10-MAVZU.
MANTIQ
ILMINING
PREDMETI,
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA
142
usulini, Demokrit “Kanon”larda (kanon-mezon, qoida) tayyor bilimlarning chin yoki
xatoligini aniqlaydigan usullarni ishlab chiqqan. Aristotel “Organon”ida (organon-
bilish quroli) fikrni mantiqan to‘g‘ri qurish va chin bilim hosil qilish vositalarini
tadqiq etgan. Keyinchalik mantiq kanonmi yoki organonmi?, degan savol mantiqda
keng muhokama qilingan.
Yangi davrda F. Bekon birinchilardan bo‘lib metod muammosini mantiq fani
doirasida taxlil qilgan. R. Dekart va I. Kantlar ham bu masalaga alohida e’tibor
qaratganlar. Gegel metodologiya rivojiga muhim xissa qo‘shdi. Albatta, ilmiy bilish
jarayonida har bir fan konkret tadqiqot ob’ektiga ega ekan, o‘zining maxsus tadqiqot
usullarini ishlab chiqishi zarur. Masalan, fizikaga N.Bor qo‘shimcha qilish prinsipini
kiritgan.
Ba’zi bir fanlar tadqiqot ob’ektlari bo‘yicha bir – biriga yaqin bo‘lgani uchun,
ularning tushunchalari, qonunlari va metodlari ham bir – biriga yaqindir. Xususan,
bilishda xususiylik va umumiylik vazifasini bajaruvchi usullar mavjuddir.
Ko‘pchilik fanlarda qo‘llaniladigan usullar umumiy usul deyiladi. Umumiy usul
qo‘llanilishi doirasiga ko‘ra umumiy bo‘lgani bilan o‘z maxsus vazifasiga ega.
Bunga misol qilib mantiq fanidagi tushuncha hosil bo‘lishining analiz va sintez,
umumlashtirish va mavhumlashtirish kabi usullarini, shuningdek induksiya va
deduksiya, qiyoslash va modellashtirishni ko‘rsatish mumkin. Bular bilishning
umummantiqiy metodlari bo‘lib hisoblanadi Dialektika barcha fanlar uchun eng
umumiy metod vazifasini bajaradi.
Shunday qilib, bilish jarayonida ilmiy tadqiqotning xususiy, umumiy va eng umumiy
usullari mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bir – biriga bog‘liq.
Ilmiy bilish metodlarining nazariy asosi rivojlanib borayotgan fanning extiyojlari
taqozasi bilan yuzaga kelgan bo‘lib, u tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab
hodisalarini to‘g‘ri ob’ektiv talqin etishga, fanning tabiiy aloqalarini ochishga imkon
beradi. Hozirgi davrda ilmiy bilish faoliyatining takomillashgan shakllari va usullari,
tartib qoidalari, mantig‘i va tuzilmalari fanda yangi – yangi yutuqlarni qo‘lga kiritish
imkonini yaratmoqda.
Tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganish, ulardan ongli ravishda foydalanish
fikrlash madaniyatini o‘stiradi, xususan, fikrni to‘g‘ri qurish malakasini
rivojlantiradi, bahs yuritishda o‘zining va boshqalarning fikriga tankidiy
munosabatda bo‘lishga, suhbatdoshining mulohazalaridagi xatolarni aniqlashga,
argumentlashdagi zaif bo‘g‘inlarni ochib tashlashga yordam beradi.
Muhokamani to‘g‘ri qurish, formal ziddiyatlar, xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka erishish,
aytish mumkinki, o‘ziga xos san’at-mantiq san’ati hisoblanadi. Bu san’atning
nazariy asoslarini chuqur egallagan kishigina uning imkoniyatlarini amaliy
muhokama yuritishda namoyish qila oladi. Shu o‘rinda buyuk mutafakkir
Farobiyning mantiq ilmining ahamiyati haqida bildirgan quyidagi fikrlarining
alohida e’tiborga loyik ekanligini ta’kidlash zarur. U shunday yozadi: “Bizning
maqsadimiz aqlni, xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha xollarda, to‘g‘ri
Do'stlaringiz bilan baham: |