10-MAVZU.
MANTIQ
ILMINING
PREDMETI,
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA
150
bo‘ysunadigan tushunchaning hajmini to‘liq egallay olmaydi. Masalan, «baland
bo‘yli odam» va «past bo‘yli odam» tushunchalari «odam» tushunchasining hajmini
to‘liq qoplay olmaydi.
A – Odam.
V – Baland bo‘yli odam. A
S – Past bo‘yli odam.
Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda
qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo‘lib qoladi. Zidlik
munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan
farqli o‘laroq, bo‘ysundiruvchi tushunchaning hajmini to‘liq qoplaydi. Masalan:
A – Odam.
V – E’tiqodli odam.
S – E’tiqodsiz odam. A
Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish ularning mazmuni va hajmini
aniqlashtirishga, ularni bog‘lab, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga o‘tishga
yordam beradi. Masalan, «talaba» va «a’lochi» tushunchalari o‘rtasidagi
munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi talabalar a’lochilardir» degan mulohaza
shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin.
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish tushunchalar ustida olib boriladigan
amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari
nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga (jins
tushunchadan tur tushunchaga) fikran o‘tishdan iborat. Masalan, «mexanik harakat»
tushunchasidan «aylanma harakat» tushunchasiga o‘tsak, uning hajmini
chegaralagan bo‘lamiz. CHegaralashda berilgan tushuncha – «mexanik harakat» jins
tushuncha, deb qabul qilinib, uning mazmuniga tur tushuncha hosil qiluvchi belgilar
qo‘shiladi. Natijada unga nisbatan tur hisoblangan yangi tushuncha – «aylanma
harakat» tushunchasi hosil bo‘ladi.
CHegaralash amalini davom ettirib, «Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi»
tushunchasiga o‘tish mumkin. Demak, chegaralash davomida hosil bo‘lgan har bir
yangi tushuncha avvalgisiga nisbatan tur tushuncha bo‘ladi. CHegaralash amali
yakka tushuncha hosil bo‘lguncha davom ettirilishi mumkin. CHunki yakka
tushunchaga nisbatan tur bo‘lgan tushuncha yo‘q.
Tushunchani chegaralash amalining tuzilmasi quyidagicha:
A – Harakat.
V – Mexanik harakat.
S – Aylanma harakat.
D – Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi.
Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga (tur
tushunchadan jins tushunchaga) fikran o‘tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha
Do'stlaringiz bilan baham: |