Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

10-MAVZU. 

 

MANTIQ 

ILMINING 

PREDMETI, 

ASOSIY  QONUNLARI.

 

TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 

 

 

 



145 

 

 



 

Mantiq  inson  tafakkuri  madaniyatini  ko‘tarish  va  insoniyatning  uzoq  tajribasi 

natijasida  takomillashgan  tafakkur  shakllari,  qonunlari  va  qoidalarini  bilish  uchun 

xizmat  qiladi.  U  inson  fikrining  ketma  –  ket,  ziddiyatsiz  va  asosli  bo‘lishini 

ta’minlaydi. Mantiq fani mazmunini chuqurroq o‘rganish kishilarning o‘z tafakkuri 

va  o‘zgalar  tafakkuri  natijalariga  tanqidiy  qarash  xislatlarini  rivojlantiradi. 

Tafakkurning bu sifatlari esa insonning turli ilmiy va amaliy faoliyatlari sohasidagi 

ishi uchun katta ahamiyatga ega. Mantiqiy usullardan to‘g‘ri foydalana olish, ta’lim 

tarbiya jarayonida isbot va raddiyaning mantiqiy tomonlarini bilish talabalarda o‘z 

nutqining  asosli  bo‘lishini  ta’minlaydi,  fikrdagi  ziddiyatlarni  ochishga  yordam 

beradi. 

 

Mantiqni  yaxshi  bilish  turli  ilmiy  uchrashuvlar,  munozaralar,  muhokamalarda 



muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Xususan,  bunday  hollarda  fikrlash  sub’ekti 

haqiqatni aniqlash yoki uning sofligini saqlab qolish, asoslash uchun mantiqiy qonun 

–  qoidalarni  to‘g‘ri  tadbiq  eta  bilishi,  suxbatdoshining  fikridagi  xatolarni  tez  topa 

olishi, o‘z fikrini dalilli qilib bayon etishi zarur. Bu esa  uning mantiq fanini yaxshi 

bilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Tushuncha – tafakkurning mantiqiy shakli  

 

Tushuncha  –  predmet  va  hodisalarning  umumiy,  muhim  belgilarini  aks  ettiruvchi 



tafakkur shaklidir. 

 

Belgilar  deb,  predmetlarni  bir-biridan  farq  qiluvchi  hamda  ularning  bir-biriga 



o‘xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi.  

 

Belgilar muhim yoki nomuhim bo‘ladi. Predmet belgisining muhim yoki nomuhim 



bo‘lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo‘lishimizga qarab ham 

belgilanadi.  Xususan,  bir  munosabatda  muhim  bo‘lmagan  belgilar  boshqa 

munosabatda  muhim  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  kishining  layoqati  uning  qanday 

kasbni tanlashi uchun  muhim bo‘lsa, inson sifatida  mavjud bo‘lishi  uchun  muhim 

emas.  Bunday  muhim  belgilar  predmetning  ma’lum  bir  munosabatdagi  muhim 

belgilari  deyilib,  ob’ektiv  muhim  belgilardan  (predmetning  mavjud  bo‘lishi  bilan 

zaruriy aloqada bo‘lgan belgilardan) farq qiladi. 

 

Predmet  to‘xtovsiz  harakatda,  taraqqiyotda  bo‘lganligi  uchun  vaqt  o‘tishi  bilan 



uning  muhim  bo‘lgan  belgisi  nomuhim  bo‘lgan  belgiga  yoki  aksincha,  nomuhim 

belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin. 

 

Masalan,  bevosita  kuzatiladigan  faktlar  empirik  bilish  bosqichida  muhim 



ahamiyatga  ega  bo‘lsa,  nazariy  bilish  bosqichida  unga  kamroq  murojaat  qilinadi. 

Demak,  tushunchada  predmet  o‘zining  muhim  belgilari  orqali  fikr  qilinib,  bu 

belgilar  predmetning  umumiy  va  individual  belgilari  bo‘lishi  mumkin.  Masalan, 

«G‘afur G‘ulom» tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, shoir) bilan 

bir  qatorda,  individual  muhim  belgilari  (xususan,  «Sen  etim  emassan»  she’rining 

muallifi) ham fikr qilinadi. 

 

Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida e’tibor berish 



zarur.  Sezgi,  idrok  va  tasavvur  predmetning  yaqqol  obrazlaridir.  Biz  faqat  birorta 

konkret predmetni, masalan, o‘zimiz yozib o‘tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u 





Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish