Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU.  GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

9-MAVZU.  GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI

 

 



 

 

  



  

127 


 

 

 



Globalistika  mustaqil  ilmiy  yo‘nalish  va  ijtimoiy  amaliyot  sohasi  sifatida  1960-yillarning 

oxirlarida  shakllana  boshladi

,  lekin  uning  paydo  bo‘lishi



 

uchun  ob’ektiv  asoslar  ancha  oldin 

yuzaga kelgan edi.

 

 

Global jarayonlarning shakllanish tarixi

. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga 

XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa, u amalda real shakl-

shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon 

maydoni shakllanishiga olib kelgan, «Buyuk geografik kashfiyotlar» yuz bergan davr edi. Ayni 

shu davrda, dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga 

o‘rin  bo‘shatdi,  insoniyat  esa,  nihoyat,  kun  va  tunning  almashishini  to‘g‘ri  talqin  qilishga 

muvaffaq bo‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi va texnikaning rivojlanishiga 

kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi 

zikr etilgan voqealar, pirovard natijada, insonning tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning 

atrof-muhit  bilan  munosabatini  butunlay  o‘zgartirdi.Er  kurrasi  shar  (globus)  ko‘rinishida 

ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab, insoniyat o‘z tarixida birinchi bo‘lib savdo-sotiq 

sohasida dunyo darajasiga chiqdi  va dunyo  miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni 

shu davrda,  ilk transmilliy savdo kompaniyalari  vujudga keldi. Tez orada ularning  faoliyati sof 

savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qo‘lga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish, 

bosib  olingan  hududlarda  plantatsiyalar  va  manzilgohlar  barpo  etish  jarayonida  ishtirok  eta 

boshladi,  nihoyat,  o‘z  davlatlari  amalga  oshirayotgan  mustamlakachilik  siyosatining  asosiy 

ijrochisiga  aylandi.  Bularning  barchasi  jiddiy  migratsiya  jarayonlari  yuz  berishiga  ham  sabab 

bo‘ldi.  Xususan,  mustamlakachilar  qora  tanli  qullarni  Afrikadan  Amerikaga  ommaviy  tarzda 

tashib keltira boshladilar va shu tariqa, uning demografik tarkibini butunlay o‘zgartirdilar. Shuning 

o‘ziyoq  globallashuv  turli  xalqlarning  iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  hayoti  bilan  avvalboshdan 

uzviy bog‘liq bo‘lgan,degan xulosaga kelish imkonini beradi. XVII asr boshlariga kelib, Sharq va 

G‘arb savdogarlari ulkan hududlarni o‘zlash tirdilar va deyarli butun dunyo bo‘ylab joylashdilar. 

Shu  tariqa,  ular  insoniyat  tarixida  birinchi  bo‘lib  yagona  global  iqtisodiy  va  siyosiy  tizimning 

zaruriy asoslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hozirladilar.  




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish