nazariy bilish» 

bu erda ortiqchadir. 

 

B.

 



Bo‘lish bir asos bo‘yicha amalga oshirilishi lozim. Boshqacha aytganda, asos 

qilib  olingan  belgi  bo‘lish  davomida  boshqa  belgi  bilan  almashtirilmasligi  zarur. 

Masalan,  «Qonun»  tushunchasini  «Tabiat  qonuni»,  «Jamiyat  qonuni»,  «Bilish 

qonuni», «Statistik qonun», «Dinamik qonun» tushunchalariga bo‘lsak, xato qilgan 

bo‘lamiz. CHunki bu erda bo‘lish asosi bir emas, ikkita. Birinchi uchta bo‘lish a’zosi 




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish