10-MAVZU.
MANTIQ
ILMINING
PREDMETI,
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA
151
tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur hosil qiluvchi belgilar
chiqarib tashlanadi. Natijada mazmun jihatidan unga nisbatan torroq, lekin hajmiga
ko‘ra kengroq bo‘lgan jins tushuncha hosil bo‘ladi. Masalan, «aylanma harakat»
tushunchasi mazmunidan faqat ungagina xos bo‘lgan tur belgilarni chiqarib
tashlasak, «mexanik harakat» tushunchasini hosil qilamiz. Umumlashtirish
amalining chegarasi eng umumiy tushuncha, ya’ni kategoriyadir. CHunki
kategoriyalar uchun jins bo‘lgan tushuncha yo‘q.
Tushunchani umumlashtirish amalining tuzilmasi quyidagicha:
A – Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi.
V – Aylanma harakat.
S – Mexanik harakat.
D – Harakat.
Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kundalik hayotimiz va ilmiy
bilishda keng qo‘llaniladi. Xususan, barcha kategoriyalar, ular yordamida
ifodalanadigan
nazariy
qonunlar, g‘oyalar,
nazariyalar mavjud
empirik tushunchalarni, empirik qonunlarni umumlashtirish natijasida hosil bo‘ladi.
Umumlashtirish muhokama yuritish jarayonida induktiv xulosa chiqarish usulida
yaqqol
ifodalangan bo‘ladi.
Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning
fundamental tushunchalarini yaratib bo‘lmaydi; mavjud bilimlarni tizimga solish
qiyin va umuman, fan taraqqiy eta olmaydi.
Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy
tushuncha, g‘oya, nazariya va shu kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan,
Nyuton mexanikasidagi «Inersiya» tushunchasi Galiley nazariyasidagi «Erkin
tushish» tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin.
Tushunchaning hajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim
predmetlarga) ajratish yo‘li bilan aniqlashga tushunchani bo‘lish deyiladi. Bo‘lish
amalini bo‘linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanishi lozim bo‘lgan tushuncha), bo‘lish
asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bo‘lish
a’zolari (bo‘lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalar) tashkil etadi. Masalan,
«inson»larni (bo‘linuvchi tushuncha) jinsiga ko‘ra, (bo‘lish asosi) erkak va ayollar
(bo‘lish a’zolari)ga ajratish yo‘li bilan uning hajmi aniqlanadi. Bo‘linuvchi
tushuncha – jins tushuncha, bo‘lish a’zolari – tur tushunchalar bo‘lib, ular o‘zaro
birga bo‘ysunish munosabatidadirlar.
Tushunchalarni bo‘lish amalini predmetlarni qismlarga ajratishdan farq qilish lozim.
Masalan, avtomobilni kuzov, shassi, dvigatel va shu kabilarga ajratsak, uni
qismlarga bo‘lgan bo‘lamiz. Predmetning qismi predmetning umumiy belgilariga
ega bo‘lmasligi mumkin. SHuning uchun ham «Kuzov avtomashinadir», degan
mulohaza hosil qilsak, u xato bo‘ladi. Agar «Avtomobil» tushunchasini «Engil
avtomobil», «YUk tashuvchi avtomobil» tushunchalariga ajratsak, uni bo‘lgan
bo‘lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |